Tuproq kimyosi


Azot guruhlarining miqdori, kg/ga


Download 0.64 Mb.
bet28/57
Sana10.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1257252
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   57
Bog'liq
Tuproq kimyosi ma\'ruza matni

Azot guruhlarining miqdori, kg/ga



Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, har xil ekologik sharoitdagi tuproq bo‘lishidan qat’iy nazar ularning hammasida ham gidrolizlanmaydigan azot miqdori boshqa guruhlardan ko‘p.
Bu qora va bo‘z tuproqlarda yalpi 40-45 % ni tashkil qiladi. Bu hodisa tuproqlardagi biologik faollikning yuqori ekanligi bilan tushuntiriladi.
40-jadval.
Gumus moddalari guruhlaridagi azot, kg/ga.

Tuproqlar

Yalpi
N

FK
N

GK
N

Gumin
N

Dekaltsinat
N

Xususiy bo‘lmagan
N

Chimli podzol

3560

620

341

1627

168

441



Tipik qora

9890

864

1720

5158

309

868



Bo‘z

3420

326

348

1824

355

192

Azot manbai rolini gumus kislotalari va gumin bajaradi. Bo‘z tuproqda GK azoti bilan FK azoti miqdor jihatdan deyarli bir xil, boshqa tuproqlarda esa bu ko‘rsatkich keskin farq qiladi.
Tuproqda azotning to‘la transformatsiyasi murakkab bo‘lib, u quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
1.Turganka bakteriyalar yordamida atmosfera azotning fiksatsiyasi.
2.Azot saqlaydigan organik qoldiqlarning gumus kislotalariga aylanishi.
3.Azotli organik moddalar ammonifikatsiyasi.
4.Nitrifikatsiya jarayonlari.
5.Denitrifikatsiya.
6.Ammoniyni gilli minerallar tomonidan fiksatsiyasi.
7.Azotli birikmalarining yuvilishi.
Ammoniyning gilli minerallar tomonidan fiksatsiyasi 3 qavatli minerallarning tuproqdagi miqdori bilan belgilanadi. Bu ish montmorillonit, illit, vermikulit kabi minerallar va tuproqdagi TSK orqali bajariladi.
Minerallar kristal panjarasiga kirgan NH4 fiksatsiyalangan bo‘lib, uni almashinishi qiyin, demak o‘simlik undan deyarli foydalana olmaydi. TSK da bu fiksatsiya ko‘rinish jihatidan nisbatan sodda bo‘ladi.

Bu jarayonga ammoniyni TSK orqali fiksatsiya deyish mumkin.
Lekin NH4 hamma vaqt ham osongina boshqa kationga almashinavermaydi.
GK lar yordamida fiksatsiyalangan, NH4 nisbatan harakatchan bo‘lib uni quyidagicha tasavvur qilish mumkin.
GK-COOH + NH4OH  GK-COONH4 + H2O
Shunday qilib azotning tuproqdagi harakatchan yo‘nalishlari zanjiri murakkab bo‘lib, qator reaksiyalarni qamrab oladi.
Tuproqqa azot atmosfera yog‘inlari bilan tushadi, bunda yog‘in yordamida havodagi NH3 va NO3 lar yuvilib landshaftga tushadi.
Tuproq azotining yana bir manbayi erkin yashovchi mikroorganizmlar va tugunak bakteriyalari tomonidan azotning fiksatsiya qilinishi hisoblanadi.
Organik moddalarning, ya’ni o‘simlik va hayvonot dunyosining mineralizatsiyasi jarayonida ham tuproqda azotning turli shakllari to‘planadi.
Hozirgi davrda azotning bu manbalaridan tashqari yana bir kuchli texnogen manbasini alohida e’tiborga olish maqsadga muvofiq. Bunda o‘g‘it tariqasida tuproqqa solingan azot va chirindilar tariqasida tushgan azotning ahamiyati katta.
Bu yo‘llar bilan yerga, tuproqqa tushgan azotning bir qismi, ya’ni NH4+ har xil tuproq, tuproq-o‘simlik, tuproq-havo, tuproq-mikroorganizm, tuproq-suv jarayonlarida qatnashadi. Organik azot biokimyoviy jarayonida qatnashib gumifikatsiya va ammonifikatsiyaga uchraydi. Nitrat ioni holatida tuproqqa tushgan azot esa yuviladi, o‘simlik tomonidan faol yutiladi, denitrifikatsiyaga uchraydi va shu bilan azotning biogekimyoviy zanjirini yopadi.



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling