«tulpar» ntm


Download 54.38 Kb.
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi54.38 Kb.
#1577089
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
БИТИМ намунаси-ВМ-944 (лотин)

I. BITIMNING PREDMETI

1.1. Mazkur bitimning predmeti bo‘lib, xususiy sherikka tegishli binoni yangi qurish orqali davlat-xususiy sheriklik asosida 75 o‘rinli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish uchun Xususiy sherik va Davlat sherigi o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish hisoblanadi.


1.2. Tomonlar ushbu Bitim bo‘yicha majburiyatlarini bajarishda fuqarolarning maktabgacha ta’lim olish huquqini ta’minlash zaruriyatidan kelib chiqadilar.


II. UMUMIY QOIDALAR

2.1. Mazkur Bitim va uning ilovalari Bitim predmetiga nisbatan Taraflar o‘rtasidagi barcha avvalgi og‘zaki yoki yozma kelishuvlar, bitimlar yoki qarorlarni bekor qiluvchi va ulardan ustun turuvchi to‘liq kelishuvni anglatadi. Mazkur Bitimning ilovalari uning ajralmas qismi hisoblanadi va u bilan bir xil yuridik kuchga egadir.


2.2. Mazkur Bitimning barcha qoidalari va shartlari majburiy xarakterga ega bo‘lib, Tomonlarga, ularning tegishli huquqiy vorislariga yoki Tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra ularning tegishli huquq va majburiyatlari berilishi mumkin bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.
2.3. Davlat sherigi yoki Xususiy sherik ikkinchi Tarafning oldindan yozma roziligisiz mazkur Bitim bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini to‘liq yoki qisman boshqa shaxsga o‘tkazishga haqli emas. Mazkur Bitimning shartlariga zid ravishda huquq va majburiyatlarni boshqa shaxsga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Kelishilmagan holda mazkur Bitim bo‘yicha barcha huquqlarni yoki huquqlarning bir qismini boshqa shaxsga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
2.4. Mazkur Bitim ikki nusxada o‘zbek tilida har bir Taraf uchun bir nusxadan imzolandi. Barcha nusxalar bir xil yuridik kuchga egadir.


III. TASHKILOTNI TASHKIL ETISH TARTIBI

3.1. Xususiy sherik ushbu bitimning 1-ilovasida ko‘rsatilgan texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan 75 o‘rinli nodavlat ta’lim tashkilotni (Keyingi o‘rinlarda – Tashkilot) davlat-xususiy sherikchilik asosida kadastr hujjatlariga ko‘ra, xususiy sherikka tegishli bo‘lgan, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Kegeyli tumani, Gujim terek MFYda joylashgan urinda tashkil etish bo‘yicha investitsiya kiritish majburiyatini oladi.


3.2. Tashkilotni tashkil etish bo‘yicha investitsiya hajmi ishlab chiqilgan loyiha-smeta xujjatlariga muvofiq aniqlangan bo‘lib, umumiy qiymati 2 356 906 494 (ikki milliard ush yuz ellik olti million to‘qqiz yuz olti ming to‘rtyuz to‘qson to‘rt ) so‘m, shundan 1 767 679 900 (bir milliard etti yuz oltmish etti million olti yuz etmish to‘qqiz ming to‘rtyuz ) so‘m kredit mablag‘i, 589 226 600 (besh yuz sakson to‘qqiz million ikki yuz yigirma olti ming olti yuz) so‘m o‘z mablag‘larini tashkil qiladi va xususiy sherikning investitsiya majburiyatlari mazkur bitimning 2-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
3.3. Tashkilot uchun quriladigan bino va inshootlar idoraviy qurilish me’yorlari hamda sanitariya me’yorlari va qoidalariga mos kelishi shart.
3.4. Davlat sherigi Xususiy sherikning investitsiya majburiyatlarini bajarilishi ustidan choraklik monitoring o‘tkazadi va u qay darajada bajarilishini yoki bajarilganligini o‘rganadi va baholab boradi. Agar kamchiliklar aniqlansa uni bartaraf etish bo‘yicha muddatini ko‘rsatgan holda Xususiy sherikka talabnoma yuboradi.
3.5. Investitsiya ob’ektini loyihalashtirish, kelgusida qayta qurish, joriy va kapital ta’mirlash, unga texnik xizmat ko‘rsatish hamda saqlash bilan bog‘liq barcha xarajatlar Xususiy sherik mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
3.6. Ushbu bitimda nazarda tutilmagan qo‘shimcha sarf-xarajatlar yuzaga kelgan taqdirda, ushbu xarajatlar Xususiy sherik tomonidan qoplanadi.
3.7. Xususiy sherik tashkilot faoliyatini belgilangan tartibda nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun olinadigan litsenziya asosida tashkil etadi va tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasining ta’lim va maktabgacha ta’lim sohasiga oid qonunlari hamda qonun osti hujjatlari talablariga, shuningdek, davlat talablari (standartlari)ga va Bitim shartlariga rioya qiladi.
3.8. Xususiy sherikka tashkilot tarbiyalanuvchilarining har biri uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisiga sarflanadigan xarajatlar summasining 50 foiziga qadar miqdorda subsidiya ajratiladi.
Subsidiyalar ajratish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3.9. Xususiy sherik kamida 30 (o‘ttiz yil) yil davomida tashkilotga tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 25 foizi miqdorida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning va maxsus kontingentning farzandlari uchun ota-onalar to‘lovini shu joydagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan miqdordan oshmagan holda imtiyozli qabul qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan berilgan yo‘llanma asosida amalga oshiriladi.



Download 54.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling