Vaqtinchalik ish joyidagi ish beruvchi sportchining boshqa ish beruvchiga o‘tishiga doir tashabbus bilan chiqish huquqiga ega emas.
Sportchining boshqa ish beruvchiga vaqtincha o‘tishi davriga tuzilgan mehnat shartnomasi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan asoslarning istalgan biriga ko‘ra muddatidan ilgari bekor qilingan taqdirda, vaqtincha o‘tish davriga tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish bilan bog‘liq bo‘lgan kalendar sanasidan keyingi ish kunidan boshlab dastlab tuzilgan mehnat shartnomasi to‘liq hajmda amal qiladi.
Agar boshqa ish beruvchiga vaqtincha o‘tish muddati tugaganidan keyin sportchi vaqtinchalik ish joyidagi ish beruvchida ishlashni davom ettirsa va na sportchi yoki na vaqtinchalik ish joyidagi ish beruvchi, na dastlab mehnat shartnomasi tuzilgan ish beruvchi vaqtinchalik o‘tish davri uchun tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishni hamda dastlab tuzilgan mehnat shartnomasini qayta tiklashni talab qilmasa, dastlab tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi va vaqtinchalik o‘tish davri uchun tuzilgan mehnat shartnomasi taraflar kelishuvi bilan belgilanadigan muddatga, bunday kelishuv mavjud bo‘lmagan taqdirda esa nomuayyan muddatga uzaytiriladi.
Sportchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan asoslardan tashqari quyidagilar asos bo‘lishi mumkin:
1) olti oy va undan ko‘p muddatga sportdan chetlashtirilganlik;
2) xalqaro dopingga qarshi tashkilotlar tasdiqlagan dopingga qarshi qoidalarning sportchi tomonidan buzilganligi, shu jumladan bir marta buzilganligi.
Mehnat shartnomasini sportchining tashabbusi bilan bekor qilish to‘g‘risidagi ogohlantirish muddatining davomiyligi mehnat shartnomasi taraflari tomonidan tegishli sport turi yoki turlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi sport federatsiyalarining (assotsiatsiyalarining) tavsiyalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi belgilaydigan muddatlar inobatga olingan holda aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |