Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-mavzu. TRANSPORT JARAYONIDA TRANSPORT-EKSPIDITSION XIZMAT KO’RSATISHNING O`RNI Reja
- Tayanchiboralar
Nazorat savollari?
1. Transport-ekspeditorlik xizmatlarqandayxizmatlardantashkiltopadi? 2. Asosiyatamalar? 3. Transport-ekspeditorlik xizmat ko`rsatish tarkibi qanday? 4. Transport-ekspeditorlik xizmatlar tasnifi? 10 2-mavzu. TRANSPORT JARAYONIDA TRANSPORT-EKSPIDITSION XIZMAT KO’RSATISHNING O`RNI Reja: 1. Transport-ekspeditorlik xizmat ko‘rsatishning rivojlanish tarixi. 2. Ekspeditorlar va agentlarning faoliyatini tartibga soluvchi xalqaro va milliy assotsiatsiyalar. 3. Transport-ekspeditorlik xizmatlarni bajarishga nisbatan qo‘yiladigan asosiy talablar. Tayanchiboralar:Transport, transport- ekspeditorlikxizmati,omborhona,iste’molbozorlari,konteyner,tashqisavdo,assotsiat siya,samaradorlik,agent,bojhona. Transport-ekspeditorlik xizmat ko‘rsatishning rivojlanish tarixi Transport va transport-ekspeditorlik xizmat ko‘rsatish umumiy transport jarayonining qismlari bo‘lib hisoblanishi sababli transport-ekspeditorlik xizmat ko‘rsatishning vujudga kelishi va rivojlanishini transportning rivojlanishi bilan o‘zaro bog‘lamasdan turib ko‘rib chiqishning iloji yo‘q. Transport-ekspeditorlik faoliyatning asoslari juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Finikiya va Qadimgi Rimda eramizdan oldingi ikki minginchi yildan boshlab eramizning V asrigacha savdo dengizchiligi, port xizmatlari ko‘rsatish, yuklarni omborxonalarga joylashtirish, yuklarga ishlov berish va ularni boshqa mamlakatlarga etkazib berish faol tarzda rivojlangan. Mashhur “Tuz yo‘li”, “Buyuk ipak yo‘li” va boshqalar bunga yorqin misol bo‘la oladi. Ekspeditsion faoliyat iqtisodiyotning mustaqil sohasi sifatida X asrdan boshlab amal qiladi. Uning rivojlanishiga dunyoda savdo-sotiq hajmining kengayishi, port shaharlarda jamoatchilik omborlarining tashkil qilinishi va savdo ko‘rgazmalarining o‘tkazilishi jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Tarixda shunday bo‘lganki, o‘zlariga transport xizmati ko‘rsatishni tashkil qilish bilan avval-boshda savdogarlarning o‘zlari shug‘ullangan. Qo‘l ostida o‘zining transport vositalariga ega bo‘lgan holda ular tovarlarni ishlab chiqarish bozorlaridan tovarlarni sotib olganlar va ularni iste’mol bozorlariga etkazib 11 berganlar. Narxlardagi farqlar savdogarlarga transport xarajatlarini qoplash va ma’lum darajada foyda olish imkonini bergan. Savdo va transportning keyingi rivojlanishi savdogarlik kompaniyalarining ixtisoslashuvini o‘z izidan ergashtirgan. Ularning bir qismi savdo operatsiyalarini moliyalashtirishga, bir qismi ularga tegishli bo‘lmagan tovarlarni etkazib berishga e’tibor qarata boshlagan, qolganlari o‘zlarining savdo operatsiyalari – sotib olish va sotishga e’tibor qaratganlar. Shu tariqa birinchi bank, transport va savdo-xarid qilish kompaniyalari paydo bo‘lgan. Yangi tipdagi kompaniyalarning tamal toshini yukni o‘z vaqtida va to‘liq etkazib berish masalalarini hal qilishni to‘lig‘icha zimmasiga oladigan ekspeditorlar qo‘yganlar. Dastlabki paytlarda ekspeditor asosan komissioner rolida chiqqan va faqatgina tovar bilan ish olib borgan. O‘zining transport vositalarining yo‘qligiga qaramasdan, ekspeditor transport xizmatlari bozorini yaxshi bilgan va o‘zining mijozlarining buyurtmalari bo‘yicha tovarlarni etkazib berish bo‘yicha barcha operatsiyalarni amalga oshirgan, tovarlarni tashish, yuklash, tushirish, bojxona ko‘rigidan o‘tkazish, sotish va to‘lovlarni amalga oshirish – ulardan asosiylari bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari u yuklarni etkazib berishning optimal marshrutini ishlab chiqish va arzon hamda ishonchli tashuvchilarni tanlash bilan shug‘ullangan. 1965 yilda katta sig‘imli konteynerlarning paydo bo‘lishi konteynerlardan foydalanishning rivojlanishida yangi bosqichni ochgan, ulardan birinchi marta transatlantika bo‘ylab tashishda foydalanilgan. Hozirgi kunda transportda 3 mln tadan oshiq katta sig‘imli konteynerlardan foydalaniladi, konteynerli tashishlarning 80% i esa ekspeditsion kompaniyalar tomonidan nazorat qilinadi. O‘zbekistonning tashqi savdo yuklarini tashishni tashkil qilish va tashishning tijorat amaliyoti bozor iqtisodiyotiga o‘tilgandan keyin chuqur o‘zgarishlarni boshdan kechirgan. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish transport xizmatlari sohasida kuchli raqobatning paydo bo‘lishiga olib keldi. Bozorga qat’iy markazlashgan bitta monopolist tashkilot o‘rniga minglab transport tashkilotlari, ekspeditsion va transport-ekspeditsion tashkilotlar chiqdilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling