1.2.2-jadval.
Destinatsion menejmentning roli16.
Destinatsiya elementlari
Diqqatga sazavor joylar+qulayliklar+foydalanish imkoniyati+kadrlar bo’limi+tashqi ko’rinishi+narx
DMT
Muvofiqlashtirish va boshqarish
Marketing
Tashrif buyuruvchilarni jalb qilish
Manzilga yetkazib berish
Kutilganidan ortig’i bilan
Mos muhit yaratish
Siyosat,qonunchilik,tartibga solish,soliqqa tortish
Avvalambor destinatsiyalarni samarali boshqaruvni yo’lga qo’yishdan oldin, turistik destinatsiya qanday xususiyatlarga ega bo’lishi kerakligi haqida to’xtalib o’tsak. Turistik destinatsiyada samarali boshqarishni yo’lga qo’yishda turistik destinatsiya quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi lozim:
Ma’muriy chegaraga ega geografik hudud – bu dunyodagi eng katta mamlakatdan to eng kichigigacha, davlatlar, viloyatlar, tuman va shaharlar ham destinatsiya bo’lishi mumkin;
Sayyoh va turistlar tunash uchun tayyor joy topa oladigan maskan – bunga odatda mehmonxonalarni, hostel, motel va shu kabi barcha turar joy vositalari joylashgan maskanlarning mavjud bo’lishi;
Turist va sayyohlar uchun destinatsion mahsulotning mavjudligi – bunga turistlar uchun tunash joylaridan tashqari qulayliklar: restoranlar, ko’ngilochar maskanlar va xarid qilish bozorlari. Ko’pchilik sayyohlarni jalb qilishda diqqatga sazavor joylar va tadbir, konferensiyalarni olib borish uchun ko’p kishilik har xil qulayliklarga ega bo’lgan zallar, ayniqsa transport, infratuzilma, xizmat ko’rsatish sifati, xizmat ko’rsatish soha xodimlarining malaka va samimiyatga ega ekanligi destinatsion mahsulotning sifatini ta’minlab beruvchi elementlardandir;
Do'stlaringiz bilan baham: |