Turar joy binolari


Download 392.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/25
Sana02.05.2023
Hajmi392.06 Kb.
#1421583
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
480-сон 15.10.2019. ShNQ 2.08.01-2019 “Turar joy binolari” shaharsozlik normalari va qoidalari

Kvartiralar 
(xonadonlar)
3.7. Turar-joy maydonining ijtimoiy me’yorlarini hisobga olib, fuqarolarga beriladigan
kvartiralarda yashash xonalari va yordamchi xonalar: oshxona, dahliz, vanna xona (yoki dush
bo‘lmasi), hojatxona (yoki bir xonaga joylashgan sanuzel), omborxona (yoki devor ichiga qurilgan
xo‘jalik shkaflari) ko‘zda tutilishi kerak. Shuningdek, yozgi xonalar(ayvonlar) qurish tavsiya etiladi.
Kvartiralar maydoni 
1 jadval 
va 
7-ilova 
(1-jadv.) ko‘rsatkichlarini hisobga olib qabul qilinadi.
1-jadval
Kvartiralar tipi
Oila tarkibi, odam
Kvartira maydoni
*
(yozgi xonalarsiz), m
Shu jumladan yashash maydoni, m
1-xonali
1-xonali
2-xonali
3-xonali
4-xonali
5-xonali
6-xonali
1
2
3
4
5
6
7(8)
28 — 30
32 — 36
48
64
80
96
114
14 — 16
18 — 20
30
40
53
66
78
* Kvartiralarning me’yorlanadigan maydoni (yozgi xonalarsiz va sovuq kladovkalarsiz) yashash va yordamchi
xonalarni o‘z ichiga oladi.
Izohlar:
1. Jadvalda berilgan raqamlar, shahar va qishloq joylardagi “ijtimoiy” kvartirali turar-joylarning barcha turlariga
taalluqlidir. Kvartiralar maydoni 1 yashovchiga yashash maydon 16m bo‘lgan ijtimoiy me’yor hisobidan keltirilgan (1
odamga 1 xonalidan tashqari).
2. Konkret (aniq) shaharsozlik sharoitlarida kvartiralarining tarkibi va maydon ko‘rsatkichlari, ijtimoiy-iqtisodiy
holatni, aholi tarkibining demografik xususiyatlarini, qurilishning resurs bilan ta’minlanganligini hisobga olib, loyihalash
topshirig‘i bilan belgilanadi. 3 avloddan tashkil topgan murakkab oilalar uchun xonalar tarkibi va maydonlari (qariyalar
va kreslo-aravachalardagi nogironlar ehtiyojlarini hisobga olgan holda) loyihalash topshirig‘iga ko‘ra o‘rnatiladi.
3.8. 1 odam uchun kvartirada xona maydoni 14 m dan, 2 odam uchun 18 m dan kam
bo‘lmasligi kerak.
2-3 xonali kvartiralarda umumiy xonaning maydoni 16 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Yotoqxona yashash xonasi maydoni 2 kishi uchun 12 m dan kam bo‘lmasligi kerak, ota-onalar
yotoqxonasi uchun 13-14 m tavsiya qilinadi. 1 kishilik yotoqxona xonasi 8 m dan kam bo‘lmasligi
kerak, qayta-tiklash (rekonstruksiya sharoitida), mansarda qavatida joylashtirilganda esa 7 m ga
yo‘l qo‘yiladi (kvartirada boshqa yashash xonalari mavjud bo‘lganda).
Kvartiralarning barcha turlarida yotoqxona va alkovlar orqali boshqa xonalarga o‘tiladigan
bo‘lmasligi kerak.
Oshxona maydoni, odatda, 8 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Qayta-tiklash sharoitida bir xonali kvartiralar uchun oshxonalar va taxmonsimon oshxonalarni
5 m qilib loyihalash mumkin.
I qurilish — iqlimiy zona sharoitida 1 kishiga yotoqxona-yashash xonasi 9-10 m bo‘lishi, 2
kishiga esa 14 m dan kam bo‘lmasligi, 1 xonali kvartirada yashash xonasi 16 — 18 m bo‘lishi kerak.
Izohlar:
1. Kvartiralar yashash va yordamchi xonalarining o‘lchamlari jihozlar zaruriy to‘plami va ergonomika talablarini
hisobga olgan holda aniqlanadi. Yotoqxonaning eni, odatda, 2,2 m dan, umumiy xonaniki esa — 3 m dan kam
bo‘lmasligi kerak.
2. Yaxshilangan va yuqori qulaylikli kvartiradagi xonalarning maydonlari: mehmonxona, yemakxona, kabinet
(kutubxona), bolalar xonasi (o‘yinlar uchun), mashq qilish (trenajer) xonasi, bilyard xonasi, xo‘jalik kladovkasi, ichkariga
qurilgan garajlar, xususiy (shaxsiy) ustaxona va b. loyihalash topshirig‘i bilan aniqlanadi.


2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2


3. Alohida isitish qozoni uchun xona 5 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
3.9. Fuqarolar yoki tashkilotlar shaxsiy mablag‘lari hisobiga quriladigan, nodavlat turar-joy
fondining turar-joy uylari, oddiy, yaxshilangan va yuqori qulaylikli kvartiralarni o‘z ichiga olishi
mumkin. Turli qulaylik darajasiga ega turar-joylarning xususiyatlari va parametrlari 
3-ilovada
keltirilgan Yaxshilangan qulaylikli kvartiralar 1 yashovchiga umumiy maydon 23 m dan kam
bo‘lmasligi, yuqori qulayliklikka ega bo‘lganida esa, 1 kishiga 30 m dan kam bo‘lmasligi hisobidan
va har bir oila a’zosining alohida xona bilan ta’minlanishini hisobga olgan holda loyihalashtiriladi.
Izoh: Yaxshilangan va yuqori qulaylikli kvartiralar xonalari tarkibi va maydonlari 
7-ilova 
(2-jadv.) ko‘rsatkichlarini
hisobga olgan holda, muhandislik uskunalari bilan jihozlanishini esa,
 14-ilova 
bo‘yicha qabul qilinishi tavsiya qilinadi.
3.10. Oshxona eni, jihozlar bir tomonda joylashganda 1,7 m dan; ikki tomonida joylashganda —
2,2 m dan; dahliz eni, odatda, 1,4 m dan, kvartira ichi yo‘laklari: yashash xonalariga olib boruvchi — 1,1
m dan, yordamchi xonalarga olib boruvchi — 0,9 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
3.11. Yozgi xonalar — ayvonlar, balkon, lodjiyalar, qavatlardagi kvartiralarga yondosh hovlilar
loyihalash topshirig‘ida ko‘zda tutiladi.
Avariya-evakuatsiya chiqishlari bilan qo‘shilgan yozgi xonalar mazkur me’yorlarning 
5.24
bandiga
 muvofiq bajarilishi kerak
3.12. Kvartiralarning sanitariya-gigiyena xonalari ushbu me’yorlarning 
9.6-b
 bo‘yicha sanitariya-
gigiyena asbob-uskunalari bilan jihozlanganlik talablarini hisobga olgan holda loyihalashtirilishi
kerak.
Hojatxonalar qo‘lyuvgichlari bilan loyihalanib, eni, odatda 1,6 m dan, birlashtirilgan
sanuzellarniki esa — 2,2 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Izohlar:
1. Birlashtirilgan hojatxonalar kichik yoki yuz-qo‘lyuvgichga ega hojatxonali yoki yotoqxona xonalar qoshida bir
nechta birlashtirilgan hojatxonalari bo‘lgan katta kvartiralarda qo‘llanadi.
2. Kir yuvish mashinalari uchun joyni vannaxona yoki birlashtirilgan hojatxonalarda, 0,45 x 0,75 m hisobida ko‘zda
tutilishi tavsiya qilinadi.
3.13. Kreslo-aravachadagi nogironlar yotoqxonasidan tashqari, oshxona va yashash xonalaridan
unitazli xonalarga bevosita kirishga yo‘l qo‘yilmaydi; yuqori qulaylikli turar-joy yotoqxonalardan
kirishga yo‘l qo‘yiladi (loyihalash topshirig‘i bo‘yicha).
Quyidagilarni joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi:
hojatxona va vanna (yoki dush) xonalarini bevosita yashash xonalari tepasiga;
oshxonalarni bevosita yashash xonalari tepasiga (ostiga).
Jihozlar va quvurlarni(truboprovod) bevosita kvartiralarni ajratadigan devorlarga, yashash
xonalarining pardevorlariga o‘rnatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 392.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling