Tuproq kimyosi
O‘simliklarda oltingugurt va fosfor miqdori, kg/ga
Download 0.64 Mb.
|
Tuproq kimyosi ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oltingugurt Fosfor
O‘simliklarda oltingugurt va fosfor miqdori, kg/ga.
O‘simliklarning azotga bo‘lgan talabchanligi bu elementlarga, ya’ni S va P ga nisbatan 4-10 barobar yuqori. O‘simlik tanasida S yetishmasa oqsillarning sintezi kamayadi. Bunga sabab aminokislota uchun S zaruriy komponent hisoblanadi. Bundan tashqari, S fermentlar tarkibiga kiradi. Fermentlarning yetishmasiligi o‘z navbatida barcha aminokislotlarning sintezini susaytiradi. Fermentlar biokatalizator rolini bajaradi. Shu boisdan bo‘lsa kerak, S tuproqda yetishmagan taqdirda o‘simliklar tanasida mineral azot ko‘p to‘planadi. Oltingugurt yetarli bo‘lganda, beda va boshqa ozuqabop ekinlarni hosili oltingugurt yetishmagan holdagiga nisbatan 2-3 barobariga ko‘payadi. Odatdagi hollarda S o‘g‘it tariqasida ishlatilmaydi. Aniqrog‘i ishlatilmagan. Bunga sabab ko‘pchilik o‘g‘itlar tarkibida S mavjud, ammoniy sulfatda 24%, superfosfatda 11%, kaliy sulfatda 18%. Bu o‘g‘itlar aslida NPK lar uchun qimmatli hisoblanadi. Yerga o‘g‘itlar solinganda ham S tuproqqa tushadi va uning yetishmasligi bartaraf etiladi. Mineral va organik birikmalardan ko‘p miqdorda foydalanish hisobiga yuqori hosillar olinadi. Natijada bu maydonlarda keyinchalik S ning yetishmasligi kuzatilishi mumkin. Bunday hodisa ko‘proq gumid o‘lkalaridagi tuproqlar uchun xos. Bunday hollarda oltingugurtni yerga solish tavsiya etiladi. Yerga solingan S qanday shaklda bo‘lsa ham ma’lum darajada o‘zgarishlarga uchraydi. Bunga sabab oltingugurt mineralizatsiya, imobilizatsiya, oksidlanish qaytarish jarayonlarda qatnashadi. S ni mineralizatsiya deganda uni organik formadan mineral formaga, ya’ni sulfatlarga va H2S, SO2 ga aylanishi tushuniladi. Mineralizatsiyada tuproqlarda mikroorganizmlar uchun optimal sharoitda yaxshi va tez o‘tadi. Mineralizatsiya tezligi tuproq xossalari va undan foydalanish jarayondagi organik modda miqdoriga bog‘liq. Mikroorganizmlar faoliyati natijasida S ni anorganik birikmalarining organik birikmalarga aylanishiga immobilizatsiya deyiladi. Immobilizatsiya jarayoni mobilizatsiya teskarisi demakdir. Bu jarayonda, ya’ni immobilizatsiyada tuproqdagi sulfatlar organik birikmalar tarkibiga kirib S li amminokilotalar shakliga yoki boshqa bir murakkab formaga o‘tadi. S uchun oksidlanish va qaytarilish jarayoni juda muhim hisoblanadi. S ning tuproqda oksidlanishi va qaytarilishi kimyoviy, biokimyoviy jarayon hisoblanadi. Tuproqda S ning oksidlanish jarayoni ma’lum ketma-ketlikka bo‘ysunadi. Hatto havodagi kislorod ta’siridayoq S oksidlana boshlaydi, ya’ni u yerda sulfatlarni hosil qiladi. Bu jarayonni sxematik tarzda quyidagicha tasvirlash mumkin. So - SO2 - S2O3 - SO3 - SO4-2 Tuproq tarkibida erkin oltingugurtni uchratish mumkin bo‘lib, bunday S vaqtincha, ya’ni oksidlanish-qaytarilish jarayonidagi oraliq mahsulot bo‘ladi. Tabiatda sulfidlarning oksidlanishidan sulfatlar, sulfit kislota hosil bo‘ladi. Bu jarayonlar temir kolchedani misolida quyidagicha kechadi. 2FeS2 + 2H2O + 7O2 2FeSO4 + 2H2SO4 Maxsus bakteriyalar yordamida hosil bo‘lgan FeSO4 osongina Fe2(SO4)3 ga aylanadi. 4FeSO4 + O2 + 2H2SO4 Fe2(SO4)3 + 2H2SO4 Ko‘p hollarda ko‘mir va boshqa foydali qazilma boyliklarini ishlab chiqarishda temir kolchedani tuproqda to‘planadi. Uning oksidlanishi natijasida sulfat kislota hosil bo‘ladi. Shuning uchun ham piritli chiqindilar, qazilma boyliklar chiqindilari aralashgan tuproqlarni maydalashtirish qiyin kechadi. Bunday yerlar, ya’ni piritga boy bo‘lgan maydonlar ko‘mir qazib olinadigan, temir olinadigan qazilma konlar atrofida minglab gektar maydonni tashkil qiladi. Bunday maydonni madaniylashtirishda tekislash va boshqa ishlar bilan birga ularga ximmeliorantlar, ayniqsa CaSO3 solish zaruriyati tug‘ildi.Ximmelioratsiyada hosil bo‘lgan sulfat kislota CaCO3 bilan neytrallanadi. Bu jarayon oddiy kechadi, ya’ni CaCO3 + H2SO4 CaSO4 + H2O + CO2 Hosil bo‘lgan tuz gips tariqasida (CaSO4*2H2O) cho‘kib qoladi, CO2- esa o‘simlik uchun zarur birikma bo‘lib, uni o‘simlik olishi mumkin yoki atmosferaga chiqib ketadi. Bu borada shuni ham unutmaslik kerakki, sulfatlar anaerob sharoitda turg‘un emas, ayniqsa anaerob holatda, organik modda yetarli bo‘lsa, ular tezda sulfidlar, hatto erkin S gacha qaytarilishi mumkin. Anaerob bakteriyalar bu jarayonda ishqorlarni ham hosil qiladi. Bu jarayon sxematik tarzda quyidagicha boradi. Na2SO4 – Fe(OH)2 –H2S – FeS – 2NaOH – 5H2O Bu reaktsiyada qatnashayotgan vodorod organik moddalardan olinadi. Qiziqarlisi bu jarayonda hosil bo‘lgan ishqordan esa tezda soda hosil bo‘ladi. NaOH + CO2 NaHCO3 Bu jarayonlar orqali sodali sho‘r tuproqlar va sho‘rtoblar hosil bo‘lishi mumkin. Anaerob sharoitdagi illarda sulfatlardan qator yangi-yangi birikmalar, hatto fiziologik aktiv moddalar, davolovchi loyqalar ham hosil bo‘lishi mumkin. Bu zanjir murakkab bo‘lib, oltingugurtning tabiatda aylanishi va sikllariga bog‘liq. Bu jarayon maxsus tizimga ega bo‘lib, uni soddalashtirgan ko‘rinishda quyidagicha tasvirlash mumkin. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling