Transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar
NAZARIY MASHG‘ULOTLAR MAZMUNI
Download 3.23 Mb. Pdf ko'rish
|
transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar
NAZARIY MASHG‘ULOTLAR MAZMUNI
Semestr bo‘yicha dastur mazmuni 1-mavzu. Kirish. Transport vositalarida ishlatiladigan ishlatiladigan kimyoviy materiallar. Kompozision material va ulardan foydalanishning istiqbollari. Kirish. Avtomobilsozlikda ishlatiladigan kimyoviy materiallarni kelib chiqish tarixi va rivojlanish istiqbollari. Kompozision materiallar. Kompozision materiallardan foydalanishning istiqbollari. Mamlakatimiz mutaqillikka erishgandan sung uzining avtomobil sanoatiga ega buldi. Hozirgi kunda Asaka shahrida «GM Uzbekiston avto» va Samarqand shahrida “ISO‘ZU”, “MAN” qushma korxonalarini tashkil etilishi zamonaviy engil, yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqarilishi mustahkam, bikr konstruktsion materiallarga bulgan talabni oshirib Yubordi. Ishlatiladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Bingo, blits, ajurali arra, nilufar guli, menyu, algoritm, munozara, o’z-o’zini nazorat. Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4; Q1; Q2; Q3. 2-mavzu. Transport vositalarida ishlatiladigan smolalar. Poliefirli smolalarning xossalsri va ulardan olinadigan buym va detallar. Vinilkarbon kislotasining murakkab diefirlari asosidagi smolalar va ularning xossalari. Polibutadienli smolalarning xossalari, ulardan olinadigan buym va detallar. Epoksid smolalarning xossalari va ularning qo’llanilish sohalari. Poliefirli smolalarning xossalsri va ulardan olinadigan buym va detallar. XX asrning boshlarida sanoatda, jumladan texnika sohasida smolalar asosida olingan materiallardan foydalanila boshlandi. Keyinchalik Ellis tomonidan to’yinmagan poliefirli smolaga vinilatsetat yoki stirol kabi monomerlarni qo’shish natijasida yanada qimmatli materiallar ishlab chiqarish mumkinligi aniqlangan. Smolalarga manomerlarni qo’shish ularning qovushoqligini kamaytiradi. Umumiy maqsadlarda ishlatiladigan poliefirli smolalardan paddonlar, suv saqlash uchun idishlar, Suyuqlik bilan ishlatiladigan tizimlar uchun detallar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Elastik poliefirli smolalardan ko’proq mebel , turli xil tugmalar, yog’och materiallariga rezba ochish uchun qoliplar tayyorlashda foydalaniladi. Bikr poliefirli smolalardan zarb ta`siriga chidamli bo’lgan buyumlar: himoya niqoblari (shlemlari), avtomobillar va samolyotlar detallari ishlab chiqariladi. Vinilkarbon kislotasining murakkab diefirlari asosidagi smolalar. Vinilkarbon kislotasining murakkab diefirlari (VKMD) asosidagi smolalar termoreaktiv polimer hisoblanadi. Bunday smolalar toza holda (ya`ni, qo’shimchalarsiz) va boshqa ingredientlar bilan aralashma holida ham ishlatiladi. Ta`mirlash korxonalarida detallarni tiklashda ko’pincha epoksid smolalardan foydalaniladi. Ularni xona haroratida uzoq muddat saqlash mumkin. Suyuq smolaga qotirgich (u qo’shilganda polimer qotadi) va plastik xossalar beruvchi moddalar (plastifikatorlar) qo’shiladi. Q`orishmalar 150-200 g dan qilib tayyorlanadi. Ularni tayyorlangandan keyin 20-30 minut ichida ishlatib Yuborish kerak. Epoksid smolalar bir-biridan molekulyar tuzilishi, massasi bilan, ular asosida tayyorlangan tarkiblar esa to’ldirgichlarning turi hamda miqdori bilan farq qiladi. Ishlatiladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Bingo, blits, ajurali arra, nilufar guli, menyu, algoritm, munozara, o’z-o’zini nazorat. Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4; Q1; Q2; Q3. Download 3.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling