To`yinmagan birikmalarning polimerlanish va sopolimerlanish reaksiyalari . 1) Alkenlar 2) alkinlar 3) ALKADIENLAR
To`yinmagan uglevodorodlar
Polimerlanish Polimerlanish Alkenlar - polimerlanish reaksiyalariga kirishadi . Uni qo`sh bog`ning uzilishi tufayli alkenning bir molekulasiga boshqa molekulalarning birikishi kabi tasvirlash mumkin. Monomer ikki molekulasining bir-biri bilan birikishidan dimer , uchta molekulasining o`zaro birikishidan esa trimer hosil bo`ladi va hokazo . Masalan , etilenning polimerlanishini quyidagicha tushuntirish mumkin. H2C = CH2 + H – C = C – H -- H2C – CH2 – CH2 - CH2 - + H- C = C –H | | | | H H H H - CH2 – CH2- CH2 – CH2- CH2 – CH2 + ….. Etilenning polimerlanishi umumiy tarzda ushbu sxema orqali tasvirlash mumkin : nCH2 = CH2 ( - CH2 – CH2 - )n (polietilen ) Polietilenni yumshoq sharoitda olish uchun hozirgi vaqtda nemis kimyogari Sigler taklif etgan katalizatordan Al(C2H5)3 + TiCl4 foydalanilmoqda . Bunda reaksiya 60 - 70 C tempraturada va 1 - 40 atm. bosimda olib boriladi. - Polietilenni yumshoq sharoitda olish uchun hozirgi vaqtda nemis kimyogari Sigler taklif etgan katalizatordan Al(C2H5)3 + TiCl4 foydalanilmoqda . Bunda reaksiya 60 - 70 C tempraturada va 1 - 40 atm. bosimda olib boriladi.
- Odatda , o`rtacha molekulyar og`irligi 6000 dan 12000 gacha bo`lgan etilenning qattiq polimeri ishlatiladi. Politilendan plyonkalar , idishlar , vodorod quvurlari va o`rovchi materiallarni ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Olinish usullari Olinish usullari Etilen – CH2 = CH2 yuqorida bayon etilgan usullardan biri bilan olinadi. U rangsiz gaz bo`lib , ta`mi bir oz shirin , bilinar bilinmas hidi bor . Metandan farqli ravishda etilen sal tutaydigan alanga bilan yonadi , bu uning tarkibida uglerod atomining foiz miqdori ko`pligi bilan tushuntiriladi. Etilen havo bilan aralashganda portlovchi aralashma hosil bo`ladi . Etilen vino spirti olishda , o`ta kuchli zaharlovchi modda – iprit sintez qilishda keng qo`llaniladi. Yuqorida qayt qilinganidek , etilen sanoatda har xil usullar bilan polietilenga aylantiriladi. Politilen radio va elektro texnika sanoatida , qishloq xo`jalikida , sintetik tola ishlab chiqarishda keng qo`llaniladi . Alkinlar - polimerlanish reaksiyalariga oson kirishadi . Sharoitga qarab siklik polimerlanish va ochiq zanjirli polimerlanish sodir bo`ladi . - Alkinlar - polimerlanish reaksiyalariga oson kirishadi . Sharoitga qarab siklik polimerlanish va ochiq zanjirli polimerlanish sodir bo`ladi .
- Siklik polimerlanishni 1860- yili fransuz olimi Bertlo atsetilen bilan o`tkazib , benzol olishga muvaffaq bo`ladi:
CH /// CH CH CH / \\ CH + ||| 500 C HC CH \\\ CH || | CH HC CH \ // CH Atsetilen gomologlarining ham uch molekulasi polimerlanib , benzol gomologlarini hosil qilishi aniqlanadi : - Atsetilen gomologlarining ham uch molekulasi polimerlanib , benzol gomologlarini hosil qilishi aniqlanadi :
3HC = C – CH3 C6H3(CH3)3 Atsetilendan benzol hosil qilish reaksiyasini keyinchalik Zelinski va Kazanskiy chuqur o`rgandi va 75% gacha benzol hosil qilishga muvaffaq bo`ldi. Ingliz olimi Nyulend va uning shogirdlari ochiq zanjirli polimerlanishni o`rganib , ikki molekula atsetilendan hosil qildilar . Buning uchun atsetilen 80 C da mis (I) xlorid va ammoniy xloridning xlorid kislotadagi eritmasidan o`tkazildi : H - C = C – H + H – C = H – C H2C = CH – C = CH Bu reaksiya katta amaliy ahamiyatga ega , chunki vinilatsetilenga vodorod xlorid tasir ettirilganda xlopren hosil bo`ladi . Xlorpren sintetik kauchuk ishlab chiqarishda monomer sifatida ishlatiladi . Polimerlanish Polimerlanish – bir qancha monomer molekulalarning o`zaro kimyoviy birikib polimer molekulasini hosil qilish jarayonidir . Bu jarayonda polimerdan tashqari hech qanday atom yoki atomlar guruhi hosil bo`lmaydi . Polimerlar tezligiga ko`ra : 1) Zanjirli 2) Bosqichli Faol markazni reaksiya kirish qobilyatiga ko`ra 3 ga bo`linadi : 1) Radikal 2) Kationli 3) Anionli Sopolimerlanish Oxirgi yillarda bu reaksiya natijasida sintetik kauchuklar keng qo`llanilmoqda . Sopolimerlanishda oralatma qo`sh bog`li diyenlar (divinil) boshqa to`yinmagan birikmalar bilan polimerlanadi . Shu tur sintetik kauchuklarga mansub bo`lgan butadiyen nitril kauchuk hosil qilinadi. Butadiyen stirol kauchuk ham sopolimerlanish reaksiyasi bilan olinadi . Uning molekulasida CH o`rnida C6H5 guruh bo`ladi. Azalliklari : Bu usul bilan olingan sintetik kauchuklar tabiiy kauchukka nisbatdan bir qancha avzalliklarga ega . Masalan , Butadiyen stirol kauchuk pishiqligi , elastikligi va ishqalanishga chidamliligi bilan ajralib turadi . U avtomobil shinalari va kameralari , uzatish tasmalari va boshqa buyumlar tayyorlashda qo`llaniladi. Ayrim turlari Sintetik kauchuk – Sintetik kauchuklar ishlab chiqarish ikki bosqichda boradi : a)kauchukogenni olish ; b)kauchukogenni polimerlash . Kauchukogenni polimerlash har xil usullar bilan amalga oshiriladi . Masalan , sintetik butadiyen kauchuklarini hosil qilishda butadiyen molekulari natriy metali katalizatorligida polimerlanadi . Quyida ba`zi bir kauchukogenlar va ular asosida olinadigan kauchuklar bilan tanishiladi . 1.3 – butadigen ( eritren ) yoki divinil C4H6 . Oddiy sharoitda gaz holidagi modda ( qaynash tempraturasi – 4 ) bo`lib , kauchuk olish uchun juda ko`p mqdorda ishlatiladi . U sanoat miqyosida akademik S.V Lebedov usuli bilan spirtdan olinadi . Buning uchun etil spirtining bug`lari qizdirilgan katalizator ustidan o`tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |