Turistlarga havo transportida xizmat ko‘rsatish xususiyatlari


Quyidagi hollarda tashuvchi yo‘lovchini havoda tashish shartnomasini bir taraflama tartibda bekor qilishi mumkin


Download 0.53 Mb.
bet7/8
Sana18.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1569485
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3 Mavzu TURISTLARGA HAVO TRANSPORTIDA XIZMAT KO‘RSATISH XUSUSIYATLARI

Quyidagi hollarda tashuvchi yo‘lovchini havoda tashish shartnomasini bir taraflama tartibda bekor qilishi mumkin:


yo‘lovchi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilangan pasport, bojxona, sanitariya talablari va boshqa talablarning havoda tashish bilan bog‘liq qismini buzgan taqdirda; xalqaro aviatashuvlarda davlatning tegishli organlari tomonidan belgilangan uchish, manzilga eltish yoki tranzit qoidalarini buzgan taqdirda;
yo‘lovchi amaldagi aviatsiya qoidalari talablarini bajarishdan bosh tortgan
holda;
havo kemasi yo‘lovchisining havoda tashishning alohida sharoitini talab etuvchi yoxud yo‘lovchining o‘ziga yoki boshqa shaxslarga tahdid soluvchi, tibbiy hujjatlar bilan tasdiqlangan, xuddi shuningdek tartibsizlikni yuzaga keltiruvchi va boshqa shaxslarga tuzatib bo‘lmaydigan noqulayliklar tug‘diruvchi sog‘lig‘ining holati tufayli;

Quyidagi hollarda tashuvchi yo‘lovchini havoda tashish shartnomasini bir taraflama tartibda bekor qilishi mumkin:


havo kemasi yo‘lovchisi og‘irligi bagajni bepul tashish bo‘yicha belgilangan normadan ortiq bo‘lgan bagajiga haq to‘lashdan bosh tortgan taqdirda;
havo kemasi yo‘lovchisi o‘zi bilan ketayotgan ikki yoshdan katta bola uchun haq to‘lashdan bosh tortgan taqdirda;
havo kemasi yo‘lovchisi havo kemasi bortida havo kemasining uchishiga yoki boshqa shaxslarning sog‘lig‘iga xavf soluvchi xulq-atvor qoidasini buzgan, shuningdek havo kemasi komandirining farmoyishlarini bajarmagan taqdirda;
yo‘lovchining shaxsiy buyumlarida, shuningdek uning bagajida, yukida havoda tashish taqiqlangan buyumlar yoki moddalar topilgan taqdirda.

Yo‘lovchi tashishdan aeroportda yoki harakat yo‘nalishida voz kechishga haqli. Bu holda u tashuvchidan tashish uchun to‘langan haqni yoki uning foydalanilmagan qismini tariflarni qo‘llash qoidalarida nazarda tutilgan miqdorda qaytarib olishi mumkin.

Yo‘lovchi tashishdan aeroportda yoki harakat yo‘nalishida voz kechishga haqli. Bu holda u tashuvchidan tashish uchun to‘langan haqni yoki uning foydalanilmagan qismini tariflarni qo‘llash qoidalarida nazarda tutilgan miqdorda qaytarib olishi mumkin.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling