Keyinchalik Varshava konvensiyasi 1955 yilgi Gaaga bayonnomasi, 1971 yilgi Gvatemala bayonnomasi va 1975 yilgi Monreal bayonnomasi bilan kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar orqali rivojlantirildi. Keyinchalik Varshava konvensiyasi 1955 yilgi Gaaga bayonnomasi, 1971 yilgi Gvatemala bayonnomasi va 1975 yilgi Monreal bayonnomasi bilan kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar orqali rivojlantirildi. Yo‘lovchining o‘limi yoki uning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi, bagajning yo‘qotilganligi va shikastlanganligi uchun tashuvchining javobgarligi to‘g‘risidagi qoida Varshava konvensiyasiga kiritilgan muhim band hisoblanadi. Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti – ICAO (International Civil Aviation Organization) (2003 yil 4 noyabrda kuchga kirgan Monreal konvensiyasi 1999 yilda doirasida tuzilgan) aviahalokatlardan jabr ko‘rgan shaxslar va ularning qarindoshlariga to‘lovlar bo‘yicha Varshava konvensiyasida belgilangan limitlarni bekor qildi. Boz ustiga, ushbu konvensiya javobgarlikning ikki darajali tizimini amalga joriy etdi. Birinchi darajada, sug‘urta hodisasi yuz bergani zahoti, avia- kompaniya (yoki uning sug‘urtalovchisi) jabr ko‘rgan har bir kishiga, hatto tashuvchining aybi isbotlanmagan bo‘lsa ham, taxminan 135 000 (135 ming) AQSH dollari to‘lashi lozim. Bordiyu aviakompaniya hodisada aybdor deb topilsa, javobgarlikning ikkinchi darajasi amalga kiritiladi va unda zararni qoplash bo‘yicha to‘lanadigan tovon puli summasi chegaralanmaydi. Tashuvchining yo‘lovchilar bagajini yo‘qotganlik uchun javobgarligi ham oshirildi. Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti – ICAO (International Civil Aviation Organization) (2003 yil 4 noyabrda kuchga kirgan Monreal konvensiyasi 1999 yilda doirasida tuzilgan) aviahalokatlardan jabr ko‘rgan shaxslar va ularning qarindoshlariga to‘lovlar bo‘yicha Varshava konvensiyasida belgilangan limitlarni bekor qildi. Boz ustiga, ushbu konvensiya javobgarlikning ikki darajali tizimini amalga joriy etdi. Birinchi darajada, sug‘urta hodisasi yuz bergani zahoti, avia- kompaniya (yoki uning sug‘urtalovchisi) jabr ko‘rgan har bir kishiga, hatto tashuvchining aybi isbotlanmagan bo‘lsa ham, taxminan 135 000 (135 ming) AQSH dollari to‘lashi lozim. Bordiyu aviakompaniya hodisada aybdor deb topilsa, javobgarlikning ikkinchi darajasi amalga kiritiladi va unda zararni qoplash bo‘yicha to‘lanadigan tovon puli summasi chegaralanmaydi. Tashuvchining yo‘lovchilar bagajini yo‘qotganlik uchun javobgarligi ham oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |