Turar joy binolari


 m dan baland binolarga qo‘shimcha talablar


Download 392.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/25
Sana02.05.2023
Hajmi392.06 Kb.
#1421583
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
480-сон 15.10.2019. ShNQ 2.08.01-2019 “Turar joy binolari” shaharsozlik normalari va qoidalari

28 m dan baland binolarga qo‘shimcha talablar
5.29. Qavatdagi kvartiralar umumiy maydoni 500 m gacha, 28 m dan yuqori seksiyali yoki
seksiya-galereyali binolarda bitta tutunlamaydigan N1 tip zina bo‘lmasiga yoki u bilan tutashgan
ochiq yo‘laklarga chiqish ko‘zda tutilishi kerak. Bu holda 15 m dan yuqori joylashgan hamma
kvartiralar uchun 
5.24-b
. talablariga muvofiq, balkon yoki ochiq lodjiyalarga evakuatsiya chiqishlari
ko‘zda tutilishi kerak.
Tutunlanmaydigan zina bo‘lmalari birinchi qavat doirasida bevosita tashqariga chiqishi kerak.
N1 tipdagi tutunlamaydigan zina bo‘lmasidan tashqariga chiqish, yondosh(tutash) yo‘laklarni 1-
tipdagi yong‘inga qarshi pardevorlar bilan ajratilgan (to‘silgan) vestibyul orqali bo‘lishiga yo‘l
qo‘yiladi. Bu holda zina bo‘lmasini vestibyul bilan aloqasi (o‘tilishi) boshqa qavatlardagi kabi havo
zonasi orqali bo‘lishi mumkin; havo zonasi proyomini 1-qavatda metall panjara bilan to‘sishga yo‘l
qo‘yiladi.
5.30. Qavatdagi kvartiralar umumiy maydoni 500 m dan ortiq seksion-galereyali binolarda
chiqish kamida ikkita oddiy yoki tutunlanmaydigan zina bo‘lmasiga ko‘zda tutilishi kerak. 
5.24
. va
5.29-b.
lar talablari bajarilganda va kvartira xonalari adresli yong‘indan habarlovchi datchiklar yoki
avtomat o‘t o‘chiruvchilar bilan jihozlanganda bitta tutunlanmaydigan N1 tipdagi zina bo‘lmasiga
chiqishga yo‘l qo‘yiladi.
5.31. N1 tipdagi zina bo‘lmasi tashqi havo zonasiga lift xollidan o‘tishga yo‘l qo‘yiladi, bunda lift
shaxtalari va undagi eshik qurilmalari ShNQ 2.01.02 ga muvofiq bajarilishi kerak.
Havo zonasi orqali N1 tipdagi zina bo‘lmasiga o‘tuvlarning tutunlanmasligi ularning hajmiy-
tarhiy va konstruktiv yechimlar bilan ta’minlanishi kerak: bu o‘tuvlar ochiq bo‘lib, binoning ichki
burchaklarida joylashmasligi va eni kamida 1,2 m, to‘siq balandligi 1,2 m bo‘lishi kerak; tashqi havo
zonasidagi eshiklar orasidagi devor kengligi kamida 1,2 m, zina bo‘lmasi eshigi bilan eng yaqin
deraza orasi devorining kengligi — kamida 2 m bo‘lishi kerak.
5.32. 28 m dan baland binolarda yong‘inda lift shaxtasining yuqori qismiga alohida kanal
orqali tashqi havo berishni ta’minlash kerak. Bunda lift shaxtasida ortiqcha bosim QMQ 2.04.05 ga
2
2
2
2
2
2


binoan hisob bo‘yicha qabul qilinishi kerak.
Havo bosimi va tutunni haydash ventilatsiya qurilmalari 1tipdagi yong‘inga qarshi pardevorlar
bilan to‘silgan alohida ventilatsiya kameralarida joylashtirilishi kerak. Ventilyatorlarni kvartiralar
dahlizlari, yotoqxona xonalari va madaniy-maishiy xizmat xonalarida o‘rnatilgan yong‘in
signalizatsiyasi xabarbergichlaridan avtomat tarzda, hamda har qavatdagi o‘t o‘chirish krani
shkaflarida o‘rnatilgan tugmachalardan masofadan ulashni ko‘zda tutish kerak.
5.33. 28 m dan baland binolarda tomlariga va tutashtirib qurilgan qozonxona o‘rnatishga yo‘l
qo‘yilmaydi.
5.34. Yiliga o‘rtacha 20 va undan ko‘p soat davomli momaqaldiroqli yomg‘ir bo‘ladigan
joylarda 400 m radius tevarak atrofdagi qurilishlardan 25 m dan ortiq ko‘tarilib turgan, hamda bir-
biridan 400 m dan olisroq alohida turgan 30 m dan baland binolar bevosita yashin urilishidan va yer
usti metall konstruksiyalar orqali yuqori kuchlanish toklaridan himoya bilan jihozlanishi kerak.

Download 392.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling