Tuproq kimyosi


Download 0.64 Mb.
bet26/57
Sana10.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1257252
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   57
Bog'liq
Tuproq kimyosi ma\'ruza matni

Kesma raqami

Tuproqlar


Chuqurlik,
sm

Gumus,
%

Energiya zahirasi, mln.
kkalga

Balli


Sifati

1

Yangi o‘zlashtiril
gan, kuchsiz sho‘rlangan

0-29
29-44





0,609
0,540





123,31
49,01





14,30
4,70





past


2

Yangi o‘zlashtirilgan

0-38

38-43


0,850

0,740


225,52

51,66


37,00

70,40


o‘rtachadan past
past

3

Yangidan sug‘oriladigan

0-30
30-39

1,451
1,224

303,9
26,91

85,0
18,0

eng past
past

4



Eskidan
sug‘oriladigan

0-30
30-40

0,909
0,942

188,52
131,54

40,1
23,9

o‘rtacha
o‘rtachadan past

Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, bu usulda tuproqlarni baholash tuproq namunasi olingan qalinlikka, so‘ng gumus miqdoriga va sifatiga bog‘liq. Shuning uchun ham bu usul qo‘llanilganda tuproq namunasini olish qalinligi bir xilda saqlanishi katta ahamiyatga ega.


Energiya zahirasi ko‘p bo‘lgan tuproqlarni saxiylik darajasi kam yuqori, ya’ni haydov qatlamlarini solishtiradigan bo‘lsak, eng ko‘p energiya zahirasi yangidan sug‘oriladigan yerlarga to‘g‘ri keladi. Shu bois ular eng yaxshi sifatli bo‘lib, 85 ball bilan baholanadi. Kutilganidek eng past ballar yangi o‘zlashtirilgan tuproqlarga muvofiq keladi.
Bu o‘rinda haydov osti qatlamlariga va eskidan sug‘oriladigan yerlarga e’tibor bersak, energiya zahiralarining nisbiy kamayishi kuzatiladi. Ya’ni eskidan sug‘oriladigan tuproqlarda yangidan sug‘oriladiganlariga nisbatan energiya zahirasi kamaygan.
Eskidan sug‘oriladigan tuproqlarda gumus miqdorini yangidan sug‘oriladigan tuproqlarga nisbatan kamayish sabablari ko‘p. Ulardan biri nisbatan uzoq vaqt dehqonchilik davom etgan (50 yildan ko‘p) yerlarda qishloq xo‘jaligi ekinlari, masalan, g‘o‘za o‘sishi va rivojlanishi davomida yetishmagan energiyani gumusni mineralizatsiyasi natijasida hosil bo‘lgan energiya bilan qoplaydi.
Ayni vaqtda tuproqda gumus zahirasi va energiyasi kamayadi. Haydov osti qatlamiga kelsak, o‘rganilgan tuproqlardagi ball bonitetlari past, o‘rtachadan ham pastga to‘g‘ri keladi. Bundan sug‘oriladigan yerlar unumdorligini oshirishda, albatta haydov osti qatlamiga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish lozim degan xulosaga kelish mumkin. Sabab ko‘pchilik qishloq xo‘jalik ekinlari ildiz massasining bir qismi shu chuqurliklarga to‘g‘ri keladi. Demak, bu qatlamlarda o‘simlik uchun energiya yetishmasligi kuzatiladi. Bu borada muammolar ko‘p bo‘lib, ulardan biri o‘simliklarning turlari bo‘yicha ozuqa elementlarini olishda sarflanadigan energiya turlari va miqdorini aniqlash, tuproq unumdorligining barcha kattaliklarini energetik nuqtayi nazaridan baholash, modellashtirish katta ilmiy-amaliy ahamiyat kasb yetadi.
Issiq bo‘lishiga sabablar ko‘p. Ulardan biri, bunday tuproqlar tarkibida metanning oksidlanishidir.
.
Bu yagona yo‘l emas, bunday jarayonlar ko‘p bo‘ladi. Bulardan tashqari oksidlanish-qaytarilish jarayoni natijasida ham issiqlik ajralib chiqadi.
Organik moddalar oksidlanishida ajralib chiqadigan energiya miqdorini to‘la bo‘lmasada hisoblash mumkin.

Bunda C, H, O, N lar modda tarkibidagi elementlarning miqdorlari.
Tuproqni tashkil etuvchi minerallar, tog‘ jinslari odatda bizning sharoitimizda uning qattiq qismini 96-98% ni tashkil qiladi. Tuproqning bu qismidagi energiya uning, ya’ni shu minerallar va tog‘ jinslarining tarkibi va tuzilishiga, hamda undagi turli fizik, kimyoviy, oksidlanish va qaytarilish jarayonlariga bog‘liq bo‘ladi.
Tuproqning bu qismidagi energiyaning katta miqdorini mineral uglerod, ya’ni karbonatlar tarkibidagi uglerod, radioaktiv elementlar energiyalari tashkil qiladi.
Radioaktiv energiyalar va ulardan chiqadigan energiya hisobidan bo‘ladigan tuproqdagi o‘zgarishlar muhim muammo bo‘lib, o‘z yechimini kutmoqda. Bunda radioaktiv tana ta’siridagi tuproq va boshqa jinslar, organizmlar tanalari harorati, energiyasi o‘zgarishi, kimyoviy tarkibining o‘zgarishi katta ilmiy, amaliy ahamiyat kasb yetadi. Radioaktiv elementlar yer tarixida katta miqdorda energiyani vujudga keltirgan. Masalan, hozirgi kunda toriy 20-27∙1016, kaliy 0,9∙1016, uran 21,26∙1016 kkal energiyani hosil qilmoqda.
Tuproqdagi bu elementlar miqdori, ularning energiya zahiralari, sarfi, tiklanishi va boshqalar ham katta ilmiy muammolar qatorida turadi. Tuproqning navbatdagi energiya manbayi bu atmosfera va tuproq havosi (gazi) hisoblanadi.
Yer atmosferasida kattagina miqdorda radioaktiv uglerod hosil bo‘ladi,
ya’ni
Bu uglerodning yarim parchalanish davri 5760 yil. Hosil bo‘lgan uglerod faol shu bois atmosferada C+O2 = CO2 jarayonida ishtirok yetadi. Hosil bo‘lgan CO2 nisbatan og‘ir va zaruriy gaz bo‘lib, assimiliyatsiya jarayonida o‘simlik tanasiga kiradi va u orqali landshaftni barcha bloklarida taqsimlanadi.
Bir qism CO2 to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuproqning g‘ovaklariga kirib boradi va uning gaz qismi ma’lum miqdorini (0,1-10%) tashkil qiladi. Bulardan tashqari, o‘simliklar va tuproqdagi organizmlar nafas olish jarayonlarida ildiz atrofida CO2 hosil bo‘ladi.
Shu tariqa tuproqda uglerod to‘planadi, lekin u doimo kichik biologik, katta geologik modda aylanishi qonunlariga muvofiq holda harakatda bo‘ladi va muvozanatda turadi. Radioaktiv uglerod, faol element tariqasida kimyoviy, biokimyoviy reaksiyalar uchun manba tariqasida, oksidlanish va qaytarilish jarayonlarida energiya manbayi rolini o‘ynaydi.
Yana bir jarayonga, tritiyning hosil bo‘lishiga e’tibor beraylik, bu nazariy jihatdan azot yadrosini kosmik nurlar bilan ta’sirlangan neytronlarning o‘zaro ta’siri natijasida hosil bo‘ladi.
Ya’ni
O‘z navbatida hosil bo‘lgan vodorod turli yo‘llar bilan jumladan og‘ir suv tariqasida o‘simlik, hayvonot dunyosi orqali, yog‘inlar orqali tuproqqa tushadi, to‘planadi va muvozanatda bo‘ladi, energiya manbayi rolini bajaradi. Uglerod esa bizga tanish bo‘lgan zanjirlar orqali harakatda bo‘ladi.
Xullas tuproqdagi radiaktiv elementlar litogen, atmogen, biogen, gidrogen negizli bo‘lishi mumkin.
Tuproq suvi energiyasi ham murakkab jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Tuproq suvi ayni vaqtda tuproq suyuq fazasini tashkil qiladi. U murakkab kimyoviy tarkibga ega bo‘lib, unda har xil jarayonlar hukm suradi.
Tuproq suvining manbalari ham bir xil emas. Shu bois har xil tuproqlarda sharoitga qarab xilma- xil tarkibli suv hosil bo‘ladi. Bu suvlar ham o‘z navbatida har xil miqdor va sifatli energiyaga ega bo‘ladi. Masalan, yog‘inlar tarkibida CO2 tuproqqa tushadi yoki ma’lum miqdorda eriydi. Bu jarayon sodda, ya’ni
H2O + CO2  H2CO3 tarzda ifodalanadi
Bunda hosil bo‘lgan H2CO3 tuproq suvi tarkibida bo‘lib, o‘z navbatida uni minerallariga ta’sir qiladi, ya’ni karbonatlarni eritadi.
CaCO3 + H2CO3 = Ca(HCO3) 2
Bu jarayon tuproq harorati va havo bosimiga bog‘liq ravishda o‘tadi. Bu jarayonda energiya manbayi deb uglerodni qaraydigan bo‘lsak, ko‘rinib turibdiki, u tuproq toshko‘mirga boyidi. Demak energiyani akkumulyatsiya qiladi.
Tuproq suvini CO2 ga boyitish manbalaridan yana biri bu o‘simliklar va hayvonot dunyosi qoldig‘i hamda ildizdan chiqadigan gazlar hisoblanadi.
Shu tariqa tuproq xilma-xil energiya turlariga boyiydi.



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling