[tsz: Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]


Download 1.33 Mb.
bet288/297
Sana16.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1498651
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   297
Bog'liq
28.10.2022 Mehnat kodeksi

Guvohnomada:
mehnat nizosi bo‘yicha qaror chiqargan mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning nomi;
qaror qabul qilingan va guvohnoma berilgan sanalar;
xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi;
nizoning mohiyati bo‘yicha qaror ko‘rsatiladi.
Guvohnoma komissiya raisi va kotibining imzolari bilan tasdiqlanadi hamda xodimga imzo qo‘ydirib beriladi.
Xodim mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida guvohnomani olish uchun komissiyaga murojaat qilishi mumkin.
Agar xodim yoki ish beruvchi yakka tartibdagi mehnat nizosini ko‘rib chiqish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilgan bo‘lsa, guvohnoma berilmaydi.
Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya tomonidan berilgan hamda olingan kunidan e’tiboran uch oydan kechiktirilmagan muddatda taqdim etilgan guvohnoma asosida davlat ijrochisi komissiyaning qarorini “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq majburiy tartibda ijro etadi.
Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya ushbu moddaning beshinchi va yettinchi qismlarida belgilangan muddatlarni xodim uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborgan deb topsa, komissiya bu muddatlarni tiklaydi.
567-modda. Yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib chiquvchi organlarning qaroriga binoan to‘langan summalarni qaytarib undirib olishning cheklanishi
Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qaroriga, shuningdek yakka tartibdagi mehnat nizosi bo‘yicha sudning qaroriga ko‘ra xodimga to‘langan summalarni qaror bekor qilinganida undan qaytarib undirib olishga faqat bekor qilingan qaror xodim tomonidan berilgan yolg‘on ma’lumotlarga yoki uning tomonidan taqdim etilgan qalbaki hujjatlarga asoslangan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
568-modda. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining ta’rifini o‘zgartirish
Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining ta’rifi noto‘g‘ri deb yoki qonunchilikka muvofiq emas deb topilgan taqdirda, sud ushbu ta’rifni o‘zgartiradi va qarorda mehnat shartnomasini bekor qilish asosini qonunchilikka qat’iy muvofiq ravishda qonunning tegishli moddasiga (qismiga, bandiga, xatboshiga) havola qilgan holda ko‘rsatadi.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling