Tumani xtb tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi


Download 1.87 Mb.
bet11/59
Sana09.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1347328
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59
Bog'liq
4-SINF ONA TILI TO\'GARAK 34 - Soatlik 2020-2021

Fanga oid kompetensiyalar: Og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish. Mustaqil fikrlashga o`rgatish. F.k.2. mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi;
Darsning turi :yangi bilim beruvchi,Darsning metodi:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi.
Darsning jihozi:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar, plakatlar.kitob
Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism: Salomlashish, o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish.
Aylanma daftarlarni almashtirish. Chiroyli va xatosiz yozish yuzasidan ko`rsatmalar beraman.
II.O`tgan mavzuni mustahkamlash: O'quvchilarning olgan baholarini qisqacha tahlili o`tkaziladi. Yo`l qo`yilga xatolari yuzasidan ko`rsatma beraman.
42-mashq. Berilgan so‘zlarni o‘qing, ularni bo‘g‘in ko‘ chirish qoidasiga ko‘ra bo‘g‘inlarga bo‘lib yozing.
Assalom, taajjub, g‘ijjak, hissa, izzat, quvvat, labbay, minnatdor, millat, qimmat, raqqosa, tennis, cho‘qqi, taassurot, mashaqqat Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar ishtirokida 2ta gap tuzib yozing
III.Yangi mavzu bayoni: O’qituvchi darslikdagi mashq orqali bugungi mavzuni ko’rgazmalar, slayd va multimedia ilovasi orqali tushuntiradi va berilgan mashqlar o’quvchilar bilan sinf doskasi va o’z daftarlariga mustaqil yozib bajartiriladi.
43-mashq. She’rdagi so‘zlarning talaffuzi va ma’nosiga diqqat qiling. She’r kimlar haqida ekanini ayting.
Qiyos etgim keladi ustozlarni quyoshga,
O‘z mehrining nurini baxsh etadi har yoshga.
Ustoz yo‘li porloqdir, ustoz yo‘li yorug‘dir,
Ustoz ko‘ngli xazina, saxovatga to‘liqdir.
Po‘lat Mo‘min
Ustozlar haqida yod bilgan she’rlaringizdan ayting
44-mashq. O‘qing. Matnga sarlavha toping. Matnga sarlavha topishda nimalarga e’tibor berdingiz?
Bir zamonlarda jarangdor ovozli kichkina qushcha bo‘lgan ekan. Bir kuni qushcha osmonda uchib borayotib mevasi g‘arq pishib yotgan bir daraxtga ko‘zi tushibdi. U o‘zining topilmasidan behad xursand bo‘lib:
– Bu meniki, bu meniki -deya qichqiribdi.
Qushcha shunchalik qattiq qichqiribdiki, uning ovozini tevarak- atrofdagi qushlarning hammasi eshitibdi. Ular uchib kelib birpasda hamma mevalarni yeb
tugatishibdi. Mittigina ochko‘z qushcha ship-shiydon bo‘lgan daraxt atrofida chir aylangancha qolaveribdi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling