«tulpar» ntm
Xususiy sherik o‘z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi
Download 54.38 Kb.
|
БИТИМ намунаси-ВМ-944 (лотин)
5.2. Xususiy sherik o‘z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:
5.2.1. Xususiy sherik ushbu bitim imzolangan kundan boshlab 6 (olti) oy muddatda 2-ilovada ko‘rsatilgan hajmdagi qurilish ishlarini, 7-(yettinchi) oyda jihozlashni tugatish va Tashkilotni to‘liq ishga tushirish; Agar, imtiyozli kredit liniyasi ochish Xususiy sherikka bog‘liq bo‘lmagan sabablar bilan kechiktirilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida belgilangan muddatlar, kredit liniyasi ochilgan sanadan boshlab hisoblanadi. 5.2.2. Mazkur bitim amal qiladigan muddatda tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 25 foizi miqdorida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning farzandlarini ota-onalar to‘lovini shu hududdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan miqdordan oshmagan holda imtiyozli qabul qilish; 5.2.3. Faoliyati davomida qonun hujjatlari, shu jumladan, davlat talablariga rioya qilish; 5.2.4. Bitim amal qiladigan muddat davomida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot faoliyat turini o‘zgartirmaslik; 5.2.5. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotda sanitariya normalari, qoidalari va gigiena normativlariga rioya qilish; 5.2.6. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotni yuqori malakali pedagogik va boshqa kadrlar bilan to‘ldirish, o‘quv-tarbiya jarayonini qonun hujjatlariga qat’iy muvofiq holda tashkil etish choralarini ko‘rish; 5.2.7. Tarbiyalash va o‘qitishning yuqori sifatini ta’minlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan, iste’dodli bolalarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish; 5.2.8. O‘qitishning innovatsion pedagogik shakllari, usullari va zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish asosida maktabgacha ta’lim sohasidagi ta’lim jarayonining samaradorligini va natijadorligini oshirish choralarini ko‘rish; 5.2.9. Tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatish, o‘qitish muddatlari va shartlarini, tomonlarning huquqlari va majburiyatlarini hamda boshqa shartlarni ular bilan kelishgan holda belgilash; Xususiy sherik mazkur mulkni garovga qo‘yishga haqli. 5.2.10. Bitimning amal qilish muddati tugamasdan Investitsiya ob’ektini begonalashtirish (oldi-sotdi, hadya qilish va hokazalar) bo‘yicha shartnoma tuzmaslik, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq xususiy sherik almashtirilishi holatlari bundan mustasno. Xususiy sherik mazkur mulkni garovga qo‘yishga haqli. 5.2.11.Tashkilot tomonidan ularning tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va ta’lim-tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi ishonchli axborotni Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimiga kiritish; 5.2.12. Tashkilot o‘z faoliyatini boshlaganidan so‘ng 3 kun muddatda Viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmalari orqali Maktabgacha ta’lim vazirligini yozma ravishda (tashkilot rahbari, pedagog xodimlari va tashkilotning telefon raqamlari ko‘rsatilgan xolda) xabardor qilish; 5.2.13. Agar bitim shartlari buzilganligi oqibatida bitim bekor qilinsa, bitim bekor qilingan kundan boshlab xususiy sherikka berilgan imtiyozli kredit foizi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorigacha oshiriladi va oshirilgan foiz stavkasida qaytariladi, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar to‘xtatiladi hamda qayta hisob-kitob qilinib Xususiy sherik tomonidan qoplanadi. Download 54.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling