Turar joy binolari


Download 392.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/25
Sana02.05.2023
Hajmi392.06 Kb.
#1421583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
480-сон 15.10.2019. ShNQ 2.08.01-2019 “Turar joy binolari” shaharsozlik normalari va qoidalari

2. UMUMIY KO‘RSATMALAR
Sanitariya-gigiyena talablari, yoritilganlik, insolatsiya va shamollatish.
2.1. Turar-joy binolari qurish va rekonstruksiyalash qilishga ruxsat asosida loyihalash va qurilish
qoidalarini o‘rnatadigan mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (keyingi o‘rinlarda ShNQ deb
yuritiladi) hamda boshqa me’yoriy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilayotgan
ShNQ talablari asosida bajarilgan loyihalar bo‘yicha amalga oshirilishi kerak.
Turar-joy binolarini loyihalashda odamlarning sog‘lig‘i va hayotini saqlash, atrof-muhitni
muhofazalash, uzoq vaqtga chidamlilik, ta’mirlashga yaroqlilik, energiya samaradorlik, shuningdek
energiya tejamliligini ta’minlovchi choralar va boshqa talablar ShNQlarga muvofiq ko‘zda tutilishi
kerak.
2.2. Turar-joy binolarini shaharlar va qishloqlarning aholi yashash joylari hududlarida
joylashtirish, yo‘naltirish, ular bilan boshqa inshootlar orasidagi masofa, ularga qarashli yer
uchastkalarining o‘lchami qurilish loyihalari bo‘yicha hamda mos ravishda ShNK 2.01.01 va ShN
2.07.01 talablariga muvofiq o‘rnatilishi kerak.
2.3. Binolarning qavatliligi, uzunligi va kompozitsion-tarhiy yechimlari, qurilish loyihasiga
muvofiq, ushbu ShNQ talablariga, yong‘in va zilzila xavfsizligi (ShNK 2.01.02 va ShNQ 2.01.03)
talablariga binoan aniqlanadi.


Ommaviy uy-joy qurilish uchun 4-qavatdan baland bo‘lmagan; oqavalashtirilmagan
(kanalizatsiyasiz) shahar va qishloqlarda 1-2 qavatli binolar qo‘llanilishi lozim.
9 — 12 qavatli binolar yirik shaharlarning markazlarida qurish uchun qo‘llanilishi mumkin; 16
qavatli va undan yuqori binolar maxsus (alohida) asoslar bo‘yicha va Qurilish Vazirligining ruxsati
bo‘yicha qo‘llaniladi.
2.4. Ko‘pxonadonli va ixtisoslashtirilgan turar-joy binolari loyihalariga yashash xonadonlari va
binolarning jamoat xonalaridan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma ilova qilinishi lozim. Uyning
xonadonlari va xonalardan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalarda kvartiralar (egalari) va bino hajmi
ichidagi xonalar ijarachilariga, shuningdek foydalanuvchi tashkilotlarga, ekspluatatsiya jarayonida
xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar, shu jumladan, asosiy konstruksiyalar va
muhandislik tizimlari haqida ma’lumotlar, karkasning ko‘rinmaydigan elementlari va uzellarining,
ko‘rinmaydigan o‘tkazgichlar va muhandislik tarmoqlarining joylanish sxemalari, shuningdek uy
konstruksiyalari va elektr tarmog‘iga yuklanishlarning eng katta ko‘rsatkichlari keltirilgan bo‘lishi
kerak. Ushbu ma’lumotlar ijro hujjatlarining nusxasi ko‘rinishida taqdim etilishi mumkin. Bundan
tashqari yo‘riqnoma yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimlarini saqlash va ularga texnik xizmat
ko‘rsatish qoidalarini va yong‘in vaqtida evakuatsiya qilish rejasini o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.
2.5. Ko‘p xonadonli uylarda va maxsus uy-joylarda quyidagilarni ko‘zda tutmoq lozim:
xo‘jalik-ichadigan suv, yong‘inga qarshi va issiq suv ta’minotini, kanalizatsiya va tarnovlarni —
QMQ 2.04.01 va ShNQ 2.04.02 ga muvofiq; isitish va ventilatsiya, tutundan muhofazani — QMQ
2.04.05 ga muvofiq;
me’yoriy hujjatlar talablariga ko‘ra elektr yoritish, kuch elektr uskunasi, telefonlashtirish,
radiolashtirish, televizor antennalari va qo‘ng‘iroqli signalizatsiyani, shuningdek, avtomat yong‘in
signalizatsiyasini, yong‘in vaqtida xabar berish va evakuatsiyani boshqarish tizimini, yong‘in
bo‘linmalari va odamlarni qutqarish vositalarini tashishi uchun liftlarni;
bir xonadonli va birlashtirilgan (juftlangan) uylarda muhandislik tarmoqlari va uskunasi
loyihalashga topshiriqda ko‘zda tutiladi;
turar-joy binolari tomlarida eshittirishlarni birgalikda qabul qilish antennalarni va
radioeshittirishning o‘tkazuvchi tarmoqlari stoykalarini o‘rnatishni ko‘zda tutmoq lozim. Radio releli
machtalar va minoralar o‘rnatish taqiqlanadi.
2.6. Turar-joy binolari shu tariqa loyihalanishi, qurilishi va jihozlanishi kerakki, unda
yashovchilar xonadon va uy ichida harakatlanayotganida, shuningdek uyga kirish va chiqishda,
uning qismlaridan va muhandislik jihozlaridan, uy tevarak-atrofidan foydalanishida jarohat olish
xavfi bo‘lmasligi kerak.
Turar-joy bino xonalari unga yomg‘ir, qor-muz yoki er-osti suvlari va foydalanish jarayonida
favqulodda vujudga kelgan suvlarning kirishidan konstruktiv vositalar (tadbirlar) va texnik
moslamalar bilan himoyalanishi kerak.
2.7. Binoning kiraverishidagi xona polining sathi kirish oldidagi trotuar sathidan kamida 0,15 m
baland bo‘lishi kerak.
Binolarda o‘tish va mashinada o‘tish yo‘laklari ShNQ 2.01.03 dagi me’yorlar bo‘yicha va ushbu
ShNQning 
5.9-b
. bo‘yicha qilinadi.
2.8. Turar-joy binolarini loyihalash SanPiN 0146-04 va ShNQ 2.01.01 ga muvofiq qurilish-iqlimiy
mintaqalashtirishga mos ravishda, mintaqa va mintaqa ostilar asosiy xususiyatlarini hisobga olgan
holda amalga oshirilishi kerak:
I mintaqa — sahro iqlimi ta’sirida bo‘lgan, o‘ta noqulay yozgi sharoitga ega hududlardan
iborat. I mintaqada ayniqsa yuqori davomli jazirama davrli IA va IB ostmintaqalar, havosi yuqori
darajada changli IA, IB va IG ostmintaqalar ajratilgan, IG ostmintaqa sovuq qishi bilan ajralib turadi.
II mintaqa — tog‘oldi vohalar, tabiiy-iqlimiy va landshaft sharoitlari nisbatan yaxshi bo‘lgan
vodiylar va yassitog‘li tumanlar.
III mintaqa — tog‘li hududlar — o‘ta noqulay ekstremal qishgi sharoitlari bilan ajralib turadi.
O‘zbekistonning ma’muriy tumanlari bo‘yicha qurilish-iqlimiy zonalari va ostmintaqalari
ro‘yxati 
4-ilovada 
keltirilgan.



qurilish-iqlimiy 
mintaqada 
turar-joy 
binolarining 
arxitektura-tarhiy 
yechimlari
istiqomatgohni yozgi jazirama, shuningdek shamol va changdan himoyalashni ta’minlashi kerak.
Yashash xonalarini chang-to‘zon ta’siridan himoyalangan hovli bo‘shliqlariga ochilishini
ta’minlaydigan, maksimal keng korpusli turar-joy uylarning ixcham qurshalgan(o‘ralgan) yoki yarim
qurshalgan(o‘ralgan) kompozitsion-tarhiy yechimlarini qo‘llash tavsiya qilinadi; ko‘pqavatli uylarda
uy strukturasi ichiga “chuqur kiritilgan” oynavand peshayvonlar, kamqavatli uylarda esa yopiq
hovlilar qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
II qurilish-iqlimiy mintaqada arxitektura-tarhiy yechimlar iqlimning orombaxsh sharoitlaridan
maksimal foydalanishga, shu bilan bir vaqtda istiqomatgohni ortiqcha jaziramadan himoyalashga
qaratilgan bo‘lishi kerak. Jaziramadan himoyalash soyabonlash, istiqomatgohni tashqi ko‘kalamzor
muhitga ochish, orombaxsh salqin shamollar yo‘nalishini hisobga olgan holda shamollatish
hisobiga ta’minlanadi.
III qurilish-iqlimiy mintaqada arxitektura-tarhiy yechimni tanlashda yetakchi omil, bu
istiqomatgohni qish davrida o‘ta noqulay iqlim ta’siridan himoyalashdir. Istiqomatgoh va
peshayvonlar asosan janubiy (janubi-sharq, janubi-g‘arb) ufqqa qaratilgan, ixcham kompozitsion-
tarhiy yechimlar qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
2.9. Shaxsiy uy-joylarni va ko‘pxonadonli turar joylardagi xonadonlarni ularga bittadan oilani
ko‘chib kirishi shartidan kelib chiqib loyihalashtirilishi kerak. Istiqomatgoh maydonining hisobiy
ko‘rsatkichlari ta’minlanganlikning erishilgan darajasini, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni,
qurilishni resurs bilan ta’minlanganligini hisobga olgan xolda loyihalash topshirig‘i bilan o‘rnatiladi,
lekin 1 odamga umumiy maydon 16 m dan, kreslo-aravachadagi nogironlar uchun esa, 23 m dan
past bo‘lmasligi kerak.
2.10. Yashash xonalari va oshxonalarni polidan shipgacha balandligini kamida 2,7 m qabul
qilish lozim. Sanitar-gigiyena shart-sharoitlari bo‘yicha poldan shipgacha eng maqsadga muvofiq
balandlik 3 m bo‘lib hisoblanadi. Xonalar balandligi loyihalash topshirig‘i bilan o‘rnatiladi.
Izohlar:
1. Uy qurilishi korxonalari buyumlaridan quriladigan uylarda hamma zonalar uchun balandlik 2,8 m deb qabul
qilinishi mumkin (poldan shipgacha).
2. Yordamchi xonalar balandligini 2,4 m gacha pasaytirishga yo‘l qo‘yiladi.
3. Qayta tiklanayotgan binolarda, hamda mansarda qavatlarda yashash va yordamchi xonalar balandligi
loyihalash topshirig‘i bilan o‘rnatishga yo‘l qo‘yiladi.
2.11. Yashash xonalarini yerto‘la va tsokol qavatlarida joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
2.12. Yashash xonalari, oshxonalar, oqovalashtirilmagan hojatxonalar, zinapoya bo‘lmalari
(xonadon ichidagidan tashqari), yo‘lakli tipdagi binolarda umumiy yo‘laklar, vestibyullar, hamda
bino ichiga joylashtirilgan jamoat xonalari tabiiy yoritishga ega bo‘lishi kerak.
Tabiiy yoritishni ShNQ 2.01.05 ga muvofiq, ShNQ 2.01.04 talablarini hisobga olgan holda,
xonalar uchun pol sathida tabiiy yoritilganlik koeffitsiyentining (TYOK) me’yorlangan qiymatini 
5-
ilovaga
muvofiq qabul qilib loyihalashtirish lozim. Bunda yorug‘lik proyomlari maydonini yashash
xonalari va oshxona pollari maydoniga nisbati, odatda, 1:5,5 dan ko‘p bo‘lmasligi, minimal nisbati I va
III mintaqalarda 1:10 dan va II mintaqada 1:8 dan kam bo‘lmasligi kerak; mansarda qavatlari uchun
yuqorida ko‘rsatilgan nisbat hamma mintaqalarda 1:10 qilib qabul qilinishiga yo‘l qo‘yiladi.
Yo‘lakli tipdagi binolar umumiy yo‘laklar derazasining yuzasi pol yuzasining 1/16 qismidan kam
bo‘lmasligi kerak.
Tashqi devordagi yorug‘lik proyomlari orqali bir chekkadan (toretsdan) yoritilganda,
yotoqxonalar umumiy yo‘laklarining uzunligi 24 m dan, ikki chekkasidan bo‘lganda 48 m dan
oshmasligi kerak. Yo‘laklar uzunligi bundan ko‘p bo‘lsa, yorug‘lik karmonlari orqali qo‘shimcha tabiiy
yoritish ko‘zda tutilishi kerak. Ikki yorug‘lik karmonlari orasidagi masofa 24 m dan, yorug‘lik karmoni
bilan yo‘lak oxiridagi (toretsdagi) yorug‘lik proyomi orasidagi masofa 30 m dan oshmasligi kerak.
Yorug‘lik karmonining kengligi (eni) chuqurligining yarmidan kam bo‘lmasligi kerak (yondosh
yo‘lak kengligi hisobga olinmaydi). Yorug‘lik karmoni xizmatini o‘tashi mumkin bo‘lgan zinapoya
bo‘lmasi orqali, uning ikki tomonida joylashgan yo‘laklarni 12 m gacha yoritish mumkin.
Izoh: Yotoqxonalarda ikki kishilik yashash yacheykaning taxmon-oshxonasini va kichik gabaritli birxonali
xonadonlardagi elektrplita va shamollatgich (tashqariga tortish) jihozli taxmon-oshxonalarni tabiiy yoritishsiz
loyihalashga yo‘l qo‘yiladi.
2.13. Tabiiy yoritilgan xonalar framuga, darcha (fortochka) yoki boshqa qurilmalar orqali
shamollatish bilan ta’minlanishi kerak.
2
2


Quyidagilarga yo‘l qo‘yiladi:
tik yo‘nalishda shamollatish (ventilatsiya kanallari, shaxtalar orqali), bunda har bir
shamollatish kanaliga faqat bitta kvartira biriktirilishi (ulanadi) kerak. Havoning bir kvartiradan
boshqasiga oqib o‘tishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak;
havo almashish, odatda, issiqlikni rekuperativ utilizatorlarga ega mexanik shamollatgichlar
qo‘llash hisobiga;
havo almashish, hojatxonalar va oshxonalar ventilatsiya kanallari orqali mexanik ventilatsiyani
qo‘llab.
Bir tomonlama joylashgan bir va ikki xonali kvartiralarni oynaklanmagan xoll maydonchalar,
zinapoya bo‘lmasi yoki tashqariga ochiq kvartiradan tashqari xonalar orqali shamollatishga yo‘l
qo‘yiladi.
Yo‘lakli (koridor) turdagi yotoqxona binolarida yashash xonalarini bevosita tabiiy yoritilgan va
to‘g‘ri yoki burchaklama shamollatiladigan, uzunligi 24 m gacha bo‘lgan umumiy yo‘laklar
(koridorlar) orqali shamollatishga yo‘l qo‘yiladi.
2.14. Turar-joy binolarini tarhlanishi (planirovkasi), joylanishi va ufqqa nisbatan o‘rni yashash
xonalarining 22-mart — 2-sentabr davrida uzluksiz davom etadigan insolatsiyasi 2,5 soatdan kam
bo‘lmasligini ta’minlashi kerak; kun davomida insolatsiyaning umumiy vaqti 0,5 soatga oshganda
yashash xonalarini insolatsiyasi bir marta uzilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Bir-, ikki- va uch xonali xonadonlarda kamida bir xonada; to‘rt-, besh-, oltixonalikda- kamida
ikki xonada insolatsiyaning me’yorlangan davomiyliligi ta’minlanishi kerak.
Yotoqxonalarda, odatda, yashash xonalarining kamida 60%, internat-uylar esa kamida 75%
insolatsiya qilinishi kerak.
Izoh: Turar-joy binolarini joylashishini, ufqqa nisbatan o‘rni, binolar oralig‘i ShNK 2.07.01 talablariga muvofiq
bo‘lishi kerak.
2.15. Turar-joy binolari ufqqa nisbatan noqulay joylashganda yashash xonalarini ortiqcha
quyosh radiatsiyasi va isib ketishdan saqlash ko‘zda tutilishi kerak. I va II mintaqalarda yashash
xonalari derazalari ufqning g‘arbiy qismiga 200 — 290° oralig‘ida qaratilmasligi kerak. Ufqning
ko‘rsatilgan qismiga: ikkixonali kvartirada — bitta xonani, uchxonalikda-ikkitagacha, yotoqxonalarda
— oftobdan soyabon qurilmasi bo‘lganda yoki maxsus oynaklangan bo‘lsa, ko‘pi bilan 25% yashash
xonalari qaratilishiga yo‘l qo‘yiladi.
I va II mintaqalarda yashash xonalari ufqning 200 — 290° sektoriga qaratilganda oftobdan
tashqi soyabon qurilmalari qo‘llanilishi kerak; turar joy qulayligi “yaxshilangan” va “yuqori” klassida
oftobdan soyabon qurilmasi: I mintaqada — 70 — 290° oralig‘ida, II mintaqada — 180 — 290°
oralig‘ida qo‘llanilishi tavsiya etiladi.
II mintaqada 1 — 4 qavatli binolarda oftobdan soyabon ko‘kalamzorlash vositasi bilan
ta’minlanadi. I mintaqada ko‘kalamzorlash hisobiga erishiladigan oftobdan soyabon 2-qavatgacha
bo‘lgan binolarda samaralidir. IA va IG ostmintaqalarda sidirg‘a (yoriqlarsiz) soyabon tavaqalari
qo‘llash tavsiya etiladi.
2.16. Tashqari muhitga ochilmaydigan zinapoya bo‘lmalari har qavatda tashqi devordagi
deraza orqali yoritilishi kerak; bunda deraza yuzasi 1,2 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Shamollatish
har qavatdagi derazalarni ochish yo‘li bilan ta’minlanadi. Tepadan (zenitniy) yoritilgan L2 tipdagi
zinapoya bo‘lmasini 
5.14-b
. talablarini hisobga olgan holda 3-qavatgacha bo‘lgan binolarda
qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi
2.17. Yong‘inga qarshi maqsadlar uchun mo‘ljallanmagan yozgi xonalar (peshayvonlar)
oynavand qilib loyihalanishi kerak (balkon, terassa va hovlichalardan tashqari).
Qo‘shni seksiyalarga, tashqi (ochiq) zonalar, avariya vaziyatidagi chiqishlar (avariyniy vixod),
tutun kirmaydigan zinapoyalar qoshidagi ochiq joydan o‘tish uchun ishlatiladigan yozgi xonalarni
(balkonlar, lodjiyalar) oynaklashga yo‘l qo‘yilmaydi.
2.18. Yo‘l qo‘yilgan shovqin darajasi ShNQ 2.01.08 talablariga muvofiq va 
6-ilovadagi
ko‘rsatkichlar bo‘yicha qabul qilishi lozim.
2.19. Turar joylarni kriminal (jinoiy) xatti harakatlar va ularning oqibatlaridan himoya qilishga
qaratilgan chora-tadbirlar, loyihalash topshirig‘ida ko‘zda tutiladi (derazalar, kirish eshiklari,
2


chordoq, yerto‘la va boshqa xonalar eshiklariga himoya konstruksiyalari qo‘llash, qo‘riqlash
signalizatsiyasi va nazorat tizimi (sistema) o‘rnatish, domofonlar, kodli qulflar, va b.).
2.20. Turar joy binolarining tomi va tom usti ShNQ 2.01.04 va ShNQ 2.03.10 ga muvofiq
loyihalashtiriladi.

Download 392.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling