[tsz: Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]


o‘ttiz soatli olti kunlik ish haftasida — besh soatdan, o‘ttiz soatli besh kunlik ish haftasida esa — olti soatdan ortiq bo‘lmasligi kerak


Download 1.33 Mb.
bet249/297
Sana16.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1498651
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   297
Bog'liq
28.10.2022 Mehnat kodeksi

o‘ttiz soatli olti kunlik ish haftasida — besh soatdan, o‘ttiz soatli besh kunlik ish haftasida esa — olti soatdan ortiq bo‘lmasligi kerak;
yigirma to‘rt soatli olti kunlik ish haftasida — to‘rt soat, yigirma to‘rt soatli besh kunlik ish haftasida esa — besh soatdan ortiq bo‘lmasligi kerak.
479-modda. Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishga jalb etishdagi cheklovlar
Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarning ish vaqtidan tashqari ishining davomiyligi kuniga ikki soatdan va yiliga bir yuz yigirma soatdan ortiq bo‘lmasligi kerak.
O‘ta zararli va o‘ta xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishga jalb etish taqiqlanadi.
480-modda. O‘ta zararli va o‘ta xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtini jamlab hisobga olishni qo‘llashdagi cheklovlar
O‘ta zararli va o‘ta xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtini jamlab hisobga olishni qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.
481-modda. Noqulay mehnat sharoitlaridagi ish uchun yillik qo‘shimcha ta’til
Noqulay mehnat sharoitlarida band bo‘lgan xodimlar yillik qo‘shimcha ta’til olish huquqiga ega.
Qo‘shimcha ta’til olish huquqini beradigan ishlar, kasblar va lavozimlar ro‘yxati, ta’tillarning davomiyligi, ularni berish tartibi va shartlari jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunaning jarohat yetkazish xavfi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq belgilanadi.
Noqulay mehnat sharoitlarida band bo‘lgan xodimlarga beriladigan yillik qo‘shimcha ta’tilning eng qisqa davomiyligi, shuningdek noqulay mehnat sharoitlaridagi ish uchun yillik qo‘shimcha ta’tillarni berish shartlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling