Turistik destinatsiya
Ishtirokchilarni boshqarish –
Download 96.32 Kb.
|
1-Bob.
Ishtirokchilarni boshqarish – eng avvalo destinatsiyalarni boshqarish maqsad va manfaat jihatdan bir-biridan farq qiluvchi turizmdan manfaatdor tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, mobilizatsiyalash va integratsiyalashdan iboratdir. Destinatsiyani komplex ravishda boshqarishda destinatsiyada mavjud bo’lgan turistik tashkilotlarni birlashtirish lozim. Bu esa destinatsiyada mavjud turizm sohasini samarali boshqarishga yordam beradi. Bunda destinatsiyadagi turistik tashkilotlar menejment tashkilotlariga ishonishi va ular bilan hamkorlikda ish olib borishi, bilim darajasi, malakaviy ahvoli va moliyaviy holatlari haqida to’liq ma’lumot berishlari lozim. Bu ish oddiy tuyulsa-da, uni amalga oshirish murakkab jarayondir. Ammo turizm sohasida ko’p hollarda doim e’tibordan chetda qoladigan bu – mahalliy aholidir. Biroq, ularning ham talablarini inobatga olish va yashash tarzini yaxshilash turizmning muhim maqsadlaridan biri bo’lishi lozim. Shunda, turizm mahalliy aholi hayotiga salbiy ko’rsatmaydi.
Shunday qilib, bizning fikrimizcha destinatsion menejment – turizmni rivojlantirishga qaratilgan professional yondashuvlar asosida destinatsiyada barcha turistik tashkilotlar ustidan rahbarlik qiluvchi iqtisodiy faoliyatdir. Destinatsion menejment destinatsion mahsulotni muvofiqlashtirish va komplex ravishda boshqarishni o’z ichiga oladi. Destinatsiyani samarali boshqarish turistik faoliyatni uzoq muddatli rejalashtirish va doimiy monitoring natijalarini baholashga qaratilgan. Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, Destinatsiyani boshqarish turistni izchil, raqobatbardosh mahsulot bilan ta’minlash uchun ko’pincha bir-biridan farq qiluvchi elementlarni birlashtirishni o’z ichiga oladi. Bu sayyohlarni targ’ib qilish, axborotlashtirish, infratuzilmani rivojlantirish va hokazolar bo’yicha sa’y-harakatlarning takrorlanishiga yo’l qo’ymaydi. Boshqaruv sub’ekti bo’lgan manzilni rivojlantirish va uning raqobatbardoshligini oshirish uchun mas’ul bo’lgan ixtisoslashgan davlat, jamoat, xususiy-davlat muassasalari hisoblanadi18. Mintaqada turistik destinatsion menejmentni yo’lga qo’yish destinatsiyadagi turistik harakatlarni strategik rejalashtirish, ular asosida destinatsiyada mavjud turistik mahsulotlar sifatini professionallashtirish, tashrif buyuruvchilarga keng assortimentli takliflar yaratish, samarali marketingni yo’ga qo’yish kabi bir qancha o’ziga xos jihatlarni yaratib beradi. Download 96.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling