Turar joy binolari


Download 392.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/25
Sana02.05.2023
Hajmi392.06 Kb.
#1421583
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
480-сон 15.10.2019. ShNQ 2.08.01-2019 “Turar joy binolari” shaharsozlik normalari va qoidalari

Aloqa va signalizatsiya
9.56. Turar joy binolari simli eshittirish (radiotranslatsiya) tarmoqlari, telefon va antennali
televideniye tarmoqlari bilan jihozlanishi kerak.
Qariyalar hamda nogironlar oilalari istiqomat qiladigan kvartiralarda, umumiy yotoqxona
binosidagi hojatxona, vanna-xona va boshqa sanitariya-gigiyena xonalaridan tashqari hamma
xonalarda, 10 qavatli va bundan baland turar joy binolari kvartiralarda yong‘in signalizatsiyasi va
yong‘in haqida xabar berish uskunalarini o‘rnatish ko‘zda tutilishi lozim.
Turar-joy binolari loyihalash topshirig‘ida ko‘zda tutilgan bo‘lsa, soatlashtirish, qo‘riqlash va
avtomatik yong‘in signalizatsiyasi tizimi bilan jihozlanishi mumkin.
9.57. Yong‘inga qarshi qurilmalarni avtomatik boshqarish temir shkaflarini birinchi qavatda
elektr shchit xonasida joylashtirish kerak.
9.58. Har bir uyda telefon apparati o‘rnatish, va axborot uzatish tizimiga ulanish uchun texnik
imkoniyatlar yaratishni ko‘zda tutish lozim.
9.59. Qariyalar hamda nogironlarga mo‘ljallangan uy-internatlarda xizmat ko‘rsatish
xodimlarini chaqirish uchun signalizatsiya tizimini ko‘zda tutish lozim.
9.60. Yaxshilangan va yuqori qulaylikka ega uch qavatli va undan balandroq uy-joy binolariga
domofonlar (qulflash-so‘zlashish qurilmalari) o‘rnatiladi.
9.61. Yaxshilangan va yuqori qulaylikka ega binolar qo‘riqlash signalizatsiyasi tizimi bilan
jihozlanadi.
9.62. 50 nafardan ko‘proq kishi yashaydigan umumiy yotoqxonalarga elektr soatli qurilmalar
o‘rnatish ko‘zda tutilishi lozim.
10. ENERGIYA TEJAMKORLIK VA ENERGIYA SAMARADORLIK
10.1. Bino shunday tarzda loyihalanishi va qurilishi kerakki, uni ekspluatatsiya qilishda,
xonalardagi mikroiqlim ko‘rsatkichlariga va boshqa yashash sharoitlariga o‘rnatilgan talablarni
ta’minlashda energetik resurslarning tejamli (samarali) sarflanishiga erishilsin.
10.2. Binoning energiya tejamkorligi va energiya samaradorligini ta’minlash uchun quyidagi
talablarga rioya qilish lozim:
to‘suvchi konstruksiyalarning issiqlik o‘tkazishga keltirilgan qarshiligi, havo o‘tkazuvchanligi va
issiqbardoshligi ShNQ 2.01.04 bilan o‘rnatilgandan past bo‘lmasligi kerak;
isitish, ventilatsiya, havoni konditsionerlash va issiq suv ta’minoti muhandislik tizimlari va
uskunasi energiya tejamkor, avtomatik va qo‘l bilan boshqarilishga ega, va ShNQ 2.04.05, ShNQ
2.04.16 talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
binoning muhandislik tizimlari, markazlashgan ta’minotda, issiqlik energiyasi, sovuq va issiq
suv, elektr energiyasi va gaz sarfini hisoblash asboblari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak;
isitish, ventilatsiya va konditsionerlashga nisbiy solishtirma energiya sarflari ShNQ 2.01.18 da
o‘rnatilgandan yuqori bo‘lmasligi kerak;
10.3. Binoning optimal texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga erishish va isitish va
konditsionerlashga nisbiy solishtirma energiya sarflarini qisqartirish maqsadida quyidagilarni
qo‘llash tavsiya etiladi:
qurilish hajmi birligiga to‘g‘ri keladigan tashqi to‘sish konstruksiyalarining mumkin bo‘lgan
eng kam yuzasiga ega binolarning eng ixcham hajmiy-tarhiy yechimini. Binolar ixchamligi yo‘l


qo‘yilgan darajada korpus kengligini oshirish va qavatlar sonini ko‘paytirish hisobiga, tabiiy yoritish
va shamollatish talablaridan kelib chiqib, xonalarni maqsadga muvofiq blokirovka qilish hisobiga
erishiladi;
bino va uning xonalarini sovuq shamol va quyosh radiatsiyasi oqimlarining afzalroq (eng ko‘p)
yo‘nalishlarini hisobga olib, qutb tomonlariga nisbatan yo‘naltirishni (oriyentatsiya);
yuqori FIK (KPD) ega, mos nomenklatura qatoriga tegishli samarali muhandislik uskunasi;
chiqib ketayotgan havo va oqova suvlarni utilizatsiya qilish (qayta qo‘llash), energiyaning
qayta tiklanuvchan manbalaridan (quyosh, shamol va b.) foydalanish.
10.4. Yangi qurilayotgan binolarni loyihalashtirishda ularning energiya samaradorligi va
seysmik xavfsizligini kompleks ta’minlash maqsadida to‘suvchi konstruksiyalar materiallarini ShNQ
2.01.03 va ShNQ 2.01.04 talablari va tavsiyalariga muvofiq, ular massasini anchaga kamaytirish,
qishda issiqlikni himoyalash va yozgi issiq sharoitda issiqlikka chidamlilik yuqori ko‘rsatkichlari
ta’minlanishini hisobga olib tanlash tavsiya etiladi.
10.5. Binoning energiya samaradorligini me’yoriy ko‘rsatkichlar bo‘yicha nazorat qilish
maqsadida o‘z ichiga binoning energetik pasportini olgan “Energiya samaradorlik” bo‘limini loyiha
hujjatlari tarkibiga kiritish kerak. “Energiya samaradorlik” bo‘limi ShNK 1.03.01 ga muvofiq ishlab
chiqiladi.
1-ILOVA

Download 392.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling