Turar joy binolari
YoNG‘IN XAVFSIZLIGI, EVAKUATSIYA YO‘LLARI
Download 392.06 Kb. Pdf ko'rish
|
480-сон 15.10.2019. ShNQ 2.08.01-2019 “Turar joy binolari” shaharsozlik normalari va qoidalari
5. YoNG‘IN XAVFSIZLIGI, EVAKUATSIYA YO‘LLARI
5.1. Turar-joy binolarni loyihalashda ushbu me’yorlar va ShNQ 2.01.02 talablarini, shu jumladan funksional yong‘in xavfi bo‘yicha binolar klassifikatsiyasi hisobga olinishi kerak. f1.1 — qariyalar va nogironlar uy-internatlari; f1.2 — yotoqxonalar; f1.3 — ko‘pkvartirali turar-joy uylar, shu jumladan qariyalar va nogironlar uchun kvartirali uylar; f1,4 — birkvartirali va bloklashtirilgan turar-joy uylar. Kvartirali turar-joy binolarning yo‘l qo‘yilgan balandligi va yong‘inga oid bo‘linma chegarasidagi qavat yuzasi o‘tga chidamlilik darajasi va konstruktiv yong‘in xavfi klassiga qarab 4- 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 jadvalga muvofiq qabul qilinadi. 4-jadval Binoning o‘tga chidamlilik darajasi Binoning konstruktiv yong‘in xavflilik klassi Binoning yo‘l qo‘yilgan eng katta balandligi, m Qavatning yong‘inga oid bo‘linmasining yo‘l qo‘yilgan eng katta yuzasi, m I, II SO 50 2500 II SI 28 2200 III SO SI 22 16 1800 1600 IV SO CI C2 5 3 5 3 5 3 1000 1400 800 1200 500 900 V me’yorlanmaydi 5 3 500 800 Izohlar: 1. Binoning isitilmaydigan juftlangan imoratlari o‘tga chidamlilik darajasini, binoning isitiladigan qismining o‘tga chidamlilik darajasi bo‘yicha qabul qilish lozim. 2. Shamolning oylik o‘rtacha tezligi 4 m/sek va undan yuqori hududlarda, jadval ko‘rsatkichlari 0,7 koeffitsiyent bilan qabul qilinadi. Bino balandligi, ustki texnik qavat hisoblanmaganda, yuqorigi qavatning joylashish balandligi bilan aniqlanadi, qavatni joylashish balandligi esa, o‘t o‘chirish mashinalari yuradigan yuza sathi bilan, tashqi devordagi ochiladigan deraza tagi sathining farqi bilan aniqlanadi. 5.2. Qariyalar va nogironlar oilasiga mo‘ljallangan kvartirali uylar, qariyalar va nogironlar uy- internatlarini o‘tga chidamlilik darajasi II dan past bo‘lmasligi kerak. 5.3. Yotoqxona binolarida yong‘inga qarshi devorlar oralig‘idagi qavatning yuzasi va binoning eng katta balandligi o‘tga chidamlilik darajasi va konstruktiv yong‘in xavfliligi klassiga qarab: seksiya tipidagi turar-joy binolardagi yotoqxonalar uchun — 4-jadval bo‘yicha, yo‘lakli tipdagi binolardagi yotoqxonalar uchun esa — 5-jadval bo‘yicha qabul qilinishi kerak. 5-jadval Binoning o‘tga chidamlilik darajasi Binoning konstruktiv yong‘in xavflilik klassi Binoning yo‘l qo‘yilgan eng katta balandligi, m Qavatning yo‘l qo‘yilgan eng katta yuzasi, m I, II CO SI 28 16 2500 1000 III CI CI 15 9 1000 1200 IV, V Me’yorlanmaydi 3 400 2 2 IV va V o‘tga chidamlilik darajasiga ega yotoqxona binolarining yong‘in bo‘linmalarini, ikkitadan ortiq yong‘in bo‘linmalari to‘silganda, 2-tipdagi yong‘inga qarshi devor bilan ajratishga yo‘l qo‘yiladi. 5.4. I, II va III olovbardoshlik darajasidagi binolarda yuk ko‘taruvchi elementlarning talab qilinadigan olovbardoshlik chegarasini ta’minlash uchun konstruktiv yong‘indan himoyalashni qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi. I, II va III olovbardoshlik darajasidagi binolarda seksiyalararo devor va pardevorlar, boshqa xonalardan umumiy yo‘lakni ajratuvchi pardevorlar kamida EI45, IV olovbardoshlik darajasidagi binolarda — kamida EI15 olovbardoshlik chegarasiga ega bo‘lishlari kerak . I, II va III olovbardoshlik darajasidagi binolarda kvartiralararo yuk ko‘taruvchi devor va pardevorlar kamida EI30 olovbardoshlik chegarasiga va KO yong‘in xavfi klassiga, IV olovbardoshlik darajasidagi binolarda — kamida EI15 olovbardoshlik chegarasiga va K1 dan past bo‘lmagan yong‘in xavfi klassiga ega bo‘lishlari kerak. Xonalararo pardevorlarning (shu jumladan shkafli, yig‘ilib-ajraluvchi, eshikli va suriladigan) yong‘in xavfi klassi me’yorlanmaydi. 5.5. I, II va III olovbardoshlik darajasidagi galereyali (binoning old tomonida uzun umumiy yo‘lakli) uylar galereya (uzun ayvon, yo‘lak)lari konstruksiyalarining R belgisi bo‘yicha olovbardoshlik chegarasi binoning qavatyopmalari uchun qabul qilingan qiymatlarga mos bo‘lishi va KO yong‘in xavfi klassiga ega bo‘lishi kerak. IV olovbardoshlik darajasidagi binolarda galereyalar konstruksiyalari kamida R15 olovbardoshlik chegarasiga va KO yong‘in xavfi klassiga ega bo‘lishlari kerak. 5.6. IV olovbardoshlik darajasidagi ikki qavatli binolar yuk ko‘taruvchi elementlari kamida R30 olovbardoshlik chegarasiga ega bo‘lishlari kerak 5.7. Yuqori zichlikka ega kamqavatli qurilishlarda (1-2 qavatli uylar bilan) yashash bloklari o‘rtasidagi uzilish ShNK 2.07.01 bo‘yicha qabul qilinishi kerak. Bunda yong‘inga qarshi devorlar oralig‘idagi yuza 600 m dan oshmasligi kerak. 5.8. I, II va III olovbardoshlik darajasidagi binolar ustiga 4-jadvalda o‘rnatilgan binoning balandligidan qat’iy nazar, R 45dan kam bo‘lmagan olovbardoshlik chegarasiga va KO yong‘in xavfi klassiga ega yuk ko‘taruvchi elementlari bo‘lgan bitta mansarda qavatini qurishga yo‘l qo‘yiladi. Ushbu qavat tashqi devorlari, ustiga qurilayotgan quyi qavat konstruksiyalariga qo‘yiladigan talablarga mos kelishi kerak. 5.9. Binolarda 150m oraliqda transport o‘tadigan eni 3,5 m dan, balandligi 4,25 m dan kam bo‘lmagan yo‘laklar ko‘zda tutilishi kerak. Zinapoya bo‘lmalarida o‘tish yo‘laklari har 100 m masofada joylashgan bo‘lishi kerak. Transport o‘tish yo‘laklarini ikki qarama-qarshi tomonida o‘t o‘chirish gidrantlari o‘rnatilganda, zinapoya bo‘lmalarida o‘tish yo‘laklari bo‘lmasligi mumkin. 5.10. 3 va unda ortiq qavatli binolarda lodjiya va binolarni o‘rash (oynavand konstruksiyalardan tashqari) yonmaydigan materiallardan bajarilishi kerak. 5 va undan ortiq qavatli I, II va III olovbardoshlik darajasidagi binolarda tashqi soyabonlar yonmaydigan materiallardan bajarilishi kerak. Bunda soyabon konstruksiyasi o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilarni kvartiraga kirishi va undan yashovchilarni evakuatsiya qilish imkoniyatini ta’minlashi kerak. 5.11. Ichiga — yopishtirib qurilgan qismi tomining yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarining olovbardoshlik chegarasi R45 dan kam bo‘lmasligi va yong‘in xavfi klassi KO bo‘lishi kerak. Turar-joy uyda, binoning ichiga — yopishtirilgan qismiga qaralgan derazalar bo‘lganda, tutashgan joyda tom sathi, asosiy binoning yuqori qavatlarida joylashgan yashash xonalari poli sathidan baland bo‘lmasligi kerak; tom yopma isitgichi (uteplitel) yonmaydigan bo‘lishi kerak. 5.12. Chordoqli tomlarda tomqoplamasi, stropillar va obreshetkalarni yonadigan materiallardan qilish mumkin. Chordoqli binolarda (V olovbardoshlik darajasidagi o‘tga chidamli binolardan tashqari) stropillar va obreshyotkalar yonuvchi materiallardan qilinganda, tomqoplama yonmaydigan bo‘lishi, stropillar va obreshyotkalarga esa, o‘tdan himoyalash ishlovi berilishi kerak. 2 Bu konstruksiyalarni konstruktiv himoyalash ta’minlanganda, ular yonishni ichkaridan tarqalish imkonini vujudga keltirmasliklari kerak. 5.13. Jamoat xonalari yashash qismi xonalaridan 1-tip pardevor va 3-tip teshiklarsiz qavatyopma bilan, I olovbardoshlik darajasidagi binolarda 2-tip qavatyopma bilan ajratilishi kerak. Download 392.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling