Transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti


Download 0.64 Mb.
bet3/9
Sana08.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1168597
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Методичка курсавой технология uzb

Birinchi bo‘limda o‘tkazuvchanlik qobiliyati va uning turlari, dispetcherlik hududlarinng yuklanganligi, aerodromning o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ta’sir etuvchi omillar, havo hududidan egiluvchan foydalanish (flexible use of airspace) kabi tushunchalar yoritib berilishi zarur. Shuningdek, mazkur bo‘limda xalqaro va respublikaga oid statistikalarga murojaat qilish, mamlakatimiz hududida parvozlar jadalligining oshish ehtimolligi va istiqbollari haqida so‘z yuritish tavsiya qilinadi. Mazkur ma’lumotlarni internet orqali topish esa qiyinchilik tug‘dirmaydi. Birinchi bo‘limda amalga oshirilgan nazariy tahlillar natijasi ikkinchi bo‘limda amalga oshiriladigan hisob-kitob ishlari uchun asos bo‘lib xizmat qilishi kerak.
Ikkinchi bo‘limda topshiriqda berilgan parametrlarni aniqlash bo‘yicha hisob-kitob ishlarini bajarish zarur bo‘ladi. Ikkinchi bo‘limning matn qismida ham imkon qadar har bir formula bo‘yicha batafsil izohlar berib borish talab etiladi.
Turli tashkilotlarning hisobotlari va statistikaga oid turfa xil diagrammalar kurs ishining so‘ngidagi Ilovalar bo‘limida alohida ko‘rinishda taqdim etiladi. Kurs ishining tegishli matn qismida esa mazkur ilovalarga murojaat qilishni ko‘rsatuvchi havolalar beriladi.
Xulosa qismi ham kurs ishining majburiy elementi hisoblanadi. U aniq va yakunlangan bo‘lib, kurs ishida ko‘rib chiqilgan masalalar yechimidan kelib chiqqan asosiy xulosalarni o‘z ichiga olishi zarur. Ishning xulosa qismida yangi muammo va masalalarning ko‘tarilishi hamda yangi masala qo‘yilib tugatilishi mumkin emas. Xulosa qismini shakllantirish jarayonini soddalashtirish maqsadida ishning har bir quyi bo‘limi so‘ngida kichik xulosachalar yasab borish va ularni umumlashtirish orqali kurs ishining xulosa qismini yozish tavsiya etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ham kurs ishining majburiy qismidir. U kurs ishini bajarish davomida foydalanilgan fuqaro aviatsiyasiga oid ma’muriy va me’yoriy hujjatlar hamda murojaat qilingan internet sahifalarining manzillarini o‘z ichiga olishi zarur.
Ilova qismida kurs ishi bilan bilvosita bog‘liq bo‘lgan, biroq ma’lum sabablarga ko‘ra ishning asosiy qismiga qo‘shish mumkin bo‘lmagan materiallarni o‘z ichiga oladi. Ushbu qismda hujjatlardan olingan parchalar, statistikaga oid diagrammalar va turli tashkilotlarning hisobotlarini keltirish mumkin.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling