Turar joy binolari


Download 392.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/25
Sana02.05.2023
Hajmi392.06 Kb.
#1421583
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
480-сон 15.10.2019. ShNQ 2.08.01-2019 “Turar joy binolari” shaharsozlik normalari va qoidalari

6. YaShALMAYDIGAN QAVATLAR
6.1. Yangi qurilish loyihalarida ko‘pkvartirali turar-joy uylarning tsokol, birinchi va ikkinchi
qavatlarida, yashash sharoitini yomonlashishiga va xavfsizligini buzishga olib keluvchi (shu
jumladan yashash muhitining sanitariya-gigiyena sifatini, tinchligini, yong‘in xavfsizligini buzish)
obyektlardan tashqari, madaniy — ma’rifiy va savdo-maishiy xizmatga mo‘ljallangan xonalar,
hamda idora, ofislar, xususiy yurist, vrach qabulxonalari va boshqalar joylashtirilishi mumkin.
Jamoat xonalari joylashgan yashalmaydigan qavatning balandligi ShNQ 2.08.02 ga binoan
qilinishi kerak; yashaladigan qavat balandligi qo‘llanilishga ham yo‘l qo‘yiladi.
Jamoat xonalarini loyihalashda, uyning yashash muhitini bo‘lishi mumkin bo‘lgan yomon
ta’sirlardan himoya choralari ushbu me’yorlarga muvofiq ko‘zda tutilishi kerak.
6.2. Ko‘pkvartirali turar-joy uylarning ichki — tutashtirib qurilgan xonalarida quyidagilarni
joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi:
savdo maydoni 1000 m dan ortiq magazinlar, ixtisoslashgan baliq va sabzavot magazinlari,
yong‘inga xavfli modda va (bo‘yoqchilik-kimyoviy tovarlar, maishiy ximiya, sintetik gilam buyumlar,
qurilish materiallari, avtomobil ehtiyot qismlari, moylari va shinalari), hamda kiyilgan kiyim sotish
komission magazinlar (“sekond xend”);
35 o‘rindan ko‘p bo‘lgan, ochiq qo‘ra va manqol ishlatib issiq ovqat tayyorlaydigan, musiqa
jo‘rligiga ega ovqatlanish korxonalari;
soat 22 dan keyin ishlaydigan barcha xizmat ko‘rsatish korxonalari;
ta’mirlash-ishlab chiqarish ustaxonalari(kiyim, bosh kiyim tikish va trikotaj buyumlar to‘qish
ustaxonalaridan tashqari);
jarayonlari shovqinli va yengil alangalanuvchan materiallar qo‘llaniladigan maishiy xizmat
korxonalari, sartaroshxona, mayda maishiy asboblarni ta’mirlash ustaxonasi, kirxona va kimyoviy
tozalash qabul punktlari, quvvati smenada 75 kg kirdan oshmaydigan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish
avtomatlashgan kirxonalar, xamda nogironlar mehnat qilishi uchun 10 tagacha ish joyili (D
kategoriyali) yig‘ish va bezak ishlari kichik ustaxonalaridan tashqari;
yuzasi 100 m dan ortiq avtomatlashgan telefon stansiyalari, shaharlararo so‘zlashish punkti;
klinika — tashxis va bakteriologiya laboratoriyalari, hamma turdagi statsionar va dispanserlar,
tish texnika laboratoriyasi, magnitrezonans tomografiya kabinetlari, rentgenkabinetlari va ionlovchi
nurlanish manbai bo‘ladigan asbob-uskunali boshqa xonalar, tez yordam kichik stansiyalari,
travmopunkt, yuqumli kasallik-vrachi, fiziator, dermatolog, venerolog, psixiatr xonalari, hamda
veterinar xona va laboratoriyalari;
jamoat hojatxonalari, dafn qilish marosimlari byurosi;
ishlab chiqarish ustaxonalari.
Turar joy binosida hamda uning tomi va konstruksiyalarida jamoat ahamiyatiga ega bo‘lgan
binoga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallanmagan, o‘zidan zararli moddalar ajratuvchi , shovqin va
vibratsiya hosil qiluvchi, yomon ta’sir ko‘rsatuvchi nurlanish manbai bo‘lgan qurilmalarni
joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi, ushbu me’yorlarga muvofiq turar joy binolarida joylashtiriladigan
shtatli uskuna bundan mustasno.
2
2


Yashaladigan va texnik qavatlarda, chordoqlarda ko‘chma yoki boshqacha radioaloqa baza
stansiyasi va boshqa radiouzatuvchi qurilmalarni joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yashalmaydigan jamoatchilik va ma’muriy- xizmatchilik xonalarida ShNQ 2.08.02 ga muvofiq
avtomatik yong‘in signalizatsiyasi, yong‘indan xabarlash, avtomatik o‘t o‘chirish ko‘zda tutilishi
kerak.
Sintetik buyumlar (gullar, gilamlar) sotuvchi magazinlarni turar-joy binolarning olovbardoshlik
chegarasi REI150 bo‘lgan yopiq devorlariga tutashgan xonalarda joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Loyihalanayotgan ko‘p-kvartirali 5 va undan ko‘p qavatli turar-joy uy-majmualarning ichki-
tutashgan xonalarida kam sig‘imli (1-2 gruppaga) bolalar yasli-bog‘chasi va bolalarni qisqa
muddatda bo‘ladigan xonalari tashqariga o‘z mustaqil chiquvi bilan va ShNQ 2.08.02 talablarini
hisobga olgan xolda ko‘zda tutilishi mumkin.
6.3. Qurilgan va foydalanayotgan turar-joy uylarni rekonstruksiya qilishda birinchi qavatda
kichik savdo-maishiy korxonalar, hamda idora va ofislarni ushbu me’yorlar talablariga majburiy
rioya qilgan holda va manfaatdor instansiyalar, shu jumladan shu uyda yashovchilar bilan
kelishilgan taqdirda loyihalashga yo‘l qo‘yiladi. Quyidagilarni joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi: savdo
yuzasi 40m dan ortiq magazinlar, 20 o‘rindan ortiq, issiq ovqat tayyorlaydigan ovqatlanish
korxonalari, 6 ish joyidan ortiq sartaroshxona, ishlovchilar soni 10 tadan ortiq ofis va idoralar, ishlab-
chiqarish jarayonlari bo‘lgan maishiy xizmat korxonalari, kiyim tikish va ta’mirlash, kichik
ustaxonalar va qabul punktlaridan tashqari.
Birinchi qavatda xususiy mehnat faoliyati uchun xonalarni joylashtirishga, yuqorida
ko‘rsatilgan cheklashlar hisobga olinganda va tegishli kelishuvlar, shu jumladan turar-joy egalari
bilan ham bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi.
Mavjud binolar texnik tagxonalari va yerto‘lalarini xizmat ko‘rsatish korxonalari va xususiy
biznes ustaxonalarini joylashtirish uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
6.4. Turar-joy uylarning yuqori qavatida rassom va arxitektorlarning xususiy ijodiy ustaxonalari,
hamda ishlovchilar 5 tagacha bo‘lgan ofislar joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda qavatning zina
bo‘lmasi bilan aloqasi tambur orqali ko‘zda tutilishi kerak.
6.5. Ko‘pkvartirali uylarda joylashgan jamoatchilik xonalari yashaladigan qismidagi xonalardan
1-tipdagi yong‘inga qarshi pardevorlar va 3-tipdagi proyomsiz qavatyopma bilan, 1-darajali
olovbardoshlikka ega binolarda — 2-tip qavatyopma bilan ajratilishi kerak.
6.6. Ichiga qurilgan jamoatchilikka xizmat ko‘rsatuvchi muassasa xonalaring (yashovchilarga
mo‘ljallangan maxsus jamoatchilik xonalaridan tashqari) binoning yashaladigan qismidan
ajratilgan alohida kirish va chiqishlari bo‘lishi kerak.
Umumiy maydoni 300 m dan ko‘p bo‘lmagan va ishchilar soni 15 tagacha bo‘lgan birinchi va
tsokol qavatda joylashgan jamoatchilik xonalaridan bitta evakuatsiya chiqishi bo‘lishiga yo‘l
qo‘yiladi.
Ichki va ichki-tutashtirib qurilgan xizmat ko‘rsatish korxonalariga uyga kirish tomondan yuk
tushirishga yo‘l quyilmaydi. Yuk tushirish binoning oynalari bo‘lmagan yon tomonidan maxsus yuk
tushirish joylari bilan ko‘zda tutilishi kerak, yirik magazinlar uchun esa tunneldan yer osti yuk
tushirish ko‘zda tutilishi kerak. Ichki qurilgan, maydoni 150 m gacha bo‘lgan jamoat xonalariga yuk
tushirish joyi loyihalanmaslikka yo‘l qo‘yiladi.
6.7. Texnik tagxona turar-joy binolarda muhandislik tarmoqlarini joylashtirish (o‘tkazish) uchun
mo‘ljallangan.
Yerto‘la qavatda joylashgan va muhandislik jihozlarini joylashtirish va kommunikatsiyalarni
o‘tkazishga mo‘ljallangan xonalar, boshqa xonalardan yong‘inga qarshi pardevorlar bilan ajratilishi
kerak.
Texnik tagxonaning har bir pardevor va ichki devorida, yong‘inga qarshi to‘siqlardan tashqari,
ship ostida har birining yuzasi 0,02m dan kam bo‘lmagan tuynuklar ko‘zda tutilishi lozim.
Jamoat xonalarining yashaladigan qismidan o‘tadigan muhandislik tarmoqlari, yoki yashash
qismining ichki qurilgan xonalardan o‘tadigan kommunikatsiyalari (suv va isitish metal trubalaridan
tashqari) yong‘inga qarshi pardevorlar bilan to‘silgan mustaqil(alohida) shaxtalarda o‘tkazilishi
kerak.
2
2
2
2


Texnik tagxonalarning pol sathidan qavatyopma ostigacha bo‘lgan balandligi — 1,8 m dan;
xususiy issiqlik punktlarining balandligi — 2,2 m dan kam bo‘lmasligi kerak
6.8. Chordoqlarda, shu jumladan texnik chordoqlarda, binoni uzunligi bo‘ylab oxirigacha,
balandligi 1,6 m dan, eni 1,2 m dan kam bo‘lmagan ikki yog‘i ochiq o‘tish ko‘zda tutilishi kerak;
uzunligi 2 m dan oshmaydigan alohida uchastkalarda o‘tish balandligini 1,2 m, enini esa 0,9 m
gacha kamaytirish mumkin.
Texnik tagxona, tsokol va yerto‘la qavatlarda binoni uzunligi bo‘ylab oxirigacha, balandligi 1,8
m (toza o‘lchamda) dan kam bo‘lmagan ikki yog‘i ochiq o‘tish ko‘zda tutilishi kerak, uzunligi 1 m dan
oshmagan ayrim uchastkalarda o‘tish balandligini 1,6 m gacha kamaytirish mumkin (toza
o‘lchamda).
Yirik panelli binolar er-to‘la va texnik tagxona ko‘ndalang devorlarida balandligi 1,6 m
proyomlar qilishga yo‘l qo‘yiladi; bunda ostonaning balandligi 0,3 m dan oshmasligi kerak.
6.9. Tortish ventilatsiyasi ko‘zda tutilmagan yerto‘la va texnik tagxonalar tashqi devorlarida
umumiy yuzasi pol yuzasining 1/400 dan kam bo‘lmagan, bino perimetri bo‘yicha tashqi devorlarda
bir me’yorda joylashgan tuynuklar ko‘zda tutilishi kerak. Bitta tuynukning yuzasi 0,05 m dan kam
bo‘lmasligi kerak.
6.10. Noseksion turar-joy uylarda texnik, yerto‘la va tsokol qavatlar va chordoqlar 1-tip
yong‘inga qarshi pardevorlar bilan yuzasi 500 m oshmagan bo‘linmalarga, seksiyaliklarda esa-
seksiyalarga ajratilishi kerak. Yerto‘la va tsokol qavatlarning har bir bo‘linma yoki seksiyasida
o‘lchamlari, 0,9 x 1,2 m bo‘lgan, kamida ikkita deraza (lyuk) bo‘lishi kerak.
Zina bo‘lmasining har biridan chordoqqa chiqish ko‘zda tutilishi kerak. Chordoqning har bir
seksiyasidan tomga chiqish ko‘zda tutilishi kerak.
Texnik qavat va chordoqlarda yong‘inga qarshi pardevorlardagi eshiklar zichlagichli tavaqali
qiyin yonadigan bo‘lishi mumkin. Binoning o‘rta qismida joylashgan texnik qavat va texnik
chordoqlardan ShNQ 2.01.02 ga muvofiq ikkita chiqish ko‘zda tutilishi kerak. Ko‘rsatilgan qavatlarga
kirishni umumiy zina bo‘lmalaridan qilishga yo‘l qo‘yiladi.
II olovbardoshlik darajasiga ega, 5 qavatgacha (5-qavat ham) binolarning, hamda III va IV
olovbardoshlik darajasiga ega binolarning yerto‘la va tsokol qavatdagi kladovka orasidagi
pardevorlarini olovbardoshliligini va olovning tarqalishini me’yorlanmaydigan chegarada qilib
loyihalashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Yer to‘la va tsokol qavatda texnik yo‘lakni boshqa qolgan xonalardan ajratib turadigan
pardevorlar I tip yong‘inga qarshi bo‘lishi kerak.
6.11. Yer to‘la va tsokol qavatlardan chiqishni ShNK 2.01.02. ga muvofiq qilish kerak. Yerto‘la va
tsokol qavatlardan chiqishlar evakuatsiyali bo‘lganida, u bevosita tashqariga chiqishi kerak; birinchi
qavatda yashaladigan qism chiqishidan 1-tip yong‘inga qarshi pardevor bilan ajratilib alohida
tashqariga chiqish bo‘lganida, yashaladigan qismning zina bo‘lmasidan chiqish ko‘zda tutilishiga
yo‘l qo‘yiladi.
6.12. Yerto‘la va tsokol qavatlarda, yonuvchan gaz va suyuqliklar, hamda yengil alangalanuvchi
materiallar qo‘llanadigan yoki saqlanadigan xonalarni joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
6.13. Yangi qurilayotgan bino tsokol va yerto‘la qavatlarida yashaydiganlar va madaniy-maishiy
xizmat ko‘rsatish muassasalari uchun xo‘jalik omborlari (kladovie) ushbu me’yorlar va ShNQ 2.08.02
talablariga rioya qilgan holda loyihalashtirishga yo‘l qo‘yiladi. Bunda uyning muhandislik
kommunikatsiyalariga to‘sqinliksiz (qarshiliksiz) yetib berish ta’minlanishi kerak. Turar-joy uyning
yong‘in xavfsizligi, sanitariya-gigiyena holatini (bulg‘atish, islar, shovqin) yomonlashtiradigan
xonalarni joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Aytib o‘tilgan jamoat joylariga turar-joyga kirish tomondan
kiradigan joy qilishga yo‘l qo‘yilmaydi; kirish va chiqishlarni 
6.11-b
. talablariga muvofiq qilish kerak.
6.14. Yangi qurilayotgan binolarning yerto‘la va tsokol qavatlarida ushbu normalar, ShNK
2.02.02 va avtomobillarga xizmat ko‘rsatish korxonalarining loyihalash me’yorlari talablariga rioya
qilgan holda yashovchilarning avtomobillariga garaj-manzillar loyihalashga yo‘l qo‘yiladi. Yuqori
qavatlar avtomobil manzilgohlari(garaji) qavatidan I-tipdagi qavatyopma bilan ajratilishi kerak.
Bunda ko‘pkvartirali uylarda yashash xonalari va ichki qurilgan bolalar va davolash-sog‘lomlashtirish
xonalari garaj-manzilgohlarning bevosita ustida joylashmasligi kerak.
2
2


Izoh: Ichki qurilgan garaj-manzilgohlarning balandligi amaldagi me’yorlar bo‘yicha o‘rnatiladi.
6.15. Uyda ichki — tutash qurilgan qismga qaratilgan derazalar bo‘lganda, ichki-tutash
qurilgan qism tomi, asosiy binoni yuqori joylashgan yashash xonalarining polidan yuqori bo‘lmasligi
kerak, tomning asosiy binodan (fasad bo‘ylab) chiqib turishi — 3 m dan oshmasligi kerak.
Ichki — tutash qurilgan qismning tom konstruksiyalari
5.11-b
. talablariga muvofiq bo‘lishi
kerak.

Download 392.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling