Transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar


-mavzu. Avtomobilsozlikda ishlatiladigan plastmassalar


Download 3.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/64
Sana21.10.2023
Hajmi3.23 Mb.
#1714846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar

3-mavzu. Avtomobilsozlikda ishlatiladigan plastmassalar. 
Plastmassalar haqida umumiy ma’lumotlar. Termoplastlarning asosiy turlari va 
ularning xossalari. Reaktoplastlarning asosiy turlari va ularning xossalari. 
Termoplastlardan buym olish texnologiyasi. Reaktoplastlardan buym olish 
texnologiyasi. 
Plastmassalar haqida umumiy ma’lumotlar. Bugungi kunda transport vositalari 
va avtomobillar konstruktsiyalarini plastmassa materiallarisiz tasavvur qilish qiyin. 
Bu materiallarni ishlatish texnika vositalarining konstruktsiyalarini ixchamlash
massalarini kamaytirish, ishonchliligini oshirish bilan bir qatorda ishlab chiqarish 
tannarxini va mehnat sarfini kamaytirish imkoniyatini yaratdi. Plastmassalarni keng 
ko’llanishiga ularni qimmatbaho metall va yog’och materiallarining o’rnini bevosita 
almashtira olishi, ko’p hollarda o’zini xususiyatlari bilan ulardan ustun turishi sabab 
bo’lmoqda. 
Avtomobillarning konstruktsiyasini polimer materialsiz tasavvur qilish qiyin. 
Ularni ishlatish iqtisodiy jihatdan ham foydalidir, chunonchi, materiallarga sarf 
qilinadigan xarajatlar, detallar tayyorlashning mehnat sarfi kamayadi, detallar ancha 
yengillashadi, kapital 
mablag’ sarfi va ekspluatatsion sarflar (moylashga, 
ta’mirlashga) kamayadi va hokazo. Plastmassadan buyumlar tayyorlashda materiallar 
isrofi 5-10 %dan oshmaydi, metallardan tayyorlashda esa isrof ancha ko’p (60-70 %) 
bo’ladi. Plastmassadan olingan mahsulotlar metalldan tayyorlanganlarga nisbatan 
ikki-uch marta arzon bo’ladi. 
Ishlatiladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. 
Bingo, blits, ajurali arra, nilufar guli, menyu, algoritm, munozara, o’z-o’zini nazorat.
Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4; Q1; Q2; Q3. 
 
4-mavzu. Avtomobilsozlikda ishlatiladigan rezinalar 
Rezinalar haqida umumiy ma`lumotlar. Kauchuk ishlab chiqarish. Rezina 
materiallar olish. Rezinaning fizikaviy-mexanikaviy xossalari. Rezina materiallar 
xususiyatlarini harorat ta`sirida o’zgarishi. Eskirish jarayonida rezinaning 
xususiyatlarini o’zgarishi. Rezinalarning xususiyatlarini Suyuqliklar ta`sirida 
o’zgarishi. Avtomobil shinalarini ta`mirlash uchun materiallar. 
Rezinalar haqida umumiy ma’lumotlar. Rezina buyumlar xalq xo’jaligining 
barcha sohalarida, ayniqsa, traktor va avtomobil sanoatida keng qo’llaniladi, chunki 
rezinaning asosiy tarkibiy qismi hisoblangan kauchuk juda elastik bo’ladi. Rezina 
juda kuchli (1000 foizgacha) deformatsiyalanishi mumkin, lekin yuklanish 
olinganidan keyin rezina avvalgi holatiga deyarli butunlay qaytadi. Bundan tashqari, 
rezinaning kimyoviy chidamliligi, yemirilishga qarshilik ko’rsatish qobiliyati yuqori, 
yaxshi elektr izolyatsion xossalarga ega, zichligi uncha katta emas. Hozirgi zamon 


avtomobillarida bir necha yuz xil rezina detallar mavjud. Ishlab chiqariladigan 
kauchukning anchagina qismi (taxminan 60 foizi) avtotraktor texnikasi uchun 
shinalar ishlab chiqarishga sarflanadi. 
Ishlatiladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. 
Bingo, blits, ajurali arra, nilufar guli, menyu, algoritm, munozara, o’z-o’zini nazorat.
Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4; Q1; Q2; Q3. 

Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling