Turistik destinatsiya


Iqtisodiy-geografik nuqtai nazaridan yondashuv


Download 96.32 Kb.
bet2/19
Sana02.11.2023
Hajmi96.32 Kb.
#1741077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1-Bob.

1.Iqtisodiy-geografik nuqtai nazaridan yondashuv. Birinchi yondashuv geografik (hududiy) jihatdan tashkil etishga asoslangan bo‘lib, bunda turistik destinasiya ma'lum bir hudud bilan chegaralangan va turistik resurslarga ega bo‘lgan makon sifatida tushuntirib o’tgan. Mazkur yo‘nalishda turistik destinasiya turizm fanida avvaldan mavjud bo‘lgan va bugungi kunda amaliyotda keng foydalanilayotgan “turistik hudud”, “turistik markaz” tushunchalari bilan ko‘p jihatdan mos kelarkan. Ushbu guruhga S.Medlik R.Devidson va R. Meytlend, R. Batler6, N. Leyper, K.M. Xoll, P.L. Pirs kabi xorijlik mualliflarning ishlarini kiritib o’tganlar.
Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) turistik destinasiya borasida quyidagicha rasmiy ta'rifni keltiradi: destinasiya – tashrif buyuruvchi kamida bir kun tunab qoladigan tabiiy makondir. U xizmatlar va attraksiyalar kabi turistik mahsulotlarni va sayohat uchun zarur bo‘lgan turistik resurslarni o‘z ichiga oladi. Ushbu makon uni boshqarish usullari, uning bozor raqobatbardoshligini belgilab beruvchi o‘ziga xos kiyofa va jihatlarga ega bo‘lgan tabiiy va ma'muriy chegaralarga ega. Butun jahon turistik tashkilotining keltirilgan ta'rifida bir qator tushunchalar mavjud: tabiiy makon; tashrif buyuruvchi; tunab qolish; turistik mahsulot; turistik xizmat; attraksiya; turistik resurslar; ommaviylik; qiyofa; qabul qilish; bozor; raqobatbardoshlik. Keltirilgan ta'rifdan shunday turistik hudud mustaqil faoliyat ko‘rsata olishi va turistik mahsulotlarning ishlab chiqaruvchisi tomonidan o‘z xizmatlarini sota olishi uchun turistlarning tashrif buyurishi uchun zarur bo‘lgan barcha zaruriy inshootlarga, ya'ni turistlar yoki turistlar guruhi tanlaydigan xizmatlar va turistik infratuzilmaga ega bo‘lishi talab etilishi kerak degan xulosaga kelganlar. Shu tariqa, turistik hudud bir paytning o‘zida turistik mahsulot va sayohat maqsadini o‘zida aks ettiradi (I.V.Zorin va V.A.Kvartal'nov)7.
2. Mijozga yo‘naltirilganlik nuqtai nazaridan yondashuv. Tadqiqotlar va qarashlarning mazkur guruhiga marketing xizmatlari, servis- strategiyalari va marketing aloqalari bo‘yicha K.Grenroos, M.Bitner, J. Gorovis, L. Mossberg, T.O. Delllarning ilmiy izlanishlari natijalarini kiritishimiz mumkin8.
Mazkur yondashuvda turistik mahsulot qiymatinig shakllanishida iste'mol (his etiluvchi) qiymati birlamchi o‘ringa chiqarganlar va turistik mahsulotning o‘zagini tashkil etishini aytib o’tganlar. Bir tomondan, turist xizmatlar ta'minotchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlarning ob'ekti sanalgani holda, passiv iste'molchi sifatida maydonga chiqadi. Boshqa bir tomondan esa, turist o‘zining oqilona tanlovidan kelib chiqqan holda, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq qarorlar qabul qiluvchi turistik bozorning faol ishtirokchisi va mijozi hisoblanadi9.
Ikkinchi yondashuv – mijozga yo‘naltirilgan yondashuv sifatida ko’rib chiqanlar. Mazkur holatda turistik destinasiya iste'molchilarning ma'lum bir segmenti uchun qiziqish uyg‘otuvchi jozibadorlik bilan izohlaganlar. Shu tariqa, ko‘pchilik sayyohlar uchun katta qiziqish uyg‘otuvchi ushbu hududning turistik jozibadorligi birlamchi ahamiyat kasb etarkan. Muallifning fikricha, bunday yondashuv turistik destinasiya tushunchasining o‘ziga xosligi va uning “turistik hudud”, “turistik markaz” tushunchalaridan tubdan farqlovchi jihatlarini ko‘rsatib beradi. Turistlar uchun jozibadorlikdan kelib chiqqan holda turistik destinasiyalar (manzillar) o‘rtasida raqobat yuzaga keladi, xususan ko‘p narsalarni ko‘rish va ko‘p yangi narsalarni bilish imkoniyatiga ega bo‘lish nuqtai nazaridan turistik joy qanchalik jozibador bo‘lsa, shunchalik turistik destinasiyalar o‘rtasida uning reytingi yuqori bo‘ladi va o‘z-o‘zidan ayonki, mazkur destinasiyaga turistlar shuncha ko‘p tashrif buyurishadi. Jozibadorlik nuqtai nazaridan yondashuv ushbu hududni samarali rivojlantirish, ya'ni turistlarning ehtiyoj va istaklaridan kelib chiqqan holda mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish, shu bilan bir qatorda turistik bozor talablaridan kelib chiqqan holda, hudud turistik infratuzilmasini rivojlantirishga jalb etilayotgan investisiyalardan maqsadli va samarali foydalanish imkonini beradi degan fikrga kelganlar. Ushbu holatda turistik destinasiyalarni boshqarishda tizimli yondashuvdan foydalanish katta sinergetik samara berishi va turistik destinasiya sifatida hududlarning raqobatbardoshligi ortishiga olib kelishini aytib o’tganlar.

Download 96.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling