Tumani xtb tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’qituvchisi


Mavzu: Otlarning egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi


Download 1.87 Mb.
bet19/59
Sana09.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1347328
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   59
Bog'liq
4-SINF ONA TILI TO\'GARAK 34 - Soatlik 2020-2021

Mavzu: Otlarning egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi.
Maqsad: Ta’limiy: o’quvchilarning o’tilgan mavzular yuzasidan o`quvchilar bilimini mustahkamlash F.k.1. gapning asosini aniqlab, ikkinchi darajali bo‘laklarning so‘roqlari, ularning kesim yoki egaga bog’langanligini aniqlay oladi.
Tarbiyaviy maqsad:Mustaqil Vatanimizning har bir muvaffaqiyati, istiqlol yo'lida qilinayotgan ishlari bilan faxrlanish va Vatanga mehr hissiyotini uyg'otish, har qanday tajovuzkor kimsalardan nafratlanish; T.k5. san’at turlarini bilish va ularni bir-biridan farqlay olish;. o'zbek xalqining milliy urf-odat, an'ana va qadriyatlarini amalda qo'llash malakalarini shakllantirish. Tk.3. kattalarga, kichiklarga va o‘rtoqlariga yordam berish. Rivojlantiruvchi maqsad: So`zlarni tog`ri yozish malakalarini rivojlantirish
Fanga oid kompetensiyalar: Og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish. Mustaqil fikrlashga o`rgatish. F.k.2. mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi;
Darsning turi :yangi bilim beruvchi, Darsning metodi:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi.
Darsning jihozi:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar, plakatlar.kitob
Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism: Salomlashish, o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish.
Aylanma daftarlarni almashtirish. Chiroyli va xatosiz yozish yuzasidan ko`rsatmalar beraman.
II.O`tgan mavzuni mustahkamlash: O'quvchilarning olgan baholarini qisqacha tahlili o`tkaziladi. Yo`l qo`yilga xatolari yuzasidan ko`rsatma beraman. O’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob o`tkaziladi.
106- mashq. Otlarni o‘qing, asosini aniqlang.
kitobim kitobimiz
kitobing kitobingiz
kitobi kitoblari
So‘zlarni yozing. Asos va qo‘shimchalarni belgilang.
Namuna: kitobim.
Yechim: 1-mashqda berilgan so’zlarda kitob so’zi asos hisoblanadi. –im, -ing, -i, -imiz, -ingiz, -(lar)i qo’shimchalari egalik qo’shimchalaridir.



Shaxs/Son

Birlik

Ko’plik

1-shaxs

kitobim

kitobimiz

2-shaxs

kitobing

kitobingiz

3-shaxs

kitobi

kitoblari

107-mashq. O‘qing. Egalik qo‘shimchalarini olgan otlarni aniqlang, ularni ko‘chiring. Qavs ichida shaxsini ko‘rsating.
1. Uzun dala yo‘lida keksa bobo ikki sevikli nevarasi bilan birga borardi. (Mirmuhsin) 2. Kapalak, kapalak, qanotlaring ipakday. (Mirmuhsin)
3. Yurtim senga she’r bitdim bu kun, O‘xshashingni topmadim aslo.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling