Turistik destinatsiya
Download 96.32 Kb.
|
1-Bob.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Italiya tajribasi.
1.3.1-jadval.
Destinatsion menejmentdagi “Korparativ aloqa” modeli19. Aloqa modeli. Korporativ model. A n’anviy Yevropa destinatsiyasi. An’anaviy AQSh destinatsiyasi.
Bu modelda turistik destinatsiyalarni tashkil qilishda jug’rofiy joylashuvni hisobga olish, unda faoliyat yurituvchi iqtisodiy sub’ektlarning mavqeini belgilash va o’zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, shuningdek, bu jarayonda hududiy siyosat ta’siri, hamda destinatsiyani rivojlantirishda turistik tashkilotlarning ahamiyati aks ettirilgan. Bu konsepsiya asosida turistik destinatsiyani rivojlantirish O’rta yer dengizi va Shimoliy Amerika destinatsiyalarida keng qo’llaniladi. Italiya tajribasi. Italiyada turizm – mamlakat iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Italiya dunyodagi eng ko’p turistlar tashrif buyuradigan kuchli 5 talikka kiruvchi davlatdan biridir. Italiyaga kelgan sayyohlar soni koronavirus (COVID-19) pandemiyasi tufayli 2020-yilda keskin pasayganidan keyin, 2021-yil o’tgan yilga nisbatan bir oz ko’paydi. Umuman olganda, 2021-yilda mamlakatga kiruvchi sayyohlarning soni qariyb 27 millionni tashkil etdi, bu 2020-yilga nisbatan 6,7 foizga o’sdi, ammo 2019-yilda qayd etilgan ko’rsatkichning atigi 42 foizini tashkil etdi. Italiya tajribasiga ko’ra, Destinatsion menejment - bu turizmni boshqarishning yangi yo‘nalishi bo‘lib, uning vujudga kelishi hududlarning turistik imkoniyatlarini maqsadli sayyohlik guruhlar manfaatlari yo‘lida samarali foydalanishini ta'minlaydi. Boshqarish faoliyatining mazkur yo‘nalishi ikki ilm sohasining tutashi evaziga vujudga kelgan (1.3.2-jadval). Uning shakllanishi bir tomondan xo‘jaliklarni territorial tashkil etish jarayonini boshqarish bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan talabni boshqarishi bilan uzviy bog‘liqdir. Regional menejment nazariyasi va boshqarishning marketing konsepsiyasining destinasion menejmentda birlashtirilishi natijasida turizmni boshqarishning “destinasion” modeli shakllandiki, u turistik talab va taklifni uyg‘unlashtiruvchi tashkiliy- boshqaruv mexanizmi sifatida xorij mamlakatlarida xizmat qilib kelmoqda. Download 96.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling