Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari
Ekspeditorlar va agentlarning faoliyatini tartibga soluvchi xalqaro va milliy
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf
Ekspeditorlar va agentlarning faoliyatini tartibga soluvchi xalqaro va milliy
assotsiatsiyalar. Keyingi yillarda transport sferasidagi xalqaro aloqalar sezilarli darajada mustahkamlandi, turli darajalarda yagona transport siyosatining asosiy tamoyillarini (prinsiplarini) ishlab chiqishda bir-birlarini yaxshiroq tushunish bo‘yicha konkret qadamlar qo‘yildi. 1926 yilda o‘n oltita Evropa mamlakatlarining ekspeditorlik assotsiatsiyalari Venada Ekspeditorlik Assotsiatsiyalarining Xalqaro Federatsiyasini (rus. FIATA) – International Federationof Freight Forwarders Associations (FIATA) tashkil qilganlar, u ekspeditorning xalqaro darajadagi faoliyati uchun qulay sharoitlarni yaratish, transport hujjatlarining yagona formasini ishlab chiqish, ekspeditsion faoliyatning qoidalarini ishlab chiqishda muhim rol o‘ynaydi. Ekspeditorlik assotsiatsiyalarining xalqaro federatsiyasi hozirgi kunda dunyodagi eng yirik nohukumat tashkiloti bo‘lib hisoblanadi, uning bo‘limlari 151 ta mamlakatda mavjud bo‘lib, ichki va tashqi savdo tovarlarini etkazib berish funksiyasini bajaradigan turlicha mulk shakliga ega bo‘lgan qariyb 50 mingta ekspeditorlik tashkilotlarining faoliyatini qamrab oladi. FIATA ning asosiy vazifalari quyidagi funksiyalar bilan belgilanadi: · dunyodagi barcha mamlakatlarning ekspeditorlarini yaglna tashkilotga birlashtirish va jahon ekspeditorlik bozorida ularning manfaatlarini taqdim qilish; · tovarlarni etkazib berish va yuklarni tashish bilan shug‘ullanadigan, shu bilan bog‘liq bo‘lgan funksiyalarni bajaradigan xalqaro tashkilotlarning ishlarida ishtirok etish vositasida ekspeditorlarning manfaatlarini himoya qilish; · ishchi doiralar va keng jamoatchilikni jahon savdosining tovarlarini tashishda iqtisodiyotning ekspeditorlik sohasining maqsadlari, vazifalari va roli bilan tanishtirish; · ekspeditorlik xizmatlarning sifatini, xususan, unifikatsiyalangan (bir xil qolipga keltirilgan) ekspeditorlik hujjatlarini, ekspeditsion faoliyatning 13 namunaviy shartlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish, sug‘urtalash masalalarini hal qilish, informatsiya bilan almashinishning elektron vositalarini joriy qilish yo‘li bilan oshirish; · ekspeditor kadrlarning kasbiy tayyorgarligini oshirishga ko‘maklashish. FIATA doirasida aralash (multimodal) tashish konosamenti, omborxona tilxati, yukning qabul qilinganligi to‘g‘risidagi sertifikat, transport sertifikati kabi hujjatlar ishlab chiqilgan va keng qo‘llanilishga ega bo‘lgan, milliy ekspeditorlar tomonidan o‘zlarining ekspeditsion shartlari ishlab chiqilishi uchun namuna sifatida ekspeditsion shartlarning loyihasi qabul qilingan. qorida sanab o‘tilgan hujjatlar dunyo amaliyotida keng qo‘llanilishga ega bo‘lgan, yuqori mavqega ega va ishchi doiralar tomonidan ekspeditorning yuqori ishonchliligi va professionalizmining isboti sifatida e’tirof etilgan. Tashkiliy tuzilish jihatidan FIATA uchta institut (multimodal tashishlar, havo orqali tashishlar va bojxona ishi), shuningdek huquqiy masalalar, jamoatchilik bilan aloqalar, xavfli yuklarni tashish, kasbiy tayyorgarlik, dengiz orqali tashish, temir yo‘l transporti bilan tashish, avtomobillarda tashish va bojxona masalalari bo‘yicha qo‘mitalar (komitetlar) va ishchi guruhlaridan tarkib topgan. Syurixda joylashgan direksiya FIATA ning doimiy ishchi organi bo‘lib hisoblanadi. Ekspeditorlik xizmatlari assotsiatsiyasining asosiy maqsadi o‘zining a’zolariga ekspeditorlik funksiyalarini bajarish uchun qulay sharoitlarni yaratish va o‘z vaqtida sifatli xizmat ko‘rsatish asosida foyda olish bo‘lib hisoblanadi. Ekspeditorlik xizmatlari assotsiatsiyasining faoliyati quyidagi yo‘nalishlarga qaratiladi: · ekspeditorlarni yagona milliy ekspeditorlik assotsiatsiyasiga birlashtirish, bu assotsiatsiyaning o‘zining normal faoliyat ko‘rsatishi va ekspeditorlarning ichki bozorda ham, tashqi bozorda ham muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi uchun zaruriy shart bo‘lib hisoblanadi; · ichki bozorda rossiyalik ekspeditorlarning manfaatlarini himoya qilish va bu manfaatlarni davlat hokimiyati organlarida taqdim qilish ishlari; 14 · tashqi bozorda ekspeditorlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling