[tsz: Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]


Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollanma xodimlarni ishga qabul qilish buyruq e’lon qilmasdan amalga oshiriladi


Download 1.33 Mb.
bet264/297
Sana16.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1498651
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   297
Bog'liq
28.10.2022 Mehnat kodeksi

Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollanma xodimlarni ishga qabul qilish buyruq e’lon qilmasdan amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarda ishlovchi xodimlarga mehnat daftarchalari yuritilmaydi.
509-modda. Ish va dam olish rejimi
Ish rejimi, dam olish kunlarini va yillik mehnat ta’tillarini berish tartibi xodim bilan yakka tartibdagi tadbirkor o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi. Bunda ish haftasining davomiyligi ushbu Kodeksda belgilanganidan ko‘proq, yillik mehnat ta’tilining davomiyligi esa qisqaroq bo‘lishi mumkin emas.
510-modda. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mehnat shartlarining o‘zgartirilishi
Ushbu Kodeks 137-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda yakka tartibdagi tadbirkor xodimning taraflar tomonidan belgilangan mehnat shartlari o‘zgartirilishi to‘g‘risida xodimni kamida o‘n to‘rt kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirishi shart.
511-modda. Xodim va yakka tartibdagi tadbirkor o‘rtasidagi mehnat shartnomasini bekor qilish
Xodim yakka tartibdagi tadbirkor bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ushbu tadbirkorni yetti kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirgan holda o‘z tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga haqli.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ogohlantirish muddati xodim va yakka tartibdagi tadbirkorning kelishuviga ko‘ra qisqartirilishi mumkin.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan asoslardan tashqari, yakka tartibdagi tadbirkor xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini unda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra bekor qilishga haqlidir.
Xodim bilan yakka tartibdagi tadbirkor o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasida sodir etilganligi uchun mehnat shartnomasini ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 5-bandiga muvofiq bekor qilishga yo‘l qo‘yiladigan mehnat majburiyatlarining bir marta qo‘pol ravishda buzilishlari ro‘yxati nazarda tutilishi mumkin.
Xodimni mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida ogohlantirish muddatlari, shuningdek mehnat shartnomasi bekor qilinganda to‘lanadigan ishdan bo‘shatish nafaqasini hamda boshqa kompensatsiya to‘lovlarini to‘lash hollari va miqdorlari mehnat shartnomasida belgilanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda yakka tartibdagi tadbirkorning soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organini mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati to‘xtatib turilgan hollarda xodimning o‘rtacha ish haqi ikki hafta davomida saqlanib qoladi. Ushbu muddat tugaganidan keyin yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyati to‘xtatib turilishi munosabati bilan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini xodimga ushbu shartnomada nazarda tutilgan miqdorda, lekin xodimning ikki haftalik o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda kompensatsiya to‘lagan holda bekor qilishga haqli. Mazkur miqdordagi pulli kompensatsiya yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyatining bir haftadan ortiq davom etgan to‘xtatib turilishi davrida, xodim mehnat shartnomasini o‘z tashabbusiga ko‘ra bekor qilgan taqdirda ham to‘lanadi.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling