Tumani xtb tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi


Download 1.87 Mb.
bet8/59
Sana09.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1347328
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   59
Bog'liq
4-SINF ONA TILI TO\'GARAK 34 - Soatlik 2020-2021

II.O`tgan mavzuni mustahkamlash: O'quvchilarning olgan baholarini qisqacha tahlili o`tkaziladi. Yo`l qo`yilgan xatolari yuzasidan ko`rsatma beraman..
III.Yangi mavzu bayoni: O’qituvchi darslikdagi mashq orqali bugungi mavzuni ko’rgazmalar, slayd va multimedia ilovasi orqali tushuntiradi va berilgan mashqlar o’quvchilar bilan sinf doskasi va o’z daftarlariga mustaqil yozib bajartiriladi.
29-mashq. O‘qing. Matn kim haqida?
Sohibqiron Amir Temurning harbiy yurishlari haqida sanoqsiz kitoblar yozilgan. Ammo uning bebaho insoniy fazilatlari, aqlu idroki, salohiyati, adolati,halolligi, mehr-u muhabbati haqida hali ko‘p o‘qishimiz
kerak. Uning fazilatlarini o‘rganishimiz lozim.Amir Temur umrining oxirida o‘z farzandlariga
vasiyatida „Men aql-u ehson bilan olamni obod etibmen“, – degan ekan. (Muhammad Ali)
Amir Temur haqida nimalarni bilib oldingiz? X va h undoshli so‘zlarning talaffuzi va imlosini izohlang. X va hundoshli so‘zlarni guruhlab yoddan yozing.
Salohiyat qobiliyat, iqtidor
29-mashq. Ko‘chiring. Xato yozishingiz mumkin bo‘lgan so‘zlarni aniqlang.
Quchog‘ing bolga to‘la,
Hosil iqbolga to‘la.
Qulluq saxovatingga,
Huzur – halovatingga.
Lazzatlisan, sehrjon,
Xush kelibsan, Mehrjon!
Qambar Ota
X va h harfli so‘zlar ishtirokida gap tuzib yozing.
IV.Mustahkamlash:Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beriladi: so‘zlarni o‘qing. so‘z boshida kelgan undoshni to‘g‘ri ayting. Doskada va mustaqil bajariladi.
Mavzu yuzasidan o’quvchilarga tarqatmalar berilib savol javoblar o’tkaziladi.
V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantiraman. Doskada mashq bajargan o`quvchilarni baholayman.
VI.Uyga vazifa: O`quvchilarga uy vazifasini bajarilishi yuzasidan ko`rsatma berib darsni yakunlayman.
30-mashq. O‘qing. Maqollar nima haqida? h va x
undoshlarining to‘g‘ri talaffuzini mashq qiling.
1. Mehnatli non shakar, Mehnatsiz non zahar. 2. Hunar – tuganmas xazina. 3. Hunar bo‘lsa qo‘lingda, Non topilar yo‘lingda. 4. Tan sihatlik – tuman boylik.
Maqollarning mazmunini izohlang



Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling