To’xtasinov Faryozbek


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana15.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1481060
  1   2   3   4   5


FIZIKA II 
MUSTAQIL ISH 
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi 
Toshkent Axborot texnologiyalari Universiteti
PHY011 - guruh talabasi 
To’xtasinov Faryozbek 
MUSTAQIL ISH 
2020 


- 2 - 
MAVZU: Tovush chastotasi va tarkibi. 
REJA: 
1. Tovush. 
 
2. Tovush chastotasi. 

3. Tovush tarkibi. 
 
Xulosa. 
 
 


- 3 - 
TOVUSH: 
Tovush bizning quloqlarimizga hech qachon bir ondayoq yetib kelmaydi. Biz 
uni eshitgunimizcha, u o‘z manbasidan boshlab qandaydir masofada yo‘l bosib o‘tadi. 
Tovush tezligi sharoitga qarab tez o‘zgarishi mumkin. Masalan haroratga bog‘liq 
ravishda. 
Barchamiz olis-olislarda chaqnagan 
chaqmoqning yarq etib butun osmonni yoritib 
yuborganini ko‘p kuzatganmiz va albatta 
ko‘pchiligimiz uning o‘zini (yani yorug‘ligini) 
shu zahotiyoq ko‘rganimiz, lekin gumburlagan 
vahimali tovushini ancha kech eshitganimizga 
allaqachon, bolalik chog‘larimizdayoq e’tibor 
berganmiz. 
1-rasm Masalan, chaqmoq bizdan 5 km narida chaqqan 
deb tasavvur qilaylik. Bu holatda undan chaqnagan yorug‘lik tahminan 1/60000 
soniyada ko‘zlarimizga yetib keladi, deyarli shu zahotiyoq biz uni ko‘ramiz. Ammo 
uning tovushi shu 5 km masofani 3 soniyada 1 km dan bosib o‘tib, tahminan 15 
soniyadan keyin quloqlarimizga yetib keladi.
Kechikishni qisqa masofalarda ham sezish mumkin. Masalan, 100 metr narida 
urilayotgan bolg‘a zarblarining tovushi zarbaning o‘zida soniyaning uchdan biriga 
kech qolib eshitiladi. Havodagi tovush tezligi harorat ortishi bilan tezlashadi. Quruq 
havoda va 0 ºС haroratda tovush tezligi 331.5 metr/soniyani, 20 ºC haroratda esa
343,1 metr/soniyani tashkil qiladi. Balandlik ortishi bilan tovush tezligi kamayadi. 
Chunki balandlik ortishi bilan atmosfera havosi zichligi tobora siyraklashib boradi. 
Suyuqliklarda va qattiq jismlarda tovush yana ham tezroq tarqaladi. Dengiz 
sharoitida uzoqdagi portlash ovozi ikki marotaba eshitiladi: birinchisi suvdan tarqalgan 
tovush to‘lqinlari hisobiga, ikkinchisi esa havodan keladi. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling