To’xtasinov Faryozbek


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana15.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1481060
1   2   3   4   5
TOVUSH CHASTOTASI (Hz): 
Tovush hodisalarini o’rganuvchi fizika bo’limiga akustika deyiladi. Akustika 
umumiy fiziologik (bioakustika), arxitekturik, musiqiy va hakozo bo’limlarga 
bo’linadi.Tovush – (bu zarrachalarning elastik muhitda tebranishidir) qulog’imiz seza 
oladigan chastotalarda zarrachalarning elastik muhitda tebranishidir, ya’ni 16 – 2·10
4
Gs chastotadagi diapazondir. 16 Gs chastotadan kichik tebranishlarga infratovush (IT), 
2·10
4
Gs dan kattalarini ultratovush (UT) deb ataladi. ITva UT larni qulog’imiz qabul 
qilmaydi. 
Tovushlar yo‘g‘on va ingichka, baland va past, yoqimli va yoqimsiz bo‘ladi. 
Ular bir-biridan qanday kattaligi bilan farq qiladi? Buning uchun maxsus kattaliklar 
kiritilgan. 
Tovushning qattiqligi. 2-rasmdagi kamertonning 
sharcha tegmagan shoxchasiga sekingina rezina bolg‘a 
bilan uraylik. Shunda kamerton tebranishi tufayli sharcha 
ma’lum uzoqlikka borib keladi. Bolg‘a bilan qattiqroq 
uraylik. Sharcha oldingidan uzoqroqqa borib keladi.
Kamertonning tebranishi davrida eng katta chetlash
ishiga tebranishlar amplitudasi deyiladi. 
Kamerton qanchalik katta amplituda bilan tebransa, undan 
chiqadigan tovushning qattiqligi shuncha kata bo’ladi.
2-rasm Tovush energiyaga ega. Agar tovush energiyasi ma’lum
kattalikdan kichik bo‘lsa, inson unday tovushlarni eshitmaydi. Bu quyi chegara 1m
2
yuzaga to’g’ri kelgan tovush quvvati 0.000001mkW deb belgilangan. Birlik yuzaga
to‘g‘ri kelgan tovush quvvati 1 W/m
2
ga borganda, inson qulog‘ida og‘riq sezadi va
tebranishlarni tovush sifatida qabul qilmaydi.
Tovushning qattiqligini 1858-yilda nemis fiziklari V.Veter va G.Fexner 
tomonidan tavsiya qilingan qonun asosida aniqlanadi. Inson sezadigan tovush
qattiqligining quyi chegarasi Bell deb belgilangan. Bu birlik telefonni ixtiro qilgan 
G.Bell sharafiga qo’yilgan. Og’riq sezish bo’sag’asini 130dB deb qabul qilingan
(1 detsi bel = 1dB = 0,1 B). Shunga ko’ra sekin 
suhbatniki 40dB, shovqinniki 80dB, 
samolyotniki 110–120 dB ga teng. Tovushning 
balandligini mexanik va elektr 
qurilmalar yordamida kuchaytirish mumkin. 
Masalan, karnaydan chiqayotgan ovozni bir 
tomonga yo‘naltirib, tarqalish yuzasi 
kichiklashtiriladi. 
«Rupor» (3-rasm)
ham shunday tovushni yo‘naltirib beradi.
3-rasm Qadimda tovushni kuchaytirib beruvchi


- 6 - 
apparatlar bo‘lmaganida, «qulog’i og’ir» odamlar ruporni qulog‘iga qo‘yib eshitganlar. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling