Transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar
Download 3.23 Mb. Pdf ko'rish
|
transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar
- Bu sahifa navigatsiya:
- TRANSPORT VOSITALARIDA ISHLATILADIGAN NOMETAL MATERIALLAR
MUNDARIJA
I. SILLABUS 4 II. FANNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTREFAOL TA’LIM METODLARI 12 III. NAZARIY MATERIALLAR 25 1 Kirish. Transport vositalarida ishlatiladigan ishlatiladigan kimyoviy materiallar. Kompozision material va ulardan foydalanishning istiqbollari. 25 2 Transport vositalarida ishlatiladigan smolalar 29 3 Transport vositalarida ishlatiladigan plastmassalar 33 4 Transport vositalarida ishlatiladigan rezinalar 47 5 Lok-biyoq materiallari va ular asosidagi qoplamalar 62 6 Transport vositalarida ishlatiladigan sintetik yelimlar va jihozlash materiallari. 79 IV. TAJRIBA MASHG‘ULOT MATERIALLARI 92 V. KEYSLAR BANKI 113 VI. MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI 120 VII. GLOSSARIY 122 VIII. ADABIYOTLAR RO‘YXATI 126 I. TRANSPORT VOSITALARIDA ISHLATILADIGAN NOMETAL MATERIALLAR fanidan SILLABUS Fanning qisqacha tavsifi OTMning nomi va joylashgan manzili: Namangan muxandislik-pedagogika instituti Do‘stlik shoh ko‘chasi, 12-uy Kafedra: Erusti transport tizimlari Muxandislik-texnika fakulteti tarkibida Ta’lim sohasi va yo‘nalishi: 5310600 – Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi Bakalavriat bosqichining 5310600 – Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Fanni (kursni) olib boradigan o‘qituvchi to‘g‘risida ma’lumot: Katta o’qituvchi., Xidirov Ulug’bek Xabibullayevich xidirovulugbek @umail.uz Dars mashg‘ulotini o‘tkazishning vaqti va joyi: O‘quv-uslubiy boshqarma tomonidan ishlab chiqilgan jadval asosida 102 xonada Kursning boshlanish va davom etish muddati: 4 semestr davomida Ta’lim yo‘nalish- lari O‘quv rejasiga muvofiq 2 kurs 4 semestrida Individual grafik asosida professor-o‘qituvchining talabalar bilan ishlash vaqti: Haftaning chorshanba, juma kunlari soat 14.00 dan 16.00 gacha Fanga ajratilgan o‘quv soatlarining o‘quv turlari bo‘yicha taqsimoti Auditoriya soatlari Mustaqil ta’lim Ma’ruza Amaliy Tajriba I- semestr 18 - 18 23 II-semestr 18 - 18 23 Fanning boshqa fanlar bilan uzviy aloqasi (prerekvizit- lari): "Transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar" fani quyidagi fanlarga asoslanadi: kimyo, avtomobil tuzilishi, Transport vositalarida qo`llaniladigan ekspluatatsion material, ichki yonuv dvigatellari, materialshunoslik, konstruksion materiallar texnologiyasi, avtomobillar ta'miri, avtomobilsozlik asoslari, avtomobil iqtisodiyoti va ishlab chiqarishni boshqarishdir shuning uchun bu fanlarni bilish zarur. Fanning mazmuni Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni: O’qitish mobaynida talabalarga transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar turlari, ularni tuzilishi, kimyoviy tarkibi, ularni olinish usullari, kimyoviy materiallardan detallar tayyorlash texnologiyasini, kimyoviy materiallardan yasalgan detallarni avtomobillarning qaysi uzellarida foydalanish mumkinligini o’rgatish va ularni dunyoning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi zavodlarida kimyoviy materiallardan foydalanish bo’yicha olib borilayotgan ilg’or tajribalar bilan tanishtirish. Talabalar uchun talablar - Professor-o‘qituvchiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish; - Inistitut intizom qoidalariga rioya qilish; - Mobil telefonni dars davomida o‘chirish; - Berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish; - Guruhdoshlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish; - Plagiat man etiladi; - Darsga o‘z vaqtida kelish; - 4 soatdan ortiq dars qoldirilgan taqdirda, dekanat ruxsati bilan darsga kirish. Elektron pochta orqali munosabatlar tartibi Professor-o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi aloqa elektron pochta orqali ham amalga oshirilishi mumkin, telefon orqali baho masalasi muhokama qilinmaydi, lekin oraliq, joriy va yakuniy baholash faqatgina universitet hududida, ajratilgan xonalarda va dars davomida amalga oshiriladi. Download 3.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling