Namunalarni olish muddatlari va pipetkani suspenziyaga botirish chuqurligi
Namuna sinalg’ich
|
Zarralar diametri
|
Pipetkani suspenziyaga botirish chuqurligi, sm
|
Suspenziyaning temperaturasi va tindirish vaqti
|
100S
|
150S
|
200S
|
300S
|
1
|
<0,05
|
25
|
149 sek.
|
130 sek.
|
115 sek.
|
92 sek.
|
2
|
<0,01
|
10
|
24 min.
52 sek.
|
21 min.
45 sek.
|
19 min.
14 sek.
|
15 min.
17 sek.
|
3
|
<0,005
|
10
|
1 soat.
39 min.
27 sek.
|
1 soat.
26 min.
59 sek.
|
1 soat.
16 min.
55 sek.
|
1 soat.
0,1 min.
10 sek.
|
4
|
<0,001
|
7
|
29 soat
00 min.
|
25 soat
22 min.
|
22 soat
26 min.
|
15 soat
50 min.
|
Kerakli reaktiv va asboblar: Tuproqnamunasi, elaklar to’plami, texnik tarozi, chinni xovoncha 1 lli silindir, pipetka, Rezina parrrak, natriy pirofosfatining 4 % li eritmasi, stakanchalar, termostat, chinni pyolacha.
N A Z O R A T S A V O L L A R I.
1. Tuproqning mexanik elementi deganda nimani tushunasiz?
2. Tuproqning mexanik tarkibini aniqlashning qanday metodlari bor ularni tushuntiring?
3. Tuproqning mexanik analiz qilish necha qismdan iborat ularni izoxlang?
4. Tuproqni mexanik analizga tayyorlashni qisqacha izoxlang?
5. Tuproqning mexanik tarkibi bo’yicha qanday klassifikatsiyalarga ajratilgan?
6 -laboratoriya ishi
Suvli so’rim analizi. Suvli so’rim analizi natijalarini taxlil qilish.
Maqsad: Tuproq tarkibidagi umumiy tuproq tarkibidagi suvda oson eriydigan va o’simliklar uchun zararli bo’lang tuzlarning miqdorlarini aniqlab tuproqlarni qay darajada sho’rlanganligini o’rganishadi.
Suvli so’rim tayyorlash va sifat analizi.
1 ml li elakchadan o’tkazilgan tuproqdan analitik tarozida 50 g o’lchabolib, 500 ml shisha idishga solinadi va ustiga 250 ml (tuproqqa nisbatan 5 marta ko’p) distillangan suv quyiladi. Idishning og’zi shisha yoki rezina probka bilan berkitiladi va 5 minut yaxshilab chayqatiladi.So’ngra u qalin burma filtr orqali ikkinchi kolbaga suziladi.Bu suzib olingan eritma suvli so’rim deyiladi. Suzib olingan so’rim tinik va toza bo’lishi kerak. Agar so’rim loyqa yoki xira bo’lsa, u yana filtirlanadi.So’rim tuproqning serchirindili qatlamidan tayyorlangan bo’lsa,och sariq rangda bo’lishi mumkin.
Suvli so’rimning ximiyaviy tarkibida o’simlik xayoti uchun zararli birikmalar bor-yo’qligi sifat analizi bilan aniqlanadi. Ammo xar qaysi birikmaning tuproqa nisbatan necha foizini tashkil etishi miqdoriy analiz yordamida aniqlanadi.
Odatda suvli so’rim tayyorlangandan keyin, uning tarkibida xlorid,sulfat singari tuzlar borligini va so’rim reaktsiyasi uchun sifat analizi o’tkazish bilan aniqlanib, so’ngra miqdoriy analizga o’tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |