1.2.4-jadval.
D
Strategik rejalashtirish
estinatsion menejment tashkilotining asosiy vazifalari17.
Ta’minot menejmenti
Infratuzilmani rivojlantirish
Professionallash tirish&sifat menejmenti
Mahsulotni takomillashtirish& brending tajribalari
Kommunikatsiya&sotish
Ishtirokchilarni boshqarish
Strategik rejalashtirish – har bir destinatsiyani rivojlantirish turizmni samarali boshqaruvini yo’lga qo’yishda strategik rejalashtirish muhim ahamiyatga egadir. Strategik rejalashtirishda dastlab destinatsiyadagi mavjud turistik vaziyat tahlil qilinadi. Keyinchalik turizmni barqaror rivojlantirish konsepsiyalari ishlab chiqiladi va muntazam ravishda ularning amalga oshish darajalari nazorat qilib boriladi. Strategik rejalashtirish bir necha elementlardan iborat:
Infrastrukturani rivojlantirish – xususiy sektorni rag’batlantirish va unga investitsiyalar ajratish turizm infratuzilmani rivojlantirishning asosidir. Turizmni rivojlantirish uchun infratuzilmada:
Turistlar tashrif buyura oladigan turistik ob’ektlar yoki attraksionlar;
Ta’minot tuzilmalari(oziq-ovqat,energiya,suv va boshqalar);
Tashrif buyuruvchilar uchun asosiy ma’lumotlar markazi;
Tabiiy va madaniy landshaftga borish uchun ko’rsatgichli yo’l belgilari;
Me’moriy diqqatga sazovor joylar va madaniy landshaftlar
mavjud bo’lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |