Turistlarga havo transportida xizmat ko‘rsatish xususiyatlari
Download 0.53 Mb.
|
3 Mavzu TURISTLARGA HAVO TRANSPORTIDA XIZMAT KO‘RSATISH XUSUSIYATLARI
2001 yilning sentyabr—oktyabr oylarida Monrealda (ICAO shtab-kvartirasida) ICAOning navbatdagi, 33-chi Assambleyasi bo‘lib o‘tdi. U 11 sentyabrda AQShda yuz bergan fojia munosabati bilan xalqaro fuqaro aviatsiyasida uchishlar xavfsizligini oshirishning global strategiyasini ishlab chiqishga chaqirdi. Assambleyada 2004 yildan boshlab:1. Uchishlar xavfsizligini ta’minlash ustidan nazoratni tashkil etishni tekshirish Universal dasturini kengaytirish; 2. Uchishlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida moliyalashtirishning xalqaro mexanizmini yaratish; 3. ICAO Texnik hamkorlik dasturini mustahkamlash; 4. Aviatsiyani urush xavfidan sug‘urta qilishning xalqaro mexanizmi tamoyillarini ishlab chiqishga qaror qilindi. Ekologiya xavfsizligi sohasida Assambleya ICAO Kengashining shovqinni kamaytirish uchun yangi, yanada qattiq standart qabul qilish haqidagi taklifini ma’qulladi. Mazkur standart 2006 yil 1 yanvardan yangi konstruksiya qilinayotgan havo kemalariga nisbatan amalga oshiriladi.Ekologiya xavfsizligi sohasida Assambleya ICAO Kengashining shovqinni kamaytirish uchun yangi, yanada qattiq standart qabul qilish haqidagi taklifini ma’qulladi. Mazkur standart 2006 yil 1 yanvardan yangi konstruksiya qilinayotgan havo kemalariga nisbatan amalga oshiriladi.IATA uyushmasi 1945 yili Gavanada aviatashuvchilar uyushmasi tarzida tuzilgan. Bugungi kunda unga jahonning 130 mamlakatidan 272 aviakompaniya a’zo. Ular orasida “O‘zbekistan Havo Yo‘llari” aviakompaniyasi ham bor Harakatlanadigan tarkibni yonilg‘i bilan ta’minlash masalalari ham IATA ning diqqat markazida turadi, chunki yonilg‘i xarajatlari ulushi o‘rta hisobda aviakompaniyalar foydalanish xarajatlarining 15% ni tashkil etadi.Shu munosabat bilan Uyushma quyidagi masalalarni ko‘rib chiqdi: O‘zaro til topishni yaxshilash uchun yonilg‘i yetkazib beruvchilar bilan yig‘ilishlar o‘tkazadi; Yonilg‘i xarid qilish bilan bog‘liq standartlar va qoidalarni ishlab chiqadi; Yonilg‘i bilan ta’minlash masalasining barcha jihatlari ustidan nazorat olib boradi va h.k. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling