Tuproq kimyosi
Tuproqda aminokislotalar miqdori, mkmol1 g
Download 0.64 Mb.
|
Tuproq kimyosi ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tipik bo‘z tuproq
- Jami: 600-000 450-500 650-880
- Gk larining kaliy permanganat ta’sirida oksidlanishi
- Voha o‘tloqi saz tuproqlarining potensial energiyasi va sifati
Tuproqda aminokislotalar miqdori, mkmol1 g.
Ko‘rinib turibdiki, aminoktslotalarning umumiy miqdori 1 g tuproq uchun 500-800 mk/mol ni tashkil yetadi. Bu aminokislotalarning tarkibi, soni o‘simliklar va mikroorganizmlarnikiga yaqin yoki bir xil. Bu o‘z navbatida gumus moddalarining sintezida yirik molekulali aminokislotalar qatnashishidan dalolat beradi. Gumus kislotalarining yon zanjirlaridagi aminokislotalarning o‘simlik aminokislotalariga o‘xshashligi boisi bu aminokislotalar hosil bo‘lish jarayonida atrof muhit bilan yaqindan aloqada bo‘ladi. Bunda mikroorganizmlar oxirgi rol o‘ynamaydi, shu bois GK larning aminokislota tarkibi mikroorganizmlarning plazma tarkibidagi aminokislota tarkibiga yaqin. GK va FK larning aminokislotalari odatda 4 guruhga birlashtiriladi: nordon, qutblanmagan neytral, neytral qutbli, asosli. Gidroliz natijasida ajralib chiqadigan monosaxaridlar 10-15% ni tashkil qiladi. Gumus kislotalarida geksozlar bilan pentozlarni gidroliz natijasida ajralib chiqadigan miqdori deyarli bir xil. Har xil tuproqlarning gumin kislotalari glyukoza, galaktoza, manxoza, arabinoza, ksiloza, riboza, fukoza, ramnoza kabi monosaxaridlar qoldiqlariga egadirlar. Gk larining kaliy permanganat ta’sirida oksidlanishiGumin kislotasining oksidlanishi murakkab kimyoviy jarayon bo‘lib, u amalda quyidagicha tasvirlanadi. GK + KMnO4 CO2 + H2O + CH3COOH + HOOC – COOH + BPK. Reaksiya natijasida gaz, suv, sirka va oksalat, benzopolikarbon (BPK) kislotalari hosil bo‘ladi. Bunda hosil bo‘lgan oksalat kislotasining miqdorini quyidagicha aniqlash mumkin. GK +KMnO4 + 3H2SO4 K2SO4 + 2MnSO4 + 10CO2 + 8H2O Gidroliz natijasida yana trimetilig kislota, trimezin kislota, 1,2,3,5 benzol tetrakarbon kislota, 3,4 – piridindikarbon kislota, mellit kislota, lignin va boshqalar hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan Ligninning parchalanishi Flyayg bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, ferul, sinap, n-kumar kislotalari, bularning oksidlanishidan esa Vanilin, Siren, n-oksibenzoy, metoksibenzoxinon, gidroksibenzoxinon, benzoxinonlar hosil bo‘ladi. Bulardan tashqari, GK gidrolizida oz miqdorda alkanlar, yog‘ kislotalari va boshqa ba’zi bir moddalar hosil bo‘ladi. Umuman olganda FK lar gidrolizining natijasi 60-70 % miqdorda har xil moddalarga to‘g‘ri keladi. GK larniki esa GK og‘irligini 65-70 % gacha bo‘ladi. Gidroliz natijasida olingan moddalar massalari bo‘yicha hech qachon gidrolizdan oldingi massacha, ya’ni 100 % bo‘lmaydi. Shu bois FK, GK lar uchun olingan natija haqiqatga nisbatan yaqin bo‘ladi. Agar organik moddalar va gumusning tez-tez oksidlanish va qaytarilish jarayonida qatnashishini e’tiborga olsak, bunda hosil bo‘ladigan energiya boshqalarga nisbatan yaqinroq bo‘ladi. Organo-mineral birikmalar va mineral birikmalarning bu jarayondagi ishtiroki nisbatan sekinroq va qiyinroq kechadi. Shu bois bularning energiyasi keyingi zahira turlari qatorida turadi. Bunday deyishimizga sabab bu birikmalar tarkibidagi uglerod sharoitga bog‘liq ravishda oksidlanib-qaytarilib turadi. Chunonchi gumus hosil bo‘lishida, uning mineralizatsiyasida har xil miqdorda energiya ajralib chiqadi. Masalan: ya’ni bu jarayonda CO va 26,4 kkal energiya hosil bo‘ladi, lekin CO tezda CO2 ga aylanadi. Ya’ni energiya hosil bo‘ladi. Bu jarayonni soddalashtiradigan bo‘lsak, tuproqdagi organik uglerod oksidlanishi CO bilan bir qatorda 94 kkal energiya hosil bo‘ladi. Demak 1 atom yoki 12 g uglerod 32 g. 1 molekula kislorod ishtirokida oksidlanganda 94 kkal energiya hosil bo‘ladi. Bu energiya tuproq, o‘simlik , organizmlarning harakati va holatini saqlash uchun sarf bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich har xil tuproqlarda organik va mineral uglerod miqdorlariga bog‘liq ravishda turlicha bo‘ladi. Botqoq-o‘tloq, o‘tloq-botqoq tuproqlari potensial unumdorlik jihatidan boshqalarga nisbatan yuqori turadi. Sabab bu tuproqlarda gumus miqdori nisbatan ko‘proq bo‘lishi bilan birga ular issiqlik ham bo‘ladi. Gumus energiyasini aniqlash yo‘llari esa D.S.Orlov va E.A.Grishinalar tomonidan ishlangan. Shuni ham aytish joizki, gumus energiyasiga potensial energiya deb qarash mumkin bo‘lib, u ko‘pchiliki jarayonlar: gumusni mineralizatsiyasi jarayonida, oraliq moddalarni parchalanishida va boshqa hollarda ajralib chiqadi. Tuproqdagi kimyoviy, fizik-kimyoviy jarayonlarga va o‘simliklar ozuqalanishida sarf bo‘ladi. Shu yo‘llar orqali tuproqning unumdorligiga, saxiyligiga ta’sir ko‘rsatadi. Misol tariqasida o‘tloqi saz tuproqlarning boniteti ballari va sifatini tuproqlardagi gumus energiya zahirasi hamda tuproq sifati kabi ko‘rsatkichlardan foydalangan holda, etalon, ya’ni qora tuproqlardigi energiya zahirasidan (465,9 mln.kkalga) kelib chiqib quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin. Bunda: – gumus zahira energiyasiga asoslangan bonitet balli. Эt – o‘rganilayotgan tuproqdagi gumusning zahira energiyasi, mln, kkal/ga. Э - etalon tuproq (qora tuproq) gumusi energiyasi zahirasi, mln, kkal/ga. G- o‘rganilayotgan tuproqdagi gumus miqdori, foizlarda B-mintaqadagi shu tuproq tipiga mansub eng yuqori bonitet balli. 38-jadval Voha o‘tloqi saz tuproqlarining potensial energiyasi va sifati
Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling