Tuproqshunoslik va agrokimyo
Download 1.51 Mb.
|
Tuproqshunoslik uslubiy qo\'llanma.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproqlar mexanik elementlarining yirikligiga ko’ra kilassifikatsiyasi
5- laboratoriya ishi.
Tuproqning mexanik tarkibini aniqlash usullari: 1). Quruq va loyli xalqacha yasash; 2) Pipetka usulida aniqlash Maqsad: Xar xil o’lchamdagi zarralar miqdorini aniqlashni va tuproqning mexanik tarkibi bo’yicha nomlanishini o’rganadi. Tuproqning qattiq qismi turli o’lchamlardagi zarralardan tashkil topkan bo’lib, yirik zarralarning o’lchami 1 mm dan katta, eng mayda kolloyid zarralarniki esa 0,0001 mm dan kichikdir. Tuproqning fizik, fizik –mexanik, ayniqsa fizik – kimyoviy va kimyoviy xossalari tuproqning anashu qattiq qismi bilan bevosita bog’liq. SHu sababli tuproq xossalarini bilib olishdagi muxim vazifa uning mexanik elementlar deb ataluvchi turli kata-kichiklikdagi zarralarning o’lchamlari va miqdorini aniqlashdan iborat. Tuproqning mexanik tarkibi diyilganda undagi xar xil o’lchamli zarralarning nisbiy yokiy foyiz miqdori tushiniladi. Tuproqning mexanik elementlari balan tuproq uvoqlari yoki struktura agregatlarini bir –biridan farq qila bilash kerak. Struktura agregatlari odatda turli moddalar vositasida o’zaro yopishgan mexanik elementlardan iborat bo’ladi. SHu sababli tuproqni mexanik tarkibini aniqlashga tayyorlayotgan agregatlarini aloxida mexanik elementlariga qadab parchalash uchun unga tegishlicha usulda ishlov beriladi. Tuproqni mexanik tarkibini labaratoriyada analiz qilishning keng tarqalgan usuli pipetka usulidir. Mazkur usulning moxiyati zarralarining suyuqlikda tushish tezliklari bilan ular o’lchamlari o’rtasidagi bog’liqlika asoslangan, ya’ni zarralarning tushish tezligi ularning diametriga to’g’ri mutanosibdir. Agra silindirga solingan tuproq suspenziyasi (bo’tanasi) aralashtirilib, so’ngra tindirilsa suv ustunidagi tuproq zarrachalari o’lchamlariga muvofiq ravishda taqsimlanadi: maydaroq zarrachalar loyqalangan xolatda uzoq vaqit saqlanadi, yiriklari esa idish tubiga cho’kadi. Xar xil o’lchamli zarralarni tushish tezligi Stoks formilasi yordamida xisoblab topiladi. Tuproqlar mexanik elementlarining yirikligiga ko’ra kilassifikatsiyasi
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling