To‘lqin sirtiga perpendikulyar bo‘lgan yo‘nalish nur deyiladi. Gazsimon muhitdagi tovush to‘lqinlarining fotorasmini olish mumkin. Buning uchun tovush manbai orqasiga fotoplastinka, ro‘parasiga esa elektr uchquni 24 joylashtirilib, uchqundan chiqadigan nurlar shunday yo‘naltiriladiki, uchqun bir onga chaqnagan vaqtida chiqqan yorug`lik dastasi tovush manbai atrofidagi havo orqali o‘tib fotoplastinkaga tushadi. Rasmlarda tovush to‘lqinlarining ko‘rsatilgan usul bilan olingan fotorasmlari keltirilgan. Tovush manbai fotoplastinkadan taglikka o‘rnatilgan kichkina ekran bilan ajratilgan.
a- rasmda tovush to‘lqini endi ekran orqasidan chiqqani ko‘rinib turibdi. b- rasmda shu to‘lqinning o‘zi sekundning mingdan bir necha ulushlari o‘tgandan keyin ikkinchi marta rasmga olingan. Bu holda to‘lqin sirti sferadan iborat. Fotorasmda to‘lqinning tasviri radiusi vaqt o‘tishi bilan ortib boruvchi aylana ko‘rinishida aks etgan.
c-rasmda yassi devordan qaytgan sferik tovush to‘lqinining fotorasmi keltirilgan. Bu erda shunga e`tibor berish kerakki, to‘lqinning qaytgan qismi go‘yo tovush manbai qaytaruvchi sirtdan qanday masofada turgan bo‘lsa, qaytaruvchi sirt orqasida xuddi shunday masofada turgan nuqtadan kelib chiqayotganday bo‘lib tuyuladi. Hammaga ma`lumki, exo tovush to‘lqinlarining qaytish hodisasi bilan tushuntiriladi.
Tovush to‘lqinlarining tarqalish, qaytish, sinish va difraksiya qonunlarini Gyugens prinsipidan keltirib chiqarish mumkin. Gyugens prinsipiga binoan muhitning tebranma harakatga keltirilgan har bir zarrachasini to‘lqinlarning yangi markazi (manbai) deb qarash mumkin; ana shu to‘lqinlarning hammasining interferensiyasi aslida kuzatiladigan to‘lqinni yuzaga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |