5.3. Davlat sherigi quyidagi huquqlarga ega:
5.3.1. Xususiy sherikdan har chorakda bitim bo‘yicha majburiyatlarni bajarilishi to‘g‘risida tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari orqali hisobot olish;
5.3.2. Xususiy sherik tomonidan Bitim shartlariga rioya etilishi, majburiyatlarning bajarilishi ustidan monitoring o‘tkazish va aniqlangan kamchiliklarni yoki bitim shartlaridan chetga chiqish holatlarni bartaraf etish bo‘yicha xususiy sherikka talabnoma yuborish;
5.3.3. Xususiy sherikdan investitsiya ob’ekti bo‘yicha belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik oqibatida yuzaga kelgan zararlar qoplanishini talab qilish;
5.3.4. Bitim shartlari Xususiy sherik tomonidan buzilgan taqdirda, aniqlangan kamchiliklar Davlat sherigi tomonidan ko‘rsatilgan muddatda bartaraf etilmasa, Xususiy sherikni 15 kun oldin ogohlantirgan holda bitimni bir tomonlama bekor qilish;
5.4. Davlat sherigi o‘z zimmasiga quyidagi majburiyatlarni oladi:
5.4.1. Xususiy sherikka zarur hollarda maktabgacha ta’lim sohasida uslubiy va metodik yordam berish;
5.4.2. Xususiy sherikning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmaslik;
5.4.3. Davlat sherigining ayrim huquq va majburiyatlari Maktabgacha ta’lim vazirligining yozma ko‘rsatmasiga asosan hududiy boshqaruv organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
VI. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI VA NIZOLARNI
HAL QILISH TARTIBI
6.1. Tomonlar ushbu Bitimga ko‘ra zimmalariga olgan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik uchun qonun hujjatlariga va mazkur Bitim shartlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
6.2. Xususiy sherik mazkur bitimning 5.2.1. bandida belgilangan muddatlarda majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, har bir kechiktirilgan kun uchun kechiktirilgan majburiyat summasining 0,04 foizi miqdorida, biroq kechiktirilgan majburiyat qiymatining 50 foizidan oshmagan miqdorda penya to‘laydi.
6.3. Taraflar sud organlariga murojaat etishdan oldin ehtimoliy anglashilmovchiliklarni o‘zaro muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan ko‘rib chiqish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar.
6.4.Mazkur Bitim yuzasidan kelib chiquvchi yoki unga daxldor bo‘lgan har qanday nizolar, kelishmovchiliklar yoki e’tirozlar, yohud ushbu Bitimni buzish, uning harakatini tugatish yoki haqiqiy emasligi, Taraflarning o‘zaro kelushuviga erishish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Toshkent shahar iqtisodiy sudida ko‘rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |