mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruvi organlari huzuridagi tegishli jamoatchilik kengashlarida ishtirok etishga;
ish beruvchilarga mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarning va mehnatni muhofaza qilish qoidalarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar yuborishga;
mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarni va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlikda, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar faktlarini yashirganlikda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi talab bilan tegishli organlarga murojaat qilishga;
ish beruvchiga xodimlarning hayotiga va sog‘lig‘iga tahdid tug‘ilgan hollarda ishlarni to‘xtatib turish haqida, shuningdek mehnatni muhofaza qilish talablarining buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida takliflar kiritishga;
mehnatning muhofaza qilinish holatini o‘rganishga, ish beruvchilarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha jamoa kelishuvlarida va jamoa shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlari bajarilishini nazorat qilishga;
o‘zi manfaatlarini ifodalayotgan xodimlarning ish joylariga kirishga;
yakka tartibdagi va jamoaviy mehnat nizolarini ko‘rib chiqishda ishtirok etishga;
xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilib sudga murojaat etishga haqli.
Kasaba uyushmalari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘ladi.
Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun kasaba uyushmalari, shuningdek ularning birlashmalari o‘z inspeksiyalarini tashkil etishga haqli.
Do'stlaringiz bilan baham: |