Tuproq kimyosi
Sulfatlar sinfiga kiruvchi minerallar
Download 0.64 Mb.
|
Tuproq kimyosi ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproqlarda oltingugurtning miqdori. %
- Organik oltingugurt yalpiga nisbatan
44-jadval
Sulfatlar sinfiga kiruvchi minerallar
R.X.Aydanyan ma’lumotlariga ko‘ra, S ko‘pchilik tuproqlarning 0-20 sm qatlamida quyidagi miqdorlarda tarqalgan: 45-jadval Tuproqlarda oltingugurtning miqdori. %
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, bu sho‘r bo‘lmagan tuproqlar tarkibida yalpi S miqdori uncha ko‘p emas, 0,028 dan 0,05 % gacha bo‘lib, eng ko‘p miqdori qora tuproqlarga to‘g‘ri keladi. Organik tuproq hisoblangan torfli tuproqlarda 0,36 % tashkil qiladi. Bu tuproqlarda mineral formadagi oltingugurt uning yalpi miqdorining 14-25 % ni tashkil qiladi, qolganlari esa organik oltingugurtga to‘g‘ri keladi. Oltingugurtning tuproqdagi formalari va roli oltingugurtli ozuqalar, ya’ni mineral o‘g‘itlar kam o‘rganilgan bo‘lib, bu sohadagi ma’lumotlar juda oz. O‘zbekiston sug‘oriladigan yerlarining 50 % ga yaqin miqdori sho‘rlangan. Bu tuproqlarda yuqoridagi jadvalga teskari miqdorda oltingugurt 70-80% ga yaqin. Uning organik miqdori esa ancha kam. Sho‘r tuproqlarda oltingugurt miqdori ko‘p bo‘lib, u Ca, Mg, Na, Fe kabi kationlar bilan birikkan. Ayniqsa Na2SO4 tuzi sho‘r tuproqlarimizda umumiy tuzlar miqdorining 60-70 % ini tashkil qiladi. Shuni alohida qayd qilish kerakki, gipsli, arzikli maxsus tuproq guruhlarida SO4 miqdori Ca, Mg bilan birikkan holda, ya’ni gips, epsonit formalarida alohida qatlamlarda 40-50 % gacha yetadi. Shu boisdan, ya’ni mineral formadagi S ning ko‘pligidan bo‘lsa kerak. Arid o‘lkalarida S ni o‘g‘it tariqasida o‘rganishga e’tibor deyarli yo‘q. O‘simliklar esa S ni tuproqdan SO4-2 holda, atmosferadan esa SO2 holda singdiradi. F.Piraxunova (1999) ma’lumotlariga ko‘ra uchlamchi davr qizg‘ish yotqiziqlar ustida shakllangan va eroziyaga uchragan tipik bo‘z tuproqlarda yerga solingan, oltingugurt eroziyaga uchramagan tuproqlarda eroziyalangan tuproqqa nisbatan ko‘p o‘zlashtirilganligi aniqlandi. S-asosan o‘simlik bargida, mevasida, ko‘p bo‘lib, oqsil moddalari tarkibiga kiradi. O‘simlik tarkibidagi moddalar almashinishida esa SO4-2, SO2 lar qaytariladi va organik birikmalar hosil qilishda qatnashdi. Oltingugurt o‘simlik oqsilining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Vestarman ma’lumotlariga ko‘ra, beda S ga juda sezgir o‘simliklardan bo‘lib, uning hosildorligi o‘zining tarkibidagi (qo’riq massasiga nisbatan) S ni miqdori 0,25-0,20 % bo‘lganda eng yuqori darajalarga yetadi. Tomas, Xendrik ma’lumotlariga ko‘ra, organik moddalarni sintezida qatnashmagan S o‘simlikda sulfatlar tariqasida to‘planishi mumkin. Bularning ma’lumotlariga ko‘ra organik oltingugurt o‘simlik bargida 0,2-0,4 % gacha bo‘lib, mineral formadagi miqdorlari esa har xil bo‘lishi mumkin. Har xil o‘simliklar tarkibida ularning hosildorlik darajasiga qarab oltingugurt miqdori, aynan shu o‘simlikdagi fosfordan ham ko‘p va oz bo‘ladi. Demak, o‘simlikdagi oltingugurtga bo‘lgan ehtiyojdan ham ayrim hollarda ortadi. Bu kabi ma’lumotlarni quyidagi jadvaldan ko‘rishimiz mumkin. 46-jadval. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling