mehnat huquqlarining yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari orqali himoya qilishdan;
mehnat huquqlarining mehnat nizolarini ko‘rib chiquvchi organlar tomonidan himoya qilishdan.
Xodimlarga mehnat huquqlarini himoya qilish usulini tanlash, qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan o‘z mehnat huquqlarini himoya qilish huquqi kafolatlanadi.
32-bob. Xodim tomonidan mehnat huquqlarini o‘zi himoya qilishi
530-modda. Mehnat huquqlarini xodim tomonidan himoya qilish tushunchasi va himoya qilishni amalga oshirish
Xodim tomonidan mehnat huquqlarini o‘zi himoya qilishi deganda xodimning buzilgan huquqini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni va tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarga yoxud yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib chiquvchi organlarga murojaat etmasdan yoki murojaat qilgan holda tiklashga va (yoki) ushbu huquqni amalga oshirish borasidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan mustaqil ravishdagi qonuniy harakatlari tushuniladi.
Xodim o‘z huquqi buzilganligi haqida bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan paytdan e’tiboran mehnat huquqlarini o‘zi himoya qilishni (bundan buyon matnda o‘zini o‘zi himoya qilish deb yuritiladi) amalga oshirishga haqli.
Xodim o‘zini o‘zi himoya qilishni to‘xtatish to‘g‘risida o‘z xohishiga ko‘ra istalgan paytda qaror qabul qilishga haqli.
531-modda. O‘zini o‘zi himoya qilish shakllari
O‘zini o‘zi himoya qilish maqsadida xodim o‘z hayotiga va sog‘lig‘iga bevosita tahdid soluvchi ishni bajarishni, shuningdek ish beruvchining talabiga ko‘ra quyidagilarni:
mehnat shartnomasida nazarda tutilmagan ishni;
qonunga xilof yoki hayotini va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yadigan, xodimning yoxud boshqa shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatiga, ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan harakatlarni bajarishni ish beruvchini yoki o‘zining bevosita rahbarini yoxud ish beruvchining boshqa vakilini yozma shaklda xabardor qilgan holda rad etishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilmaguniga qadar ishni yoki harakatlarni bajarishni rad etish vaqtida xodimning mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan barcha huquqlari saqlanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |