Turar joy binolari


Turar-joy binolarning kvartira, umumiy va yashash maydonlari, xonalar maydoni, qurilish


Download 392.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/25
Sana02.05.2023
Hajmi392.06 Kb.
#1421583
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
480-сон 15.10.2019. ShNQ 2.08.01-2019 “Turar joy binolari” shaharsozlik normalari va qoidalari

Turar-joy binolarning kvartira, umumiy va yashash maydonlari, xonalar maydoni, qurilish
hajmi, maydoni va qavatlarini hisoblash qoidalari
1. Kvartira maydonini lodjiyalar, balkonlar, verandalar, terassalar, sovuq kladovkalar,
tamburlarni hisobga olmay, yashaladigan va yordamchi xonalar maydoni yig‘indisi sifatida aniqlash
kerak.
2. Kvartira va yotoqxona yashash yacheykasi yashash maydonini yashaladigan xonalar
maydoni yig‘indisi deb hisoblash kerak.
3. Kvartiraning umumiy maydonini undagi xonalar, kladovkalar va ichiga qurilgan shkaflar,
hamda quyidagi pasaytiruvchi koeffitsiyentlar bilan hisoblanadigan sovuq kladovkalar va yozgi
xonalar maydonlari yig‘indisi deb hisoblash kerak: sovuq kladovkalar va oynavand yozgi xonalar
uchun — 1,0; oynalanmagan lodjiyalar uchun — 0,5, balkon va terassa uchun — 0,3.
4. Yotoqxona va uy-internatlar umumiy maydonini yashash xonalari, yordamchi xonalar va
jamoat xonalari maydoni, hamda 
3-band
bo‘yicha hisoblanadigan yozgi xonalar maydonlari
yig‘indisi deb hisoblash kerak.
5. Turar-joy bino kvartiralarining umumiy maydoni shu bino kvartiralarining 
3-band
 bo‘yicha
hisoblangan umumiy maydonlari yig‘indisi deb hisoblash kerak.
6. Turar-joy bino maydonini tashqi devorning ichki yuzalari oralig‘ida o‘lchangan hamma
qavatlar maydoni, hamda yozgi xonalar (lodjiya, balkon) maydonlari yig‘indisi deb hisoblash kerak.
Zina bo‘lmalari, lift va boshqa shaxtalar maydoni ularning shu qavat sathidagi maydoni hisobi
bilan bitta qavat maydoniga qo‘shiladi.
Chordoq, xo‘jalik va texnik yerto‘la, xamda zina bo‘lmasi va lift shaxtasi tamburlari maydoni
bino maydoniga kiritilmaydi.
7. Turar-joy binolar xonalarining maydonini, pol sathida (plintuslar hisobisiz) devor va
pardevorlarning pardozlangan yuzalari orasidagi o‘lchamlari bo‘yicha hisoblash kerak.
Pechka va pechka-kamin egallagan maydon xona maydoniga kiritilmaydi.
Kvartira ichidagi zina osti maydoni poldan chiqib turgan konstruksiya ostigacha bo‘lgan
balandligi 1,6 m va undan ortiq bo‘lsa, o‘sha zina joylashgan xona yuzasiga kiritiladi.
Mansarda qavatdagi xona maydonini hisoblashda, qiya shipli shu xonaning balandligi 1.6 m
dan kam bo‘lmagan qismining maydoni hisobga olinadi.
8. Ichiga yoki ichki-tutashtirib qurilgan jamoat xonalarining maydoni ShNQ 2.08.02 ga
muvofiq hisoblanadi.
Balandligi ko‘p qavatli (mnogosvetniy) xonaning maydoni binoni umumiy maydoniga faqat
bir qavat chegarasida kiritilishi kerak.
9. Turar-joy binoning qurilish hajmi ±0.00 belgidan yuqori qism (erustki qismi) va bu belgidan
quyi qism (er ostki qismi) hajmlari yig‘indisi deb hisoblanadi.
Binoning yer ustki va ostki qismi qurilish hajmi shu qismlarning har biridagi pol sathidan
boshlab, chegaralovchi yuzalar, shu jumladan qurshab oluvchi konstruksiyalar, oynavon tomlar va
boshqalar doirasida aniqlanadi; bunda turtib chiqib turgan me’moriy qismlar va konstruksiya
qismlari, yerto‘ladagi kanallar, terassa, balkon, kolonka (portik), o‘tib yuriladigan yo‘llar hajmi va
poydevori tayanch (ustuncha)lardan iborat bo‘lgan binolar tagidagi bo‘shliqlar hisobga olinmaydi
(sof o‘lchovda).
Binoning qurilishi hajmiga isitilmaydigan verandalar, sovuq chordoq, texnik qavat va
yerto‘lalar kiritiladi.


10. Bino quriladigan maydon binoni tashqi tomonidan tsokol sathida o‘ralgan gorizontal
kesim maydoni, shuningdek turtib chiqib turgan qismlar, binoning ustunlar ustida joylashgan
qismi ostidagi maydon, bino ostidan avtomobil o‘tish joylari maydoni deb hisoblanadi.
11. Binoning qavatlar sonini belgilayotganda yer ustidagi qavatlarning hammasi, shu jumladan
texnik qavat, mansarda qavat, tsokol qavat, agar yopmasining usti erning tekislangan sathidan 2 m
dan balandroq bo‘lsa, hisobga kiritiladi.
Bino ostidagi yerto‘la (podpolye) balandligidan qat’iy nazar, hamda balandligi 1,8 m dan kam
bo‘lgan qavatlararo har qanday bo‘shliq qavatlar soniga kiritilmaydi.
Binoning turli qismlarida qavatlar soni turlicha bo‘lganda, shuningdek bino nishab joyda
joylashishi hisobiga qavatlar soni ko‘paysa, qavatlar soni binoning har bir qismi uchun alohida
hisoblanadi.
Yuqori qavat ustida joylashgan texnik qavat bino etajlar sonini belgilayotganda va liftlar soni
hisoblanganda hisobga olinmaydi.
3-ILOVA
 LexUZ sharhi
Majburiy

Download 392.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling