To’xtasinov Faryozbek


Ultratovushli tebranishlar


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana15.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1481060
1   2   3   4   5
Ultratovushli tebranishlar. Siz bilan biz eshitadiga eng past tovushlar 
chastotasi soniyasiga 20 tebranish, yoki 20 Gerts (Hz) ni tashkil qiladi. Bu birliklar 
nemis fizigi Genrix Gerts (1857-1894) sharafiga atalgan. Eng baland eshitiladigan 
tovushlar chastotasi esa 20000 Hz (20 kHz) bo‘lib, undan yuqorisini inson quloqlari 
eshitmaydi. Bu chastotadan yuqori chastotadagi tovush to‘lqinlari 
«ultratovushlar» deyiladi. 
Ultratovushni hosil qilish. Ultratovushni ko‘plab jonivorlar, shu jumladan 
itlar ham eshitishadi. Bunday qobiliyat ko‘rshapalaklarga mutlaqo qorong‘i 
sharoitlarda ham aniq mo‘ljal olish imkoniyatini beradi. Ular 200 kHz dan yuqori 


- 4 - 
chastotada chiyillagan tovush chiqarib uchadi va uning har xil hashoratlar, jismlardan 
qaytishini ilg‘agan holda harakatlanib, ov qiladi. 
Inson esa ultratovushni harbiy sohada va tibbiyotda keng qo‘llaydi. Bizning 
tana to‘qimalarimiz ultratovushni yaxshi o‘tkazadi va bu ichki organlarga tibbiy 
tashxis qo‘yishda (UZI) muhim vositalardan biri hisoblanadi. 
Eshitish chastotasidagi tovushlarni qog‘oz yoki metall diafragmaning o‘ta 
tezkor tebranishlari orqali hosil qilinadigan oddiy dinamik yordamida olish mumkin. 
Lekin diafragmani ultratovush chiqaradigan darajada tebrantirishni imkoni yoq. Bu 
maqsadda maxsus qurilma - o‘zgartirgichda hosil qilinadi. Bunda o‘zgartirgich asosida 
yotgan kristallning qirralariga o‘zgaruvchan elektr tokinin ta'siri ostida ultratovush 
to‘lqinlari paydo bo‘ladi. Bunday usulada olingan ultratovush bilan masalan, oddiy 
usulda tozalash qiyin bo‘lgan kiyimlarni tozalash yoki nozik mexanizmli soatlarni 
tozalash mumkin. 
Suv ostidagi tovushlar. Exolokatorar huddi ko‘rshapalaklar qo‘llaydigan 
usulda ishlaydi. Kemalardan tarqatiladiga ultratovushlar suvosti kemalaridan, dengiz 
tubidan va baliq to‘dalaridan qaytadi va muhim axborot vositasi bo‘lib xizmat qiladi. 
Hozirgi kunda exlokatrolar tibbiyotda ham keng qo‘llanilmoqda. Ultartovish impulslar 
odam tanasiga chuqur kirib borib va qaytib, ichki organlarning tasviriy shaklini hosil 
qilishi mumkin. Bundan tashqari ultartovushli teshiruvning Doppler effektiga 
asoslangan turi orqali qon tomirlariga tashxis qo‘yish imkoniyati mavjud. Inson 
tanasidagi har bir organning tashkil qiluvchi to‘qimalarining zichligiga mos ravishda 
ultratovushlarni o‘ziga xos ravishda qaytaradi. Zamonaviy tibbiyotda ultartovushli 
tahlil orqali bunday organlarning, nafaqat organlarning, balki ona qornidagi 
rivojlanayotgan embrionning ham tasvirini ko‘rish odatiy holga aylandi. 


- 5 - 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling