Turistik destinatsiya


Marketing va boshqaruvga yo‘naltirilganlik nuqtai nazaridan yondashuv


Download 96.32 Kb.
bet3/19
Sana02.11.2023
Hajmi96.32 Kb.
#1741077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1-Bob.

3. Marketing va boshqaruvga yo‘naltirilganlik nuqtai nazaridan yondashuv. Turistik destinasiyaning shartli tarzda “marketingli boshqarishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar” deb ataluvchi konsepsiya va qarashlar borasida o‘z fikrlarini bayon qilgan g‘arb olimlari sirasiga F.Kotler, Dj. Bouen, Dj. Meykenz, D. Buxalis, K.A. Gunn, B.Richi i Dj. Kurachlarni kiritishimiz mumkin10.
Marketing-menejment paradigmasi (F.Kotler, Dj. Bouen, Dj. Mey-kenz) “marketingli boshqarishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar” yondashuviga xos bo‘lgan turistik destinasiya borasidagi qarashlarni to‘laqonli tarzda aks ettiradi. Turistik destinasiya ko‘p bosqichli: asosiy, yo‘ldosh, qo‘shimcha va kengaytirilgan mahsulot tuzilmasiga ega bo‘lgan turistik mahsulot (moddiy va nomoddiy unsurlar majmui) sifatida ta'riflanadi11.
Butunjahon turistik tashkiloti (UNWTO)ning ta'rifiga ko‘ra, destinasiya turistik mahsulotlarning bozordagi raqobatbardoshligiga ta'sir ko‘rsatuvchi imidj, menejment tizimi kabilarni belgilab beruvchi o‘zining tabiiy va ma'muriy chegaralariga ega bo‘ladi12”.
“Marketingli boshqarishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar” yondashuvi doirasida turistik destinasiya tushunchasi hududning resurs bazasiga ma'lum darajada ta'sir ko‘rsatuvchi, turistlarning ehtiyojlarini yuqori darajada qondirishga xizmat qiluvchi turistik mahsulotlar majmui sifatida mazmun jihatdan kengayib boradi. Turistik destinasiya tushunchasining mazmun-mohiyatini to‘laqonli tavsiflashda hududning brendi va imidji tobora katta ahamiyat kasb etadi degan fikrga to’xtalganlar.
4. Ijtimoiy-madaniy yo‘naltirilganlik nuqtai nazaridan yondashuv. Mazkur yo‘nalishda tadqiqot olib boruvchi tadqiqotchi va olimlar o‘zaro hamkorlikning yangi qirrasi (“S2S” (“Consumer to consumer”- “Iste'molchi iste'molchi uchun”)ni kashf etgan holda, turistning turistik manzilgohlarga tashrif buyurishi asnosida yangicha tajriba va hissiyotlarni o‘zlashtirishiga alohida e'tibor qaratishadi. Shundan kelib chiqqan holda, turist turistik bozorda destinasiyani ilgari surish
va uni rivojlantirishda faol ishtirok qilarkan.
Shunday qilib, turistik hudud va turistik destinasiyaga berilgan ta'riflarning nazariy tahlilidan kelib chiqib, uning mohiyatini sxematik shaklda ifodalaganlar (1.1.2-jadval).

Download 96.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling