Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirmalarga ishga kiruvchi shaxslar bilan nomuayyan muddatga mehnat shartnomasi yoxud muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin.
Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirmalarning xodimlariga ushbu mikrofirmadagi ish staji uchun qo‘shimcha mehnat ta’tili berilishi mumkin, uning davomiyligi va uni berish tartibi jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida belgilanadi.
Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma xodimni mehnat sharoitlarining o‘zgarishi (ushbu Kodeksning 137-moddasi birinchi qismi) va ish beruvchining boshqa joyga ko‘chishi munosabati bilan joyning o‘zgarishi (ushbu moddaning 146-moddasi birinchi qismi) to‘g‘risida kamida bir oy oldin yozma ravishda xabardor qilishi shart.
506-modda. Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish
Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma xodimi ish beruvchi bo‘lgan mikrofirmani yetti kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirgan holda, mehnat shartnomasini o‘z tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga haqli.
Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma o‘z xodimi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ushbu Kodeksda nazarda tutilgan asoslardan tashqari mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra bekor qilishga haqli.
Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma xodimi bilan tuzilgan mehnat shartnomasida sodir etilganligi uchun mehnat shartnomasini ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 5-bandiga muvofiq bekor qilishga yo‘l qo‘yiladigan mehnat majburiyatlarining bir marta qo‘pol ravishda buzilishlari ro‘yxati nazarda tutilishi mumkin.
Ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma xodimini mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida ogohlantirish muddatlari, shuningdek mehnat shartnomasi bekor qilinganda to‘lanadigan ishdan bo‘shatish nafaqasini hamda boshqa kompensatsiya to‘lovlarini to‘lash hollari va miqdorlari mehnat shartnomasida belgilanadi, agar ular belgilanmagan bo‘lsa, xodimlarga ushbu Kodeks hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan umumiy kafolatlar tatbiq etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |