Turar joy binolari
Download 392.06 Kb. Pdf ko'rish
|
480-сон 15.10.2019. ShNQ 2.08.01-2019 “Turar joy binolari” shaharsozlik normalari va qoidalari
Evakuatsiya yo‘llari
5.14. Qavatdan evakuatsiya chiqishlar soni va zinapoya bo‘lmalari tiplari yong‘in xavfi bo‘yicha binolar tasnifini hisobga olgan holda ShNK 2.01.02 ga muvofiq qabul qilinadi. Balandligi 28 m gacha (28 m ham) turar — joy binolarda har qavatda tashqi devorda derazasi bo‘lgan L1 tipidagi oddiy zinapoya bo‘lmalari qurilishi kerak. Balandligi 3 qavatdan ko‘p bo‘lmagan, I va II olovbardoshlik darajasidagi seksiya tipidagi turar- joy binolarida L2 tip zinapoya bo‘lmalarini qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi; zinapoya bo‘lmalarini yoritish tomdagi yuzasi 4 m dan kam bo‘lmagan yorug‘lik tushadigan proyomlar orqali loyihalanadi. Bunda ikkinchi va uchinchi qavat har bir kvartirasida balkon yoki lodjiya, hamda zinapoyalar (marshlar) oralig‘i(bo‘shlig‘i) 0,7 m dan kam bo‘lmagan, zinapoya bo‘lmasini butun balandligida 2 m dan kam bo‘lmagan gorizontal kesim yuzaga ega yorug‘lik tushish shaxtasi ko‘zda tutilishi kerak. Zinapoya bo‘lmalarida binoga yondosh ochiq joyga (tashqariga) bevosita yoki yondosh yo‘laklar eshikli pardevorlar bilan ajratilgan vestibyullar orqali chiqishi bo‘lishi kerak. Izoh: Zinapoyalar va zinapoya bo‘lmalari tiplari bo‘yicha tavsiyalar 1A-ilovada keltirilgan. 5.15. Kvartiralar va yotoqxona xonalari eshiklaridan zinapoya bo‘lmasiga yoki tashqariga chiqish joyigacha bo‘lgan eng olis masofalar 6-jadval bo‘yicha qabul qilinishi kerak. Turar-joy bino seksiyasida kvartiradan oxirida yuzasi 12 m dan kam bo‘lmagan derazasiz yo‘lakka (xoll) chiqishda, eng uzoq joylashgan kvartira eshigidan bevosita zinapoya bo‘lmasiga yoki tutunlanmaydigan zinapoya bo‘lmasining havo bo‘shlig‘i zonasiga olib boruvchi tamburgacha bo‘lgan masofa 12 m dan oshmasligi kerak; yo‘lakda (xollda) deraza bo‘lsa yoki tutun yo‘qotiladigan bo‘lsa, bu masofa 6-jadval bo‘yicha, boshi berk yo‘lak uchun kabi qabul qilinishi mumkin. 5.16. Yo‘lakning eni: zinapoyalar oralig‘i yoki yo‘lak oxiri bilan zinapoya oralig‘i 40 m gacha bo‘lganda — 1,4 m, 40 m dan yuqori — 1,6 m. Galereyaning eni 1,2 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Yo‘laklarni bir biridan va yo‘lak oxiridan 30 m gacha masofada joylashgan, yopgichlar bilan jihozlangan, olovbardoshligi EI30 bo‘lgan eshikli pardevorlar bilan ajratish kerak. 6-jadval Olovbardoshlik darajasi Binoning konstruktiv yong‘in xavflilik klassi Kvartira yoki yotoqxona xonasi eshigidan chiqishgacha bo‘lgan eng olis masofa, m Zinapoya bo‘lmalari yoki tashqi kirishlar oralig‘ida joylashganda Boshi berk yo‘lak yoki galereyaga chiqishda I, II CO 40 25 II S1 30 20 III CO C1 30 25 20 15 IV CO C1, C2 25 20 15 10 V Me’yorlanmaydi 20 10 5.17. Zinapoya (marsh)lar va nishab yo‘laklar (panduslar) kengligi va qiyaligi, pog‘onalar balandligi va eni, zinapoya maydonchalari eni, zinapoyalar, yerto‘la, foydalaniladigan chordoqlar bo‘yicha o‘tish joylarining balandligi, hamda eshiklarning o‘lchami, harakatlanish (o‘tish) qulayligi va xavfsizligini, kvartira va ichiga qurilgan jamoat xonalariga kerakli bo‘lgan narsa va jihozlarni tashish imkoniyatini ta’minlashi kerak. 2 2 2 Pog‘onalar balandligi va kengligi har xil bo‘lgan zinapoyalarni qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi. Bita zinapoya(marsh) yoki sathlar farqida ko‘tarilishlar (pog‘onalar) soni 3 tadan kam, 18 tadan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Zinapoyalar (marshlar) va uning maydonchalarida, nishab yo‘laklarda dastali to‘siqlar,qariyalar va nogiron oilalarga mo‘ljallangan kvartirali uylarda, uy-internatlarda — devorga yopishgan qo‘shimcha tutqichlar bo‘lishi kerak. Zinapoyalar (marshlar)ning eng ko‘p qiyaligi va eng kam kengligi 7-jadvalga muvofiq qabul qilinishi kerak. 7-jadval Zinapoya marshlari ishlatiladigan joylar Eng kichik kengligi, m Eng katta qiyaligi Binolarning yashaladigan qavatlariga olib boradigan zinapoyalar: seksiyali: ikki qavatli uch va undan ko‘p qavatli yo‘lakli 1,05 1,05 1,2 1:1,5 1:1,75 1:1,75 Yerto‘la va tsokol qavatlarga olib boruvchi, hamda kvartira ichidagi zinapoyalar (marshlar) 0,9 1:1,25 Izohlar: 1. Zinapoya marshing eni, to‘siqlar orasidagi yoki devor va to‘siq orasidagi masofa bilan belgilanadi. 2. Kvartira ichidagi zinapoyalarni yog‘ochdan qilish mumkin. Zinapoyalar vintsimon yoki o‘rtasidagi kengligi 18 sm dan kam bo‘lmagan qochirin (zabejnie) pog‘onali bo‘lishi mumkin. 3. Zina maydonchasining kengligi zinapoya(marsh) kengligidan kam bo‘lmasligi kerak, tavaqalari tashqariga ochiladigan liftlar oldida esa 1,6 m dan kam bo‘lmasligi kerak. 4. Zinalarning to‘g‘ri marshlaridagi oraliq maydonchalarning kengligi 1 m dan kam bo‘lmasligi kerak. 5. Zina bo‘lmasiga chiqadigan eshiklar ochilgan holatida, zina maydonchasi va marshlarining hisobiy kengligini kamaytirmasligi kerak. 5.18. Zina, qiya yo‘lkacha (pandus), maydoncha, terassa, balkon, lodjiya, tom, hamda sathlari farqli (baland-past) joylarda to‘siqlar balandligi 1,2 m dan kam bo‘lmasligi kerak. 5.19. Qariyalar va nogiron oilalar kvartiralari bor uylarda binoga kiraverishda, vestibyulda, lift va axlat tashlagich yaqinida, yo‘laklarda pog‘onalar(zinalar) va ostonalar bo‘lmasligi kerak. Bunday hollarda eni 1,2 m dan kam bo‘lmagan qiyaligi 1:20 dan ko‘p bo‘lmagan nishab yo‘lakchalar ko‘zda tutilishi kerak. Kvartiradan tashqaridagi yo‘laklar kengligi 1,8 m dan kam bo‘lmasligi, eshiklar eni — 0,9 m dan kam bo‘lmasligi, kerak. 5.20. Balandligi 28 m gacha bo‘lgan binolarda L1 oddiy zina bo‘lmalarida axlat tashlagichlarini o‘tkazish, qavat qo‘shimcha elektroщitlari, isitish asboblarini, pochta qutilarini o‘rnatishga yo‘l qo‘yiladi, bunda zinapoyalar va maydonchalarning me’yoriy enini kamaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Oddiy zina bo‘lmalari hajmida qorovulxonadan tashqari xonalar bo‘lmasligi kerak. Birinchi, yerto‘la tsokol qavat zinapoyalari ostida isitish tarmog‘ini boshqarish, suv o‘lchash, elektr kirishi- taqsimlanishi qurilmalarini joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi. 5.21. Zina bo‘lmalari hajmida, tutunlanmaydiganidan tashqari, birinchi qavatdan pastga tushmaydigan, olovbardoshlik chegarasi me’yorlanmagan yonmaydigan materialdan qilingan to‘suvchi lift shaxtalari konstruksiyalariga ega, ikkitagacha passajir liftlari joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi. 5.22. Yo‘lakli va galereya tipdagi binolarda zina bo‘lmalari va lift xollari har qanday xonalar va har bir qavatdagi yo‘laklardan tavaqalarida zichlagichli yopgichlar bilan jihozlangan eshiklar bilan ajratilishi kerak. Oynavand eshiklarning oynasi o‘zaklangan bo‘lishi kerak. 5.23. Balandligi 15 m dan kam, Ia, Ib va II qurilish-iqlimiy zonalar uchun loyihalashtirilayotgan turar-joy binolarda zina bo‘lmalari o‘rniga olovbardoshlik chegarasi R60 dan kam bo‘lmagan yonmaydigan materiallardan bajarilgan, yog‘ingarchilikdan himoyalangan tashqarida ochiq zinalar qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi. 5.24. Seksiya maydoni 500 m gacha bo‘lgan seksiya tipidagi turar joy binolarda seksiya qavatidan L1 tipidagi bita oddiy zina bo‘lmasiga evakuatsiya chiqishini ko‘zda tutishga yo‘l qo‘yiladi. 2 Bunda 15 m dan yuqorida joylashgan har bir kvartirada balkon yoki lodjiyaga chiqqan derazalar orasi kamida 1,6 m yoki balkon (lodjiya) chetidan (torets) derazagacha kamida 1,2 m li yopiq devori bo‘lgan balkon yoki ochiq (oynalanmagan) lodjiyaga avariya evakuatsiya chiqishi ko‘zda tutilishi kerak. Qavatda to‘rt kvartiradan ortiq seksiyalarda uch va undan ortiq xonali kvartiralarda eni 1,2 m dan kam bo‘lmagan balkon yoki lodjiyaga chiqadigan derazalar orasi 1,6 m dan kam bo‘lmagan yopiq devorli balkon yoki lodjiya bo‘lishi kerak. Ikki qavatda (sathda) joylashgan kvartiradan, kvartira xonalari 6-qavatdan yuqori joylashmagan va zina bo‘lmasiga bevosita chiqishi bo‘lmagan kvartira qavati ushbu band talablariga muvofiq qo‘shimcha chiqish bilan ta’minlangan bo‘lsa, zinapoya bo‘lmasiga har bir qavatdan chiqish ko‘zda tutilmasligi mumkin. 5.25. Qavatdagi kvartiralar umumiy maydoni 500 m dan ortiq seksiyalarda evakuatsiya kamida ikkita oddiy yoki tutunlanmaydigan zinapoya bo‘lmasiga amalga oshirilishi kerak. Qavatdagi kvartiralar umumiy maydoni 500 dan 550 m gacha bo‘lganda, kvartiralarda adresli yong‘indan xabarlovchi datchiklar o‘rnatilgan bo‘lsa va 5.24-b. talablari bajarilganda, kvartiradan oddiy zina bo‘lmasiga chiqish bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. 5.26. Balandligi 28 m gacha, qavatdagi kvartiralar umumiy maydoni 500 m va undan ko‘p yo‘lakli (galereyali) tipdagi turar joy binolarda, umumiy yo‘laklar (galereyalar) kamida 2 ta L1 tipdagi oddiy zina bo‘lmasiga chiqishi bo‘lishi kerak. Umumiy maydoni 500 m dan kam bo‘lganda, bitta oddiy L1 tipdagi zina bo‘lmasiga chiqishga yo‘l qo‘yiladi. Bu holda yo‘laklar (galereya) oxirida 3-tip tashqi zinalarga chiqish ko‘zda tutilishi kerak. Oddiy zina bo‘lmasi binoni oxirida joylashganda, 6-jadval talablari bajarilganida, yo‘lak (galereya)ni qarama-qarshi tomonida (oxirida) bitta 3-tip zina qilishga yo‘l qo‘yiladi. 5.27. Tashqaridan kiriladigan yotoqxona binolarida uzunligi 1,2 m dan kam bo‘lmagan, nogironlar uylarida-uzunligi 1,6 m, eni 2,2 m dan kam bo‘lmagan tamburlar qilishga yo‘l qo‘yiladi. 5.28. Odamlarni (piyodalarni) bino otmostkalari bo‘ylab o‘tkazmaydigan choralar ko‘rilishi, hamda himoya soyabon yoki bostirmalar qurib, ustlariga oyna siniqlari(buzilish natijasida) tushishdan saqlash ko‘zda tutilishi lozim. Download 392.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling