Transport oqimlarining harakatlanish qonuniyatlari
Download 1.29 Mb.
|
5- Mavzu.Transport oqimlarining harakatlanish qonuniyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisman bog ‘ liq oqim
- Bog ‘ langan oqim
- Zich yoki to ‘ plangan oqim
Erkin oqim (harakatlanishning qulaylik darajasi A)-yo‘lda bir-biridan o‘zaro harakatlanish sharoitiga ta’sir ko‘rsatmaydigan masofada harakatlanayotgan yakka avtomobillar (5.1 - rasm, a). Yo‘lda yurish haydovchilar va yo‘lovchilar uchun engil. Yo‘lning ayrim elementlariga qo‘yiladigan talablarni asoslashda avval ana shu holdan kelib chiqilgan;
Qisman bog‘liq oqim (harakatlanishning qulaylik darajasi B) - bir nechta avtomobillardan iborat guruhlarning harakat oqimidan iborat bo‘lib, bu avtomobillar o‘zaro dinamik sifatlari bo‘yicha farq qiladi va bir-biridan yaqin masofada yuradi (5.1 - rasm, b). Odatda bunga sabab shuki, oldinda ancha sekin yurib ketayotgan avtomobil ketinda kelayotganlargahalaqit beradi. Ularning haydovchilari sekin yurishga majbur bo‘ladilar, ular o‘zib o‘tish uchun qulay paytni poylab yondosh tasmaga chiqish orqali o‘zib o‘tadilar va oldinda ketayotgan guruhga yetib olgunicha yakka avtomobil rejimida harakatni davom ettiradilar. Oqimning o‘rtacha tezligi pasayadi, avtomobilni boshqarish murakkablashadi. Agar bir-biriga nisbatan yaqin masofada bir xil tezlikda harakatlanish bir joyga boradigan haydovchilar guruhiga buyurilgan bo‘lsa, bu tashkiliy kolonna harakatiga mos keladi; Bog‘langan oqim (harakatlanishning qulaylik darajasi V) - katta guruh avtomobillarning harakati oqimidan iborat (5.1- rasm, v). Hamma avtomobillar o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi va yakka avtomobilni yoki avtomobillar guruhini o‘zib o‘tganidan keyin avtomobilning tezligi yana uning oldida ketayotgan avtomobilning tezligiga bog‘liq bo‘ladi. Harakat jadalligi qancha katta bo‘lsa, o‘zib o‘tishlar ham shuncha katta qiyinchilik va havf bilan amalda oshiriladi, haydovchilardan yuqori e’tibortalab etiladi; Zich yoki to‘plangan oqim (harakatlanishning qulaylik darajasi G) - avtomobillar bir-birining ketidan yuradi (5.1 - rasm, g). O‘zib o‘tish amalda mumkin bo‘lmaydi. Harakatlanish tezligi keskin pasayadi. Yo‘l sharoitlari yomonlashgan joylarda tirbandlik vujudga kelishi mumkin. g) v) Avtomobillarning harakatlanish sharoitlari ko‘rsatib o‘tilgan har qaysi rejimlar uchun turlicha bo‘lganligi sababli ular transport oqimlari nazariyasining turli qonuniyatlari bilan tavsiflanadi.Bunda harakatlanish jadalligi turli kunlarda va sutkaning turli soatlarida o‘zgarib turganligi sababli yo‘lning aynan bir uchastkasida harakatlanish rejimlari o‘zgaradi. Avtomobil oqimlarining yo‘l bo‘ylab harakatlanishi o‘ziga xos noturg‘un jatuman bo‘lib, unda avtomobillarning o‘zaro joylashuvi va tezliklari tasodifiy tarzda o‘zgaradi. Shuning uchun oqimning harakatlanish rejimi faqat o‘rtacha statistik ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanishi mumkin.
Yo‘lning biror uchastkasida harakatlanish tezliklarini o‘lchash shuni ko‘rsatadiki, bu tezliklar nisbatan keng oraliqda o‘zgarib turadi, biroq avtomobillarning asosiy qismi uchun biror o‘rtacha qiymat yaqinida bo‘ladi. Тransport oqimi qancha zich bo‘lsa, undagi alohida avtomobilning tezliklaridagi farq shuncha kam bo‘ladi. Qisman bog‘langan transport oqimiga mos keluvchi harakatlanish intensivligida avtomobillar sonining harakatlanish tezligi bo‘yicha taqsimlanish egri chiziqlari (5.2 - rasm, a) normal taqsimlanish egri chizig’iga o‘xshaydi. Тransport oqimlarining tezliklari va rejimlarini shuningdek kumulyativ egri chiziqlar bilan ham tavsiflanadi. Bu egri chiziqlar umumiy avtomobillar sonidan necha foizi belgilanganidan kam tezlikda harakatlanayotganini ko‘rsatadi (5.2 - rasm, b). Egri chiziqning o‘rta qismi oqimning asosiy qismiga mos keladi. Egri chiziqning taxminan 10-15% gacha ta’minlangan pastki qismi o‘zib o‘tish ehtiyojlarini keltirib chiqaradigan eng sekin yurayotgan avtomobillarning qanday tezlikda harakatlanayotganligini ko‘rsatadi. 50% ta’minlanganlik transport oqimining o’rtacha tezligini ifodalaydi. Bu raqam transport oqimi harakatining asosiy xarakteristikasi uchun qabul qilinadi. Egri chiziqning taxminan 85-95 % ta’minlangan yuqori qismieng tez yurayotgan avtomobillar guruhini ajratib ko‘rsatadi, bular qatoriga xavfsiz harakatlanish rejimini buzayotgan avtomobillar ham kiradi.Shuning uchun xavfsizlik ta’minlanishi zarur bo‘lgan avtomobillarning eng katta harakatlanish tezligi uchun odatda 85% ta’minlanganlikdagi tezlik qabul qilinadi. Harakatlanishni tashkil qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda shu tezlikdan kelib chiqiladi. Agar transport oqimi dinamik sifatlari bo‘yicha bir-biridan keskin farq qiladigan, biroq harakatlanish jadalligi nisbatan kam bo‘lganda amalda bir-birining harakatlanish sharoitlariga ta’sir qilmaydigan avtomobillarning bir necha guruhidan tashkil topgan bo‘lsa, butun oqim uchun qurilgan taqsimlanish egri chiziqlari guruhlari oqimni tashkil etgan alohida guruhlar egri chiziqlarining yig’indisidan iborat bo‘ladi va bir necha cho‘qqilarga ega bo‘lishi mumkin (5.3 - rasm). Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling