«tulpar» ntm


IV. BITIMNING AMAL QILISH MUDDATI VA SHARTLARI


Download 54.38 Kb.
bet3/8
Sana18.06.2023
Hajmi54.38 Kb.
#1577089
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
БИТИМ намунаси-ВМ-944 (лотин)

IV. BITIMNING AMAL QILISH MUDDATI VA SHARTLARI

4.1. Mazkur Bitim imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va


30 (o‘ttiz) yil davomida, ya’ni 2051-yilgacha amal qiladi.
4.2. Xususiy sherik har chorakda bitim bo‘yicha majburiyatlarni bajarilishi to‘g‘risida tegishli tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari orqali Davlat sherigiga hisobot taqdim etadi.
4.3. Ushbu bitim amal qiladigan butun muddat davomida Tashkilot faoliyatining ixtisosligini va yo‘nalishini o‘zgartirish qat’iyan ta’qiqlanadi.


V. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI


5.1.Xususiy sherik quyidagi huquqlarga ega:
5.1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun to‘garaklar va boshqa qo‘shimcha ta’lim xizmatlari tashkil etish;
5.1.2. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 50 foizi miqdorida O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiyalar olish;
5.1.3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 iyundagi PQ-5144-sonli qarorining 5-ilovasida belgilangan olis va chekka hududlarda joylashgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari:
har bir tarbiyalanuvchi bola uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 75 foizi miqdorida subsidiya olish huquqiga ega;
«Yoshlar daftari», «Temir daftar» yoki «Ayollar daftari»ga kiritilgan oilalarning har bir tarbiyalanuvchi farzandlari uchun mazkur daftarlar jamg‘armalari hisobidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 25 foizi miqdorida subsidiya olishga haqli. Bunda, mazkur subsidiya ushbu bandning ikkinchi xatboshidagi subsidiyaga qo‘shimcha ravishda olinadi (ushbu 5.1.3-band qo‘llanilganda 5.1.2-band qo‘llanilmaydi);
5.1.4. Foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari narxining 50 foizi miqdorida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan oylik kompensatsiyalar olish;
5.1.5. Imtiyozli kredit olish;
5.1.6. Foyda olish;
5.1.7. Bitim shartlari Davlat sherigi tomonidan buzilgan taqdirda Bitimni sud tartibida bekor qilish.

Download 54.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling